Ochilov Maxsudjon Muradullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta chigitidan momiq ajratish jarayoni yangi texnologiyasining nazariy va amaliy tadqiq qilish”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallar texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T573
Ilmiy rahbar: Xakimov Sherqul Sherg‘ozievich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc. 03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani dastlabki ishlashda tolasi ajratilgan chigitdan momiq ajratishning resurstejamkor, takomillashgan samarali texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta chigitdan momiqni ajratish uchun resurstejamkor takomillashgan linter uskunasi yaratilgan;
momiqni arra yuzasidan ajratuvchi moslamaning takomillashgan resurstejamkor texnologiyasi yaratilgan;
momiqning arra yuzasidan ajralishi va uning yo‘naltiruvchi quvur bo‘ylab harakatining nazariy bog‘lanishlari ishlab chiqilgan;
elektro-energiya va havo sarfini 2 martagacha kamaytiradigan, momiqni arra tishlaridan so‘rib olishga mo‘ljallangan takomillashgan momiqni arra tishidan ajratish moslamasi yaratilgan;
takomillashgan texnologiyada jinlangan chigitdan momiq ajratgichning ishchi qismlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxta tozalash korxonasida tolasi ajratilgan chigitdan momiq ajratish texnologiyasi jarayonini o‘rganish natijalari asosida:
tolasi ajratilgan chigitlardan momiq ajratish qurilmasiga Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (Jinlagan chigitlardan momiq ajratish linteri, №FAP 0138-2018 y.). Natijada tolasi ajratilgan chigitdan momiq ajratishning samarali texnologiyasi yaratilgan;
momiq ajratish qurilmasidagi takomillashgan arra tishidan momiqni ajratuvchi moslama “O‘zpaxtasanoat” AJ tizimidagi korxonalarida, xususan “Guliston paxta tozalash” AJda joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 31 oktyabrdagi 03-18/6271-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta chigitidan momiq ajratishda 2 martagacha havo sarfini kamaytirish hisobiga elektroenergiya tejash imkoni yaratilgan.