Shayxislamov Nursulton Zamon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish (5-7-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped11572.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Davlatova Adiba Raxmatovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.04.02.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapa Murodovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shofqorov Abdishukur Musaevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ona tili darslari jarayonida 5-7-sinf o‘quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish bo‘yicha metodik taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirishning ilmiy-nazariy mohiyati kommunikativ, kognitiv va faoliyatli yondashuvlar integratsiyasi asosida asoslab berilgan hamda uning didaktik imkoniyatlari til hodisalarini tizimli o‘zlashtirish, grammatik tushunchalarni ijodiy qayta ishlash, lingvistik nazariyalarni amaliy faoliyat bilan bog‘lash orqali aniqlashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish modeli integrativlik tamoyiliga ko‘ra tilshunoslik fanining turli jihatlarini uyg‘unlashtirish, kompetensiyaviy yondashuv asosida kommunikativ va kognitiv vazifalarni hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish, kreativlik va interfaol metodlardan foydalanishga urg‘u berish hamda til bilimlarini hayotiy tajribalar bilan bog‘lash asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi kommunikativ va kreativ faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan dialogik munozara usullari, kichik guruhlarda o‘quv loyihalari yaratish texnologiyasi, til o‘yinlari orqali grammatik tushunchalarni amaliy jihatdan mustahkamlash hamda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va til madaniyatini shakllantirishni ustuvorlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ona tili darslarida o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi tajriba-sinov ishlari orqali aniqlash, olingan natijalarni bosqichma-bosqich statistika asosida baholash, lingvistik bilimlarni amaliy muloqot vaziyatlarida qo‘llash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda til va nutq faoliyatiga ongli munosabatni mustahkamlashning yangi mezon va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ona tili darslarida lingvistik kompetensiyani shakllantirish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot davomida ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-7-sinflarida ona tili fanidan o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda matn bilan ishlash, grammatik tahlil, ifodali nutq va yozma faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan topshiriq va mashqlar tizimi, shuningdek, interfaol metodlarga asoslangan pedagogik model asosida o‘quvchilar faoliyatini individuallik va bosqichma-bosqichlik tamoyillari asosida tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170913120-sonli “Oliy ta’lim tizimida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 25-sentyabrdagi 01/11-20231-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda matn asosida tanqidiy fikrlash, mazmunni tahlil qilish, grammatik va leksik birliklardan amaliy foydalanish, o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq ifodalashga oid ko‘nikmalarning shakllanishiga erishilgan;
ona tili darslarida lingvistik kompetensiyalarni shakllantirish metodikasi kommunikativ va kreativ faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan dialogik munozara usullari, kichik guruhlarda o‘quv loyihalari yaratish texnologiyasi, til o‘yinlari orqali grammatik tushunchalarni amaliy jihatdan mustahkamlash hamda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va til madaniyatini shakllantirishni ustuvorlashtirish asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil fevral va aprel oylaridagi “Adabiy jarayon”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini tashkil etishda hamda ularning dastur va ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 4-avgustdagi 05-09-1268-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘rsatuvlar orqali ta’lim sohasi mutaxassislari, o‘qituvchilar va keng jamoatchilik uchun lingvistik kompetensiya bo‘yicha pedagogik tavsiyalar ommalashtirilgan;
tadqiqotda ishlab chiqilgan lingvistik kompetensiyani shakllantirishga oid mezonlar, bosqichlar va baholov indikatorlari asosida tuzilgan differensial diagnostik vositalar bo‘yicha taqdim etilgan takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789-sonli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 9-oktyabrdagi 04/11-22062-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi darslik va o‘quv-metodik majmualarda o‘quvchilarning funksional savodxonligi va lingvistik kompetensiyasini integratsiyalashgan holda shakllantirishga qaratilgan topshiriqlarning soni va sifati oshirilgan.