Xasanov Saidavzalxon Abduraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qari va keksa yoshdagi shaxslarda surunkali tonzillitning klinik kechishi va davolashning o‘ziga xos xususiyatlari”, 14.00.04 – Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2020.3.PhD/Tib1147.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.06.
Rasmiy opponentlar: Bakieva Shahlo Hamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Dobresov Konstantin Grigorevich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: I.K.Axunbaev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi (Qirg‘iziston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
qari va keksa yoshdagi surunkali tonzillitli bemorlarda klinik kechishining xususiyatlarini, intoksikatsiya darajasini, allergizatsiyani va tananing adaptatsion reaksiyasini hisobga olgan holda kompleks konservativ davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qari va keksalarda LOR a’zolari kasalliklari orasida surunkali tonzillit 2,7% va 2,3%, ya’ni boshqa yosh guruhlariga nisbatan ishonarli kam uchrashi sababli uni amaliyotda tashxislashda xatoliklarni kelib chiqishiga olib kelishi aniqlangan;
bemorlarda moslashuv reaksiyalarining aksariyat holda fiziologik turlari, ya’ni mashq reaksiyasi - 51,6%da, faollashuv reaksiyasi - 41,9%da, patologik turi - surunkali stress reaksiyasi 6,5%da qayd etilishi 60-74 yosh guruhida 74,6%da va 75-90 yosh guruhida 73%da surunkali tonzillitning oddiy shakli ko‘p uchrashi bilan bog‘liqligi aniqlangan;
qari va keksalarda surunkali tonzillitni etiologik omil sifatida Streptococcus pyogenes (51,6%), Candida (51,6%), Staphylococcus epidermidis (45,2%), Enterococcus (35,5%), Staphylococcus aureus (32,3%) topilishi inobatga olgan holda bemorlarni davolash natijasida 82,3%da klinik tuzalishga erishilishi isbotlangan;
ilk bor surunkali tonzillitni kompleks davolashda ximotripsinni intratonzillyar yuborish usulini qo‘llash natijasida bodomsimon murtaklar parenximasi va lakunalari sohasida shakllangan chandiqli-fibroz bitishmalarning yumshashi va qisman bartaraf bo‘lishi, to‘qima infiltratsiyasini kamayishi ko‘rinishda namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbiq etishi bo‘yicha 2025 yil 22 sentyabr 25 sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: keksa va qariyalar orasida surunkali tonzillit (ST) bilan kasallanish holati mos ravishda 2,7% va 2,3%ni tashkil etgan bo‘lib, bu LOR a’zolari kasalliklari tarkibida boshqa yosh guruhlari bilan solishtirilganda ishonchli darajada past bo‘lganligi aniqlangan. Bu O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tibbiy-profilaktika muassasalarining amaliy faoliyatiga kiritilgan: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (22.08.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan), Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi (21.08.2024 yildagi 33-sonli buyrug‘i bilan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qari va keksa yoshdagi bemorlarda ST uchrashi QTB a’zolari kasalliklari tarkibida qari shaxslarda - 2,7%, keksa shaxslarda - 2,3% tashkil qilishi aniqlangan bo‘lib, bu boshqa yosh guruhlariga nisbatan ishonchli past. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qari va keksa yoshdagi bemorlarda ST uchrashi QTB a’zolari kasalliklari tarkibida qari shaxslarda - 2,7%, keksa shaxslarda - 2,3 % tashkil qilishi aniqlangan bo‘lib, bu boshqa yosh guruhlariga nisbatan ishonchli past, ST bilan kasallangan 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST davolash usulining samaradorligini ta’kidlagan. Xulosa: qari va keksa yoshdagi bemorlarda ST uchrashi QTB a’zolari kasalliklari tarkibida qari shaxslarda - 2,7%, keksa shaxslarda - 2,3 % tashkil qilishi aniqlangan bo‘lib, bu boshqa yosh guruhlariga nisbatan ishonchli darajada past, ST bilan kasallangan 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST davolash usulining samaradorligini ta’kidlagan;
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarda moslashuv reaksiyalarining aksariyat holda fiziologik turlari, ya’ni mashq reaksiyasi - 51,6%da, faollashuv reaksiyasi - 41,9%da, patologik turi - surunkali stress reaksiyasi 6,5%da qayd etilgan bo‘lib, bu holat 60-74 yosh guruhida 74,6%da va 75-90 yosh guruhida 73%da surunkali tonzillitning oddiy shakli ko‘p uchrashi bilan bog‘liqligi aniqlangan; Bu O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tibbiy-profilaktika muassasalarining amaliy faoliyatiga kiritilgan: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (22.08.