Ibadullaev Doniyor Kuvandikovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda VR va AR texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish metodikasi ”, 13.00.06 – Raqamli ta’lim nazariyasi va metodikasi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Ped10526.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Xurramov Anvar Jumanazarovich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, PhD.01/2025.27.12. Ped.04.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Abdullaev Alibek Qodiralievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda VR va AR texnologiyasidan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida VR, AR texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘quv jarayonida kompleks immersiyani jadallashtiruvchi diagnostika bazasini individual ta’limning muvaffaqiyat va bo‘shliqlar profilaktikasiga yo‘naltirilgan funksiyalarni ustuvorligida personal modifikatsiyalash asosida ochib berilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan integrativ foydalanish modeli VR, AR va AI integratsiyasida pedagogik faoliyatga kompetensiyaviy tayyorlashning 5 bosqichli dars ssenariylarini refleksiv monitoring ustuvorligida joriy etish asosida takomillashtirilgan;
VR va AR texnologiyalarini integrativ qo‘llashning pedagogik mexanizmlari talabalarning mustaqil ta’limi va pedagogik amaliyotda fasilitatsion ta’sirini kuchaytiruvchi simulyasion metodik algoritmni talaba-talabaga ustoz munosabatida modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
VR va AR texnologiyalari asosida talabalarda pedagogik mahoratni shakllantirishning dasturiy ta’minoti pedagogik jarayonni real idrok etish va emotsional his qilishga qaratilgan PVL (pedagogik virtual laboratoriya, https://www.vr.matin.uz) ni akademik darajalanishga moslashuvchan dizaynda unikallashtirish asosida takomilashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashda VR va AR texnologiyalari vositasida pedagogik mahoratni oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida VR, AR texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari o‘quv jarayonida kompleks immersiyani jadallashtiruvchi diagnostika bazasini individual ta’limning muvaffaqiyatga va bo‘shliqlar profilaksitasiga yo‘ naltirilgan funksiyalari ustuvorligida personal modifikatsiyalashga qaratilgan tavsiyalar “Modern programming languaGES” o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-avgustdagi 781-sonli buyqug‘i asosida tasdiqlangan 597828-raqamli guvohnoma). Natijada, talabalarning virtual jarayonida kasbiy rivojlanish jarayoni metodik jihatdan ta’minlanishiga erishilgan;
VR va AR texnologiyalarini integrativ qo‘llashning pedagogik mexanizmlari talabalarning mustaqil ta’limi va pedagogik amaliyotida fasilitatsion ta’sirini kuchaytiruvchi simulyasion metodik algoritmni talaba-talabaga ustoz munosabatida modernizatsiyalashga oid takliflar O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2024-yillarda bajarilan F-OT-2021-248-son “Funksional jadvallar asosida axborotlarni ximoyalash uchun xavf-xatarlarni aniqlash, identifikatsiya va bartaraf qilishning inteluktual usullari va texnologiyalarini ishlab chiqish” fundamental loyiha doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №04/11-11452-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarda ma’lumotlarni xavfsiz va himoyalangan texnologiyalardan foydalanishlariga xizmat qilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda raqamli texnologiyalardan integrativ foydalanish modeli VR, AR va AI integratsiyasida pedagogik faoliyatga kompetensiyaviy tayyorlashning 5 bosqichli dars ssenariylari Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Guliston davlat universiteti hamda Qarshi davlat universitetlari o‘quv va pedagogik amaliyot jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2026 yil 17-apreldagi 02/01-01-265 -son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim jarayonida pedagogik mahoratni oshirishga qaratilgan raqamli yondashuvlarning manzilli, maqsadli joriy etilishi hamda ommalashishiga erishilgan.