Maxammadov Bobir Isan o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Microsoft Windows operatsion tizimi terminologiyasining lingvistik va madaniy moslashuv aspekti (o‘zbek, ingliz va turk tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Fil714.
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, DSc.03/2025.27.12.Fil.32.02.
Rasmiy opponentlar: Shaxobiddinova Shoxida Xoshimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Djumabaeva Jamila Sharipovna, filologiya fanlari doktori, professor, Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, ingliz va turk tillari manbalari asosida Microsoft Windows operatsion tizimi terminologiyasining lingvomadaniy moslashuv qonuniyatlarini hamda  terminlarning semantik, morfosintatik va leksikografik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Microsoft Windows operatsion tizimidagi ingliz tili terminlarning o‘zbek tiliga moslashuv jarayonida morfologik (derivatsion qo‘shimchalar tizimi, kompozision birliklar), grafik-fonetik (transkripsiya va transliteratsiya qoidalari) hamda sintaktik (gap va birikmalar tuzilishi) ko‘rsatkichlarni o‘zida jamlagan uch komponentli yagona mezonlar tizimi muhim o‘rin tutishi isbotlangan;
turk va o‘zbek tillaridagi Windows operatsion tizimi terminlari “semantik maydon (semantik maydonlar yadro elementlari (fayl, papka, dastur, tizim, foydalanuvchi kabi asosiy tushunchalar) va periferiya elementlari) + morfosintaktik murakkablik (oddiy birlik (“fayl”), qo‘shma birlik (“fayl nomi”), murakkab birlik (“fayl nomini o‘zgartirish”) va super murakkab birlik (“fayl nomini avtomatik o‘zgartirish rejimi”)) + tarjima strategiyasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri, leksik ekvivalent, semantik kalkalash, funksional adaptatsiya, deskriptiv tarjima) + imlo-talaffuz moslashuvi”ini o‘zida integratsiyalagan yagona konseptual model(framework) asosida tadqiq qilinishi asoslangan;
o‘zbek, ingliz va turk tillaridagi Windows operatsion tizimi terminlari yadro-periferiya tizimli tamoyili bo‘yicha ish stoli (1); oynalarni boshqarish (2); fayllar tizimi (3); ilovalar (4); sozlamalar (5); akkauntlar va identifikatsiya (6); xavfsizlik va maxfiylik (7); tarmoq va internet (8); yangilanishlar (9); quvvat (10); vaqt va til (11); maxsus imkoniyatlar (12); bildirishnomalar (13); qurilmalar (14) kabi 14 ta funksional-semantik maydonga sistematik taqsimlanib, har bir maydonning o‘ziga xos sema komponentlari uchun ishlab chiqilgan tahlil jadvali (sessiya/quvvat amallari va fayl amallari) orqali antonimiya sinonimiya tarmog‘i bilan bog‘langanligi aniqlangan;
o‘zbek, ingliz va turk tillaridagi Windows operatsion tizimi terminlarining madaniy-metaforik qatlamining (Wizard/usta, Home/ana/bosh sahifa, Privacy/maxfiylik) semantik maydondagi o‘rni konseptual modellashtirilgan hamda turli tillarda yuzaga keladigan tipologik farqlar (kompakt yopiq kompozisiya ↔ sintagmatik ko‘plik) sistematik tarzda asoslangan;
Windows terminologiyasining leksikografik talqini o‘zbek, ingliz va turk tillaridagi maxsus manbalar tahlili asosida birinchi marta mega – makro – mikro – medio modeli bilan yaxlit tizim sifatida qo‘llanilgan: mega darajada butun Windowsning terminologik arxitekturasi, makro darajada har bir blok ichidagi funksional guruhlar, mikro darajada har bir terminning ichki tuzilmasi, medio darajada terminlararo semantik bog‘lanishlar tarmog‘i aniqlanib, terminlarning normativ-deskriptiv muvozanatga keltirilgan mikrostrukturasi yaratilgan va terminlararo semantik tarmoqni qayta tiklashning amaliy usullari va giponimik aloqalar tizimi ilmiy dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Windows operatsion tizimi terminlarining o‘zbek, turk, ingliz tillarida berilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida: 
Windows FI terminlari yadro-periferiya tamoyili bo‘yicha 14 ta semantik maydonga tizimlashtirildi, semalar bo‘yicha komponent tahlil jadvali (sessiya/quvvat amallari va fayl amallari) ishlab chiqilganligi hamda antonimiya-sinonimiya tarmog‘i normativ tavsiyalar bilan bog‘langanlik xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan № AM-F3-201908172 “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” bo‘yicha innovatsion loyihada foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 01/4-3924 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada Windows foydalanuvchi interfeysi terminlari yadro-periferiya tizimli tamoyil bo‘yicha ish stoli (1); oynalarni boshqarish (2); fayllar tizimi (3); ilovalar (4); sozlamalar (5); akkauntlar va identifikatsiya (6); xavfsizlik va maxfiylik (7); tarmoq va internet (8); yangilanishlar (9); quvvat (10); vaqt va til (11); maxsus imkoniyatlar (12); bildirishnomalar (13); qurilmalar (14) kabi 14 ta funksional-semantik maydonga sistematik taqsimlangan bo‘lib, har bir maydonning o‘ziga xos sema komponentlari tahlil jadvali (sessiya/quvvat amallari va fayl amallari) ishlab chiqilgan va antonimiya-sinonimiya tarmog‘i normativ tavsiyalar bilan bog‘langan.
