Ismanova Odinaxon Urunbaevnaning    
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filolog talabalar uchun frazeologik minimum tuzishning lingvodidaktik asoslari (ingliz, rus va o‘zbek tillari asosida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2024.2.PhD/Fil4861
Ilmiy rahbar: Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02 .
Rasmiy opponentlar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Qaxarova Mavluda Mukaramovna, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi matematik terminologiyani tilshunoslik, ilmiy muloqot va ta’lim jarayonlarida samarali ishlatish uchun bir xil, aniq va izchil tizimni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    nemis va o‘zbek tillari matematik terminlarining diaxron va sinxron jihatdan intergral va differensial jihatlariga e’tibor qaratilib, nemis tilidan o‘zbek tiliga matematik terminlar identifikatsiya qilingan, ularning tarjimasi jarayonida yuzaga keladigan, lingvistik va tarjimaviy muammolar aniqlanib, bilingvistik faktorlar tizimlashtirilgan;
tadqiqotda ilk bor ikki tilning matematik terminosferasining shakllanishi, etimologik etimoni, semantik xususiyatlari, morfologik va sintaktik modellari tizimli tarzda ochib berilgan;
unifikatsiyalash imkoniyatlari aniqlanib, nemis va o‘zbek tillarining o‘zaro moslik darajalari aniqlangan, zamonaviy o‘zbek tilidagi matematik terminlar tizimining barqarorligi, xalqaro standartlashuv darajasi va xalqaro terminlar tizimiga mosligi baholangan;
matematika fani doirasida nemis va o‘zbek tillarining o‘zaro munosabatidagi terminologik uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Matematik terminlarni tarjima va unifikatsiya qilish masalalari (nemis va o‘zbek tillari misolida) yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
mazkur dissertasiyadagi unifikatsiyalash imkoniyatlari o‘rganilib, ikki til o‘rtasidagi moslik darajalari aniqlanganligi, atamalar tizimining barqarorligi, standartlashuvi va xalqaro terminlarga yaqinlashish holati baholanishi, ikki til o‘rtasida terminologik uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilganiga doir qarashlardan ixtisoslashgan atamalar tavsifida foydalanilganligi bo‘yicha xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida  2022-2023 yillarda bajarilgan “№ IL-402104213. O‘zbek tilida elektron lingvistik ensiklopedik lug‘at ishlab chiqish” davlat innovasion-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanildi (Andijon davlat universitetining 2025-yil 7-iyuldagi 04-2718-son ma’lumotnomasi). Natijada diskursiv qo‘llanishda o‘ziga xoslik kasb qiluvchi ayrim til birliklarining tavsifi yanada yorqinlashgan;
ushbu dissertasiya xulosa va natijalaridan Andijon davlat universitetida bajarilgan “OT-F1-18. Ommaviy lisoniy madaniyatni shaklantirish metodlar va metodologiyasini ishlab chiqish” davlat fundamental-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihada foydalanilgan. Mazkur dissertatsiyaning ikki tilning matematik terminologik tizimi qurilishi, semantik xususiyatlari, morfologik va sintaktik modellari tizimli tarzda taqqoslanganligi, terminlarning tarjimasi jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va tarjimaviy muammolar echimiga doir materiallari va natijalaridan milliy va madaniy jihatlaridan kelib chiqqan holda ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish usullarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2025 yil 7-iyuldagi 04-2719-sonli ma’lumotnomasi). Natijada lisoniy madaniyatni ta’minlashga oid metodologiya yangi nazariy qarashlar bilan boyitilgan; 
mazkur dissertatsiyasining ilmiy natijalari va materiallaridan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 “Axborot -qidiruv tizimlari (Google, Yandex,Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi - o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” amaliy grant loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 6-sentyabrdagi  01/4-4021-son ma’lumotnomasi). Natijada, semantik ma’lumotlar bazasi kengaytirildi. Bu esa lug‘at tahriri, mobil ilovaning algaritmik strukturasi va foydalanuvchi interfeysida interaktiv tavsiyalar yaratish imkonini berdi;
mazkur dissertatsiyasidagi konseptning lingvomadaniy xususiyatlariga doir taklif va ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi O‘zbekiston teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot” “Millat va ma’naviyat”, “Adabiy jarayon”, “Jahon adabiyoti” nomli eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining  2025-yil 24-iyun 05-09-1013-sonli mq’lumotnomasi). Natijada radiotinglovchilar nemis tilidan o‘zbek tiliga matematik terminlar tarjimasi jarayonida yuzaga keladigan lingvistik va tarjimaviy muammolar aniqlanib, ularning sabablari tizimlashtirilishi xususidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va eshittirishlarning ilmiy ahamiyati ortib, mazmunan mukammallashgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish