Axmedov Bekjan Askorovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Tahliliy tadqiqot orqali talabalar orasida xavfsiz axborot muhitini yaratishning ilmiy-nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ped1301.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamadaliev Kamoliddin Raxmatulloevich, Pedagogika fanlari falsafa doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaeva Maqsuda Sultonovna; pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Eshonjonov Bobur Zafarjonovich
Yetakchi tashkilot: sifatida Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tahliliy tadqiqot orqali talabalar orasida xavfsiz axborot muhitini yaratish omillari va pedagogik imkoniyatlarini aniqlash hamda metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
raqamli axborot muhitida yoshlar orasida xavfsiz axborot makonini yaratishda o‘rin egallovchi ijtimoiy-psixologik, texnologik va pedagogik omillar chuqur tahlil qilinib, ularning o‘zaro ta’sir mexanizmi tanqidiy fikrlash (critical thinking) va media tahlili (media analysis) yondashuvlari orqali ilk bor tizimli asosda ilmiy tavsiflangan;
axborot ta’lim sohasida manbalarini baholash, manipulyativ kontentdan himoyalanish, raqamli xavfsizlik madaniyati va yoshlarning tanqidiy fikrlash kompetensiyasining funksional ahamiyati data-driven learning yondashuvi orqali asoslab berilgan;
yoshlar uchun xavfsiz axborot muhitini ta’minlash va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon uchun texnologik model va metodikasi, shuningdek, interfaol o‘quv platformalari, raqamli darsliklar, multimedia taqdimotlari, o‘quv ilovalari orqali o‘qitishning zamonaviy usullari takomillashtirilgan;
integrativ (integrative) va interfaol ta’lim (interactive learning) yondashuvlar asosida talabalarning axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida raqamli xavfsizlikni kuchaytirish usullari hamda tanqidiy fikrlash va kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tahliliy tadqiqot orqali talaba talabalar orasida xavfsiz axborot muhitini yaratish omillari va pedagogik imkoniyatlarini aniqlash, tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini integrativ yondashuvlar orqali takomillashtirish bo’yisha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamli axborot muhitida talabalar orasida xavfsiz axborot makonini yaratishda o‘rin egallovchi ijtimoiy-psixologik, texnologik va pedagogik omillar chuqur tahlil qilinib, ularning o‘zaro ta’sir mexanizmi tanqidiy fikrlash (critical thinking) va media tahlili (media analysis) yondashuvlari orqali ilk bor tizimli asosda ilmiy jihatdan o‘rganishga oid taklif va tavsiyalardan asosida aѕoѕlangan xuloѕalardan “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” nomli o‘quv qo‘llanmaѕida foudalanilgan (O‘zbekiѕton Reѕrublikaѕi Oliu ta’lim, fan va innovatѕiualar vazirligining 2023-uil 22-dekabrdagi 537-ѕonli buurug‘iga aѕoѕan ushbu qo‘llanmani naѕhr etiѕhga ruxѕat berilgan). Natijada, axborot ta’lim sohasida manbalarini baholash, manipulyativ kontentdan himoyalanish, raqamli xavfsizlik madaniyati va yoshlarning tanqidiy fikrlash kompetensiyasining funksional ahamiyati asoslab berilgan;
talabalar uchun xavfsiz axborot muhitini ta’minlash va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik jarayon uchun texnologik model va metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan foydalanilgan “Mediasauattiliq jəne aqparattiq mədeniet” nomli darsligida foudalanilgan (O‘zbekiѕton Reѕrublikaѕi Oliu ta’lim, fan va innovatѕiualar vazirligining 2025-uil 14-apreldagi 136-ѕonli buurug‘iga aѕoѕan ushbu darslikni naѕhr etiѕhga ruxѕat berilgan). Natijada, interfaol o‘quv platformalari, raqamli darsliklar, multimedia taqdimotlari, o‘quv ilovalari orqali o‘qitishning zamonaviy usullari va ularning samaradorligi asoslab berilgan va pedagogik jarayon uchun texnologik modeli optimallashtirilgan;
integrativ (integrative) va interfaol ta’lim (interactive learning) yondashuvlar asosida talabalarning axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari, umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida raqamli xavfsizlikni kuchaytirish usullarini takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Mediasauattiliq jəne aqparattiq mədeniet” nomli darsligida foudalanilgan (O‘zbekiѕton Reѕrublikaѕi Oliu ta’lim, fan va innovatѕiualar vazirligining 2025-uil 14-apreldagi 136-ѕonli buurug‘iga aѕoѕan ushbu darslikni naѕhr etiѕhga ruxѕat berilgan). Natijada, talabalarning tanqidiy fikrlash va kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning tashkiliy-metodik ta’minoti yaratilgan, va rivojlantirish mexanizmlarining takomillashtirilishiga xizmat qilgan.