Masharipov Sardorbek Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda investision imkoniyatlarni oshirish va ulardan samarali foydalanish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt5836.
Ilmiy rahbar: Saidov Dilshodbek Razzakovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Bayxonov Bahodirjon Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Djabbarova Zilola Saburovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda investision imkoniyatlarni oshirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kesimida investisiya elastikligining iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, texnologik omillar ta’sirida 0,24≤e_Q≤0,44, 0,51≤e_S≤0,70 va 0,55≤e_X≤0,73 chekli oraliqlarda tebranishi asoslangan va ularning e_Q+e_S+e_X≥1,64 optimal munosabatida investisiya oqimini tarmoqlararo muvofiqlashtirish mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar chegaraviy samaradorligi va  stoxastik chegaraviy tahlil asosida baholangan texnik samaradorlik koeffisientlar multiplikatsiyasi orqali integrallashgan investisiya samaradorligi indeksi (ISI) ning ISI<0,67 (samaradorlikning yuqori zaxirasi), 0,67≤ISI≤0,73 (samaradorlikning o‘rtacha zaxirasi), ISI>0,73 (samaradorlikning quyi zaxirasi) mezon darajalari asosida hududlararo iqtisodiy o‘sish zaxirasini baholash usuli taklif etilgan;
mintaqada transport-logistika, energetika, mehnat bozori, intellektual va institutsional omillari asosida hamda d_h=〖λ∙(d_h^+ )〗^m∙(d_h^- )^(-m) ehtimoliy-mantiqiy model bilan aniqlangan mintaqa infratuzilmasining innovatsiya investisiyalarini o‘tkazuvchanlik koeffisientiga nisbatan d>0,684 (yuqori konvergent),
0,559≤d≤0,684 (potensial konvergent), d<0,559 (divergent) investision muhit darajalarida hududlarni segmentatsiyalash taklif etilgan;
Xorazm viloyatida investision imkoniyatlarni oshirish va ulardan samarali foydalanish asosida barqaror iqtisodiy rivojlantirishning 2026-2030-yillar bo‘yicha ko‘p senariyli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda investision imkoniyatlarni oshirish va ulardan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mintaqada qishloq xo‘jaligi, sanoat va xizmat ko‘rsatish tarmoqlari kesimida investisiya elastikligining iqtisodiy, ijtimoiy, demografik, texnologik omillar ta’sirida 0,24≤e_Q≤0,44, 0,51≤e_S≤0,70 va 0,55≤e_X≤0,73 chekli oraliqlarda tebranishi asoslangan va ularning e_Q+e_S+e_X≥1,64 optimal munosabatida investisiya oqimini tarmoqlararo muvofiqlashtirish mexanizmi Xorazm viloyati hokimiligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 2-apreldagi 4-09/3236-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada investisiya oqimlarini qayta taqsimlash orqali yuqori multiplikativ samara beruvchi tarmoqlarga ustuvorlik berish tizimi shakllantirilib, resurslardan foydalanish samaradorligi oshirilgan va iqtisodiy o‘sishning barqarorligi ta’minlangan;
mintaqada asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investisiyalar chegaraviy samaradorligi va  stoxastik chegaraviy tahlil asosida baholangan texnik samaradorlik koeffisientlar multiplikatsiyasi orqali integrallashgan investisiya samaradorligi indeksi (ISI) ning ISI<0,67 (samaradorlikning yuqori zaxirasi), 0,67≤ISI≤0,73 (samaradorlikning o‘rtacha zaxirasi), ISI>0,73 (samaradorlikning quyi zaxirasi) mezon darajalari asosida hududlararo iqtisodiy o‘sish zaxirasini baholash usuli Xorazm viloyati hokimiligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 2-apreldagi 4-09/3236-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududlar 0,73<ISI<0,67 mezonlari bo‘yicha guruhlarga ajratilib, differensial investisiya siyosati ishlab chiqilgan va ushbu yondashuv asosida iqtisodiy o‘sish zaxiralari aniqlanib, past samarador hududlar uchun maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan;
mintaqada transport-logistika, energetika, mehnat bozori, intellektual va institutsional omillari asosida hamda d_h=〖λ∙(d_h^+ )〗^m∙(d_h^- )^(-m) ehtimoliy-mantiqiy model bilan aniqlangan mintaqa infratuzilmasining innovatsiya investisiyalarini o‘tkazuvchanlik koeffisientiga nisbatan d>0,684 (yuqori konvergent),
0,559≤d≤0,684 (potensial konvergent), d<0,559 (divergent) investision muhit darajalarida hududlarni segmentatsiyalash taklifi Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 2-apreldagi 4-09/3236-son ma’lumotnomasi). Natijada, segmentatsiya natijalari asosida investorlarga yo‘naltirilgan aniq tavsiyalar va infratuzilma rivojlantirish ustuvorliklari belgilangan va hududiy rivojlanish strategiyalarini differensiallashtirish va investisiya risklarini kamaytirish mexanizmi joriy etilgan;
Xorazm viloyatida investision imkoniyatlarni oshirish va ulardan samarali foydalanish asosida barqaror iqtisodiy rivojlantirishning 2026-2030-yillar bo‘yicha ko‘p senariyli prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimiligi mahkamasi faoliyatiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 2-apreldagi 4-09/3236-son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya hajmi, bandlik darajasi va o‘rtacha 2-5 foiz YaHM o‘sishi bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar belgilangan va uzoq muddatli rejalashtirish samaradorligi oshirilib, barqaror iqtisodiy rivojlanish uchun strategik asos yaratilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish