Yusupalieva Umida Nurillaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sifatli ip olishda paxta tolasidan saralanma tuzish usullarini takomillashtirish», 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T112.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Kadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/03.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yigirilgan ip ishlab chiqarishda paxta tolasidan saralanma tuzish usullarini takomillashtirish asosida ip yigirish samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ip yigirishda paxta tolasining keng ko‘lamda ishlatiladigan asosiy xossa ko‘rsatkichlari qiymatlarining tola tipi, navi, sinfi bo‘yicha o‘zgarish qonuniyatlari ishlab chiqilgan;
cho‘zuvchi juftliklar orasidagi razvodkalar uchun tola shtapel uzunligi asosida optimal qiymatlarni ifodalovchi formula ishlab chiqilgan;
saralanmadagi tolalar xossalari bog‘liqligini ifodalovchi aralashmaning kompleks ko‘rsatkichlari aniqlangan;
paxta tolasining kompleks sifat ko‘rsatkichi va uning alohida tuzuvchilari orasidagi o‘zaro funksional bog‘liqlikni ifodalovchi tenglamalar olingan va ustuvorlik tolaning shtapel uzunligi bilan nisbiy uzish kuchidaligi aniqlangan;
paxta tolasidan yigirilgan ipning sifati sinfini baholovchi Rkm ko‘rsatkichini tezkorlikda kompyuter yordamida aniqlaydigan dasturiy mahsulot ishlab chiqilgan;
yigiriladigan ip va saralanma xossalari orasidagi regression bog‘lanishlarni aniqlash natijasida yangi texnologik parametrlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sifatli ip olishda paxta tolasidan saralanma tuzish usullarini takomillashtirish bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
xalqaro standartlar asosida sifat darajasi bo‘yicha ko‘rsatkichlar ketma-ketligi ishlab chiqilib, Namangan shahridagi “Namimpaks tekstil” MChJ QKda tadbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 15 noyabrdagi 04/18-4710-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasi xossa ko‘rsatkichlaridan foydalanish engillashtirilgan, moslashuvchanligi yaxshilangan hamda xossa ko‘rsatkichlarini chegaralash imkoni yaratilgan;
korxonada sifatli saralanma tuzishda tezkorlikni ta’minlovchi yaratilgan kompyuter dasturi Namangan shahridagi “Namimpaks tekstil” MChJ QKga tatbiq etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 15 noyabrdagi 04/18-4710-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada optimal saralanmani qo‘llash, saralanma tuzish vaqtini qisqartirish, ip sifatini yaxshilanishiga erishilgan;
paxta tolalari aralashmasidan saralanma tuzish va uni kompleks sifat ko‘rsatkichlarini baholash uslubi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan, Namangan shahridagi “Namimpaks tekstil” MChJ QKda joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 15 noyabrdagi 04/18-4710-son ma’lumotnomasi). Natijada saralanmadan olingan ip assortimentining sifat ko‘rsatkichini 8% ga yaxshilanishi va Rkm ko‘rsatkichining kattalashishi hisobiga ip sifati sinfining oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish