Xayitov Lazizbek Rustamjon o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish”, 13.00.03 -Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2023.3.DSc/Ped675.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Muhabbatxon Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullaeva Gavharxon Saparovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Sharofutdinova Ra’noxon Shavkatovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy tayyorgarlikni ta’limning tarkibiy (yaxlitlik, ko‘p predmetlik, mantiqiy tuzilmaviylik) komponentlariga strukturalash, maxsus-inklyuziv ta’limning integrativligini kasbiy xususiyatlarning maqsadga muvofiqligiga, individual shaxsiy qadriyatlar tizimlariga moslashtirishni korreksion baholash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligining invariant modeli kasbiy tayyorgarlik jarayonlari (axborot mazmuni, mantiqiy-gnoseologik, tashkiliy metodik)ni fanlararo uyg‘unlik, natijaga yo‘naltirilganlik, o‘zaro bog‘liqlik bosqichlarga muvofiqlashtirish, didaktik ta’minot vositalarini integratsion mazmun, funksiya va o‘qitish metodlariga koordinatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mazmuni maxsus pedagogika va til o‘rganish sohalarini individuallashtirilgan ta’limning kasbiy-amaliy kompetensiyalarga moslashtirish, muammoli o‘qitish texnologiyalarini “shaxsiy-yo‘naltirilgan” “vazifa-dialog-o‘yin” tayanch texnologik kompleksi, case-study, portfolio texnologiyalarga mos modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi fanlararo integratsiyani inklyuziv ta’lim va reabilitatsiya mazmuniga konsolidatsiyalash, reflektiv tahlil texnologiyalarni muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, kasbiy treninglar kabi interaktiv darslarga qo‘llash, o‘z o‘zini baholashni kompleks tahlil va echim ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning fanlararo integratsiyasini kuchaytirish, refleksiv va baholovchi faoliyatini innovatsion ta’lim jarayoniga integratsiyalash, bilimlar dinamikligini mezonli baholash asosida oshirilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Integrativ yondashuv asosida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentliligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari kasbiy tayyorgarlikni ta’limning tarkibiy (yaxlitlik, ko‘p predmetlik, mantiqiy tuzilmaviylik) komponentlariga strukturalash, maxsus-inklyuziv ta’limning integrativligini kasbiy xususiyatlarning maqsadga muvofiqligiga, individual shaxsiy qadriyatlar tizimlariga moslashtirishni korreksion baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Surdopedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-246/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagog kasbiy kompetentliligi mazmuni va texnologiyasini tahlil qilish imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentliligining invariant modeli kasbiy tayyorgarlik jarayonlari (axborot mazmuni, mantiqiy-gnoseologik, tashkiliy metodik)ni fanlararo uyg‘unlik, natijaga yo‘naltirilganlik, o‘zaro bog‘liqlik bosqichlarga muvofiqlashtirish, didaktik ta’minot vositalarini integratsion mazmun, funksiya va o‘qitish metodlariga koordinatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Surdopedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-246/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada maxsus pedagogika yo‘nalishi o‘quv jarayonini rivojlantirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentlikni rivojlantirish mazmuni maxsus pedagogika va til o‘rganish sohalarini individuallashtirilgan ta’limning kasbiy-amaliy kompetensiyalarga moslashtirish, muammoli o‘qitish texnologiyalarini “shaxsiy-yo‘naltirilgan” “vazifa-dialog-o‘yin” tayanch texnologik kompleksi, case-study, portfolio texnologiyalarga mos modernizatsiyalash asosida takomillashtirishga oid takliflar “Talaffuz malakalarini shakllantirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-246/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada integrativ va modul-tizimli yondashuv asosida interaktiv o‘qitish metodlari, amaliy mashg‘ulotlar va reflektiv tahlil texnologiyalarini uyg‘unlashtirgan holda bo‘lajak surdopedagoglarning mantiqiy madaniyatini shakllantirish mexanizmlarini rivojlantirish imkoni oshirilgan;
bo‘lajak surdopedagoglarning kasbiy kompetentlikni rivojlantirish metodikasi fanlararo integratsiyani inklyuziv ta’lim va reabilitatsiya mazmuniga konsolidatsiyalash, reflektiv tahlil texnologiyalarni muammoli vaziyatlar, rolli o‘yinlar, kasbiy treninglar kabi interaktiv darslarga qo‘llash, o‘z o‘zini baholashni kompleks tahlil va echim ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-246/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada integrativ yondashuv asosida bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentliligining o‘quv-metodik ta’minotini rivojlantirish imkoni kengaytirilgan.
bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy faoliyatga tayyorlash samaradorligi kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning fanlararo integratsiyasini kuchaytirish, refleksiv va baholovchi faoliyatini innovatsion ta’lim jarayoniga integratsiyalash, bilimlar dinamikligini mezonli baholash asosida oshirishga oid takliflar “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 17-iyuldagi 22-01-246/22 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak surdopedagoglarni kasbiy kompetentliligining rivojlanishiga erishilgan.