O‘zbek tilidagi Vindows terminlari uchun semantik maydon + morfosintaktik murakkablik + tarjima strategiyasi + imlo-talaffuz moslashuvi ni yagona chizmada ko‘rib, ularni yadro-periferiya va paradigmatik bog‘lanishlar mezonlari asosida baholash xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan № IL-402104209 “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada, Windows tizimidagi terminlarning o‘zbek tiliga moslashuv jarayonida uch komponentli yagona baholash tizimi ishlab chiqilgan va bu tizimda morfologik (so‘z yasash), grafik-fonetik (yozuv va talaffuz moslashuvi) hamda sintaktik (gap va birikmalar tuzilishi) ko‘rsatkichlar birlashtirilgan holda ochiq baholash mezonlari belgilangan bo‘lib, bunda morfologik darajada derivatsion qo‘shimchalar tizimi, kompozision birliklar, grafik-fonetik jihatdan transkripsiya qoidalari, sintaktik darajada strukturaviy moslashuvlar majmuasi yaratilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 01/4-3923 – sonli ma’lumotnomasi).
Leksikografik tavsif mazkur ishda kuzatuvchi emas, balki tartibga soluvchi infratuzilma sifatida talqin qilinib, foydalanuvchi ehtiyojiga mos dizayn, kontekst bilan tasdiqlangan qo‘llanish, normativ va deskriptiv yondashuvlarning muvozanati hamda konseptga yo‘naltirilgan aniqlik terminlararo semantik tarmoqni tiklashning sharti ekani xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan № IL-21091506 “O‘zbek ismlarining izohli imlo lug‘ati va mobil ilovasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada, Windows terminologiyasining leksikografik talqini ingliz, turk va o‘zbek tillaridagi maxsus manbalar tahlili asosida birinchi marta mega – makro– mikro – medio modeli bilan yaxlit tizim sifatida qo‘llanilgan bo‘lib, mega darajada butun Windowsning terminologik arxitekturasi, makro darajada har bir blok ichidagi funksional guruhlar, mikro darajada har bir terminning ichki tuzilmasi, medio darajada terminlararo semantik bog‘lanishlar tarmog‘i aniqlanib, terminlarning normativdeskriptiv muvozanatga keltirilgan mikrostrukturasi yaratilgan va terminlararo semantik tarmoqni qayta tiklashning amaliy usullari va giponimik aloqalar tizimi ilmiy jihatdan asoslab berilgan.. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 01/4-3922 – sonli ma’lumotnomasi).
Qo‘llanilishida standartlashmagan holatlar – ya’ni bir atamaning bir nechta yozuv yoki tarjima shakllari bilan muomalada bo‘lishi, ba’zan tarjimasiz qoldirish, ba’zan esa ijodiy erkin variantlar qo‘llash – ilmiy-texnik matnlarda yagona uslubiy me’yorni zaiflashtirishi bilan birga, foydalanuvchi interfeysida tushunarlilikni pasaytirishi mumkinligi xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan № IL-52 tur-21091433 “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” bo‘yicha amaliy loyihada foydalanilgan. Natijada o‘zbekcha Windows terminlari uchun “semantik maydon + morfosintaktik murakkablik + tarjima strategiyasi + imlo-talaffuz moslashuvi”ni o‘z ichiga olgan yagona konseptual chizma (framework) ishlab chiqilgan bo‘lib, bu tizimda semantik maydonlar yadro elementlari (fayl, papka, dastur, tizim, foydalanuvchi kabi asosiy tushunchalar) va periferiya elementlari asosida baholash taklif etilib, morfosintaktik murakkablik darajasi oddiy birlik (“fayl”), qo‘shma birlik (“fayl nomi”), murakkab birlik (“fayl nomini o‘zgartirish”) va super murakkab birlik (“fayl nomini avtomatik o‘zgartirish rejimi”) ko‘rinishlarida baholanib, tarjima strategiyalari - to‘g‘ridan-to‘g‘ri leksik ekvivalent, semantik kalkalash, funksional adaptatsiya, deskriptiv tarjima usullari bilan amalga oshirilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 3-sentyabrdagi 01/4-3921–sonli ma’lumotnomasi);
Mazkur tadqiqot ingliz, turk va o‘zbek tillarida Microsoft Windows operatsion tizimi terminlari ifodalanishining usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi tadqiqot hisoblanib, har uch tilning tizimliligi va til ierarxiyasining leksik, morfologik va sintaktik vositalariga tayangan holda noaniqlikning ifodalanishi har xil darajadagi vositalarning tizimlarga ajralishi kabi xulosalardan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan “Umrboqiy meros” nodavlat notijorat tashkilotiga 2024-yilda ajratilgan 90-01/38-sonli “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi ta’siri” nomli loyihasida foydalanilgan. Natijada, ingliz-turk-o‘zbek tillaridagi Windows terminlarining madaniy-metaforik qatlamini semantik maydonga joylashtirishning konseptual modeli tuzilgan bo‘lib, terminlarning madaniy-metaforik qatlamini (masalan, Wizard/usta, Home/ana/bosh sahifa, privacy/maxfiylik) semantik maydonga joylashtirish hamda turli tillarda yuzaga keladigan tipologik farqlarni (kompakt yopiq kompozisiya – sintagmatik ko‘plik) sistematik tarzda tushuntirish imkoniyati yaratilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 28-oktyabrdagi ML01/01 – 95 – sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish