Kuychieva Mu’jizaxon Abdumannobovnaning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ yondashuv asosida tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Ped1245
Ilmiy rahbar: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.10.08
Rasmiy opponentlar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlari doktori, professor; biologiya fanlari doktori, professor Shermatov Malikjon Rahmatjonovich.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Integrativ yondashuv asosida tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligi rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari xorijiy tajribaga asoslangan uzlyuksiz rivojlantiruvchi muhitni aniqlashtirish, jarayonli-tashkiliy bosqichlarni idrok etish, integratsiya, kasbiy monitoring yo‘nalish dinamikligi refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni metodik tizimi kasbiy rivojlantirishning umumiy funksiyalariga mos o‘quv maqsadlariga erishish turli ta’lim shakllari orqali rasmiy, norasmiy, informal o‘qitishda foydalanishga doir texnologiyalar va akmetexnologiyalar an’anaviy va zamonaviy ta’lim texnologiyalari integratsiyasining metodik imkoniyatlariga tabiiy fanlardan divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida tinglovchilarning mustaqil kasbiy rivojlanishida metodik tayyorgarlik modeli tizimli, integrativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni faollik, onglilik, faoliyatga ijobiy munosabat tamoyillariga ustuvorligini ta’minlash, mustaqil va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning ko‘p vektorli kompleks sharoitini ta’minlash, boshqarish imkoniyatlarini pedagogik, metodik, texnik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish hamda shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga dinamikligini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kollabaratsiyasi imkoniyatlarini qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tizimiga muvofiqligini aniqlash, virtual ta’lim vositalari va texnologiyalar tuzilmasini joriy ettish hamda grafik organayzerlar, SCAMPER, debat, refleksiya, interaktiv metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
integrativ yondashuv asosida malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishning reproduktiv, talqiniy, ijodiy va akme darajalarini individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish hamda metodik tayyorgarlik samaradorligining ishonchliligi qiyosiy va statistik tahlil asosida aniqlashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinganligi. Integrativ yondashuv asosida tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirishning pedagogik strategiyalariga doir ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligi rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari xorijiy tajribaga asoslangan uzlyuksiz rivojlantiruvchi muhitni aniqlashtirish, jarayonli-tashkiliy bosqichlarni idrok etish, integratsiya, kasbiy monitoring yo‘nalish dinamikligi refleksiv pozisiyasining intellektual rivojlanish darajasi bilan ichki integratsiyasini adekvat faollashtirishga oid tavsiyalar asosida “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-son buyrug‘i, 258973-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, o‘qituvchilarni tabiiy fan o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirishga doir ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy tendensiyalarni tahlil qilish, O‘zbekistonda tadbiq qilish imkoniyatlarini aniqlash, akmeologik yondashuv asosida tabiiy fan o‘qituvchilarini uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish komponentlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
integrativ yondashuv asosida malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni metodik tizimi kasbiy rivojlantirishning umumiy funksiyalariga mos o‘quv maqsadlariga erishish turli ta’lim shakllari orqali rasmiy, norasmiy, informal o‘qitishda foydalanishga doir texnologiyalar va akmetexnologiyalar an’anaviy va zamonaviy ta’lim texnologiyalari integratsiyasining metodik imkoniyatlariga tabiiy fanlardan divergent fikrlash ko‘nikmalarini uyg‘unlashtirishga oid tavsiyalar asosida “STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari” nomli darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-martdagi 55-sonli buyrug‘iga 272828-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, integrativ yondashuv asosida tinglovchilarning mustaqil kasbiy rivojlanishida metodik tayyorgarlik modelini takomillashtirishga erishilgan;
integrativ yondashuv asosida tinglovchilarning mustaqil kasbiy rivojlanishida metodik tayyorgarlik modeli tizimli, integrativ va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni faollik, onglilik, faoliyatga ijobiy munosabat tamoyillariga ustuvorligini ta’minlash, mustaqil va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning ko‘p vektorli kompleks sharoitini ta’minlash, boshqarish imkoniyatlarini pedagogik, metodik, texnik, tashkiliy shart-sharoitlarni real ta’limiy muhitga moslashtirish hamda shaxsiy fazilatlarini rivojlantirishga dinamikligini aniqlashtirishga oid takliflar asosida “Biologiyani o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli darslik yaratilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 9 apreldagi 9/3.1-son Qarori, 2024/161U-274-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, integrativ yondashuv asosida tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish ning turli ta’lim shakllari orqali rasmiy, norasmiy, informal o‘qitishda foydalanishga doir ta’lim texnologiyalari va akmetexnologiyalarini takomillashtirish ko‘lami kengaytirilgan;
integrativ yondashuv asosida malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi pedagogik faoliyat va kasbiy rivojlantirish kollabaratsiyasi imkoniyatlarini qayta aloqani ta’minlovchi majmuani mujassamlashtirgan ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir tizimiga muvofiqligini aniqlash, virtual ta’lim vositalari va texnologiyalar tuzilmasini joriy ettish hamda grafik organanayzerlar, SCAMPER, debat, refleksiya, interaktiv metodlarni qo‘llash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar asosida “Tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi” nomli darslik yaratilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 2025 yil 9 iyuldagi 258-son buyrug‘i, 258973-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, integrativ yondashuv asosida tinglovchilarni tabiiy fanlarni o‘qitishga metodik tayyorgarligini takomillashtirish algoritmini an’anaviy va elektron ta’lim integratsiyasi asosida takomillashtirish imkoni yaratilgan;
integrativ yondashuv asosida malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari malaka oshirish jarayonida tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishning reproduktiv, talqiniy, ijodiy va akme darajalarini individual ta’lim traektoriyasiga funksional uyg‘unlashtirish hamda metodik tayyorgarlik samaradorligining qiyosiy va statistik tahlil asosida aniqlashga oid tavsiyalar asosida “STEAM va SMART ta’lim texnologiyalari” nomli darslik yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 24-martdagi 55-sonli buyrug‘iga 272828-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, akmeologik yondashuv asosida tabiiy fan o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanganligini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ilmiy-pedagogik jihatdan aniqlash imkoni oshirilgan.