Maqulov Shuxratjon Xolmatjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlantirishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanishni takomillashtirish 13.00.06 –Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8912.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Abdullaev To‘lqinali Usmonovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Qarlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umarov Bekzod Azizovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik malakalarini rivojlantirishda elektron ta’lim platformalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shart-sharoitlar yaxlitligini shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli loyihalashtirilgan va ta’lim texnologiyalariga proporsionalligini ta’minlash, raqamli muhitni individual ta’lim traektoriyasiga integratsiyalash svod-analitik baholash asosida aniqlashtirilgan;
elektron ta’lim platformalari vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlantirish modeli tashkiliy metodologik va jarayonli komponentlar integrativligini mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, aralash o‘qitish tizimiga funksional bog‘lash, resurslarni moslashuvchanlik, multimediyalik xususiyatlariga ratsionalizatsiyalash analitik baholashga bog‘liqligi asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik malakalarini rivojlantirishda elektron ta’lim platformasining mazmuni faoliyat turlarini shaxsning harakat traektoriyasiga adaptatsiyalash, media muhitni ijodiy va kognitivligini rivojlantiruvchi texnologiyalarga dizaynli kollaborativ loyihalash elementlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlanishda elektron ta’lim platformalaridan samarali foydalanish metodikasi kompetensiyaviy faoliyatini kasbiy kontekstiga mos ochiq raqamli tizimlarga mazmunli integratsiyalash, samaradorlikni texnologik-faoliyatli va refleksiv komponentlar uyg‘unligida bosqichma bosqich joriy etish va ta’lim analitikasi asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik malakalarini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari shart-sharoitlar yaxlitligini shaxsga yo‘naltirilgan, raqamli loyihalashtirilgan va ta’lim texnologiyalariga proporsionalligini ta’minlash, raqamli muhitni individual ta’lim traektoriyasiga integratsiyalash svod-analitik baholash asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi 11-05-6276/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash imkoniyati kengaytirildi;
elektron ta’lim platformalari vositasida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlantirish modeli tashkiliy metodologik va jarayonli komponentlar integrativligini mobillik, kasbga yo‘naltirilganlik, aralash o‘qitish tizimiga funksional bog‘lash, resurslarni moslashuvchanlik, multimediyalik xususiyatlariga ratsionalizatsiyalash analitik baholashga bog‘liqligi asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi 11-05-6276/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik malakalarini rivojlantirish modelining mazmunini aniqlash imkoniyati yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik malakalarini rivojlantirishda elektron ta’lim platformasining mazmuni faoliyat turlarini shaxsning harakat traektoriyasiga adaptatsiyalash, media muhitni ijodiy va kognitivligini rivojlantiruvchi texnologiyalarga dizaynli kollaborativ loyihalash elementlarini kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi 11-05-6276/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada elektron-metodik ta’minot mazmunini takomillashtirish samaradorligi oshgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik malakalarini rivojlanishda elektron ta’lim platformalaridan samarali foydalanish metodikasi kompetensiyaviy faoliyatini kasbiy kontekstiga mos ochiq raqamli tizimlarga mazmunli integratsiyalash, samaradorlikni texnologik-faoliyatli va refleksiv komponentlar uyg‘unligida bosqichma bosqich joriy etish va ta’lim analitikasi asosida takomillashtirishga oid takliflar “Matematika o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 7-noyabrdagi 11-05-6276/04 raqamli dalolatnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining elektron metodik ta’minotini joriy etish metodikasi takomillashtirilgan.