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan), Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi (21.08.2024 yildagi 33-sonli buyrug‘i bilan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: STli qari va keksa yoshdagi bemorlarda adaptiv reaksiyalarning fiziologik turlarining - mashq reaksiyasi (51,6%), faollashuv reaksiyalari (41,9%) shaklida ustunligi namoyon bo‘lgan, surunkali stress reaksiyasining patologik turi 6,5% da aniqlangan va ST TASh II darajali barcha bemorlarda hamda ST TASh I darajasida 10% bemorlarda uchragan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: STli qari va keksa yoshdagi bemorlarda adaptiv reaksiyalarning fiziologik turlarining - mashq reaksiyasi (51,6%), faollashuv reaksiyalari (41,9%) shaklida ustunligi namoyon bo‘lgan, surunkali stress reaksiyasining patologik turi 6,5% da aniqlangan va ST TASh II darajali barcha bemorlarda hamda ST TASh I darajasida 10% bemorlarda uchragan, STli 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST kompleks davolashning bir qismi sifatida biz tomonidan ishlab chiqilgan ximotripsinni intratonzillyar kiritish usulining samaradorligini ta’kidlagan. Xulosa: STli qari va keksa yoshdagi bemorlarda adaptiv reaksiyalarning fiziologik turlarining - mashq reaksiyasi (51,6%), faollashuv reaksiyalari (41,9%) shaklida ustunligi namoyon bo‘lgan, surunkali stress reaksiyasining patologik turi 6,5% da aniqlangan va ST TASh II darajali barcha bemorlarda hamda ST TASh I darajasida 10% bemorlarda uchragan, STli 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST kompleks davolashning bir qismi sifatida biz tomonidan ishlab chiqilgan ximotripsinni intratonzillyar kiritish usulining samaradorligini ta’kidlagan.
uchinchi ilmiy yangilik: qari va keksalarda STni etiologik omil sifatida Streptococcus pyogenes (51,6%), Candida (51,6%), Staphylococcus epidermidis (45,2%), Enterococcus (35,5%), Staphylococcus aureus (32,3%) topilgan va buni inobatga olgan holda bemorlarni davolashning 82,3%da klinik tuzalishga erishilishi isbotlangan; Bu O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tibbiy-profilaktika muassasalarining amaliy faoliyatiga kiritilgan: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (22.08.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan), Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi (21.08.2024 yildagi 33-sonli buyrug‘i bilan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qari va keksa yoshdagi STli bemorlarning tanglay bodomsimon bezlarinig yoriqlardagi mikroblar tarkibi yoshlarnikidan hamda tanglay bodomsimon bezlarining yuzasi va halqum orqa devoridan olingan materialdan sezilarli darajada farq qilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qari va keksa yoshdagi STli bemorlarning tanglay bodomsimon bezlarining yoriqlardagi mikroblar tarkibi yoshlarnikidan hamda tanglay bodomsimon bezlarining yuzasi va halqum orqa devoridan olingan materialdan sezilarli darajada farq qilgan, ST bilan kasallangan 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST davolash usulining samaradorligini ta’kidlagan. Xulosa: qari va keksa yoshdagi STli bemorlarning tanglay bodomsimon bezlarining yoriqlardagi mikroblar tarkibi yoshlarnikidan hamda tanglay bodomsimon bezlarining yuzasi va halqum orqa devoridan olingan materialdan sezilarli darajada farq qilgan, ST bilan kasallangan 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST davolash usulining samaradorligini ta’kidlagan
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor STni kompleks davolashda ximotripsinni intratonzillyar yuborish usul ishlab chiqildi va uni qo‘llash samaradorligi bodomsimon murtaklar parenximasi va lakunalari sohasida shakllangan chandiqli-fibroz bitishmalarning yumshashi va qisman bartaraf bo‘lishi, to‘qima infiltratsiyasini kamayishi ko‘rinishda namoyon bo‘lishi isbotlangan. Bu O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tibbiy-profilaktika muassasalarining amaliy faoliyatiga kiritilgan: Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi (22.08.2024 yildagi 127-sonli buyrug‘i bilan), Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-bo‘yin kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi (21.08.2024 yildagi 33-sonli buyrug‘i bilan). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ilk bora STni kompleks davolashning tarkibida ximotripsinning intratonzillyar kiritishni qo‘llanish samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: STni kompleks davolashning tarkibida ximotripsinning intratonzillyar kiritishni qo‘llanish samaradorligi birinchi marta isbotlangan. ST bilan kasallangan 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST davolash usulining samaradorligini ta’kidlagan. Xulosa: ilk bora STni kompleks davolashning tarkibida ximotripsinning intratonzillyar kiritishni qo‘llanish samaradorligi isbotlangan. STli 1 keksa bemorga harajatlar farqi 47920 so‘mni tashkil etgan, bu shubhasiz biz ishlab chiqqan ST davolash usulining samaradorligi namoyon bo‘lgan.