Gasanova Nigora Muxtorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biosuyuqliklarning degidratatsion morfoteksturasi asosida organizmning funksional holatini donozologik baholash”, 03.00.02 – Biofizika va radiobiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V1361.
Ilmiy rahbar: Leviskaya Yuliya Vladimirovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy hodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona Jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti Biofizika va biokimyo instituti, DSc.03/2025.27.12.B.01.14.M.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Nurali Agzamovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Mamatova Zulayho Aminjonovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II.Tadqiqotning maqsadi: So‘lakning suvsizlangan tomchisi fasiya mikrokristallarining morfologik xususiyatlari sezgirligi va spesifikligini organizmning funksional o‘zgarishlari hamda jismoniy sog‘liq darajasiga nisbatan baholash, hamda ular asosida sog‘liq holatini donozologik baholash va kasallik rivojlanish xavfini aniqlash uchun biofizik diagnostik markerlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta sog‘lom odamlarda suvsizlangan so‘lak fasiyasining morfologik xususiyatlari va ularning donozologik sharoitdagi jismoniy holati darajasi o‘rtasidagi bog‘liqliklar va bu asosida informativ markerlar aniqlangan;
birinchi marta so‘lak mikrokristallarining morfologik ko‘rsatkichlari aniqlangan, bu real vaqt rejimida jismoniy salomatlik darajasini va tananing funksional holatini baholash imkonini bergan;
suvsizlangan so‘lak fasiyalarini morfologik tahlil qilish usullarini va ularning informativ markerlarini ilgari yuzaga chiqmagan patologik holatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan yashirin donozologik o‘zgarishlarni aniqlash uchun qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Degidratlangan so‘lak tomchisi mikrokristallari morfologik xususiyatlarining sezgirligi va maxsusligini funksional o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
organizm salomatligining integral darajalarining morfologik xususiyatlari bilan uning moslashish salohiyati va funkional holatlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’siri hamda so‘lak mikrokristallanish xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha tavsiyalar Farg‘ona shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriligining 2024 yil 28 martdagi 02-28/6511-son ma’lumotnomasi). Natijada, og‘iz suyuqligining suvsizlangan tomchisini kristali vizuvalizatsiyasidan foydalangan holda odamning funksional holatini aniqlash va uni amaliyotga tatbiq etilish natijasida tashxis qo‘yish aniqligi 10-15% ga oshgan, unga ketadigan vaqt esa 15-20% ga kamayishi imkonini bergan;
tekshirilayotgan shaxslarning suvsizlangan so‘lakning morfologik ko‘rsatkichlari bilan ularning jismoniy salomatlik darajasi va morfofunksional ko‘rsatkichlar qiymati o‘rtasidagi bog‘liqlikning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlash bo‘yicha tavsiyalar Farg‘ona shahar Farg‘ona jamoat salomatligi institutining qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziriligining 2024 yil 28 martdagi 02-28/6511-son ma’lumotnomasi). Natijada, suvsizlangan so‘lak kristallaridan olingan markerlar asosida sog‘liq holatini invaziv bo‘lmagan holda aniqlash va kuzatish imkonini bergan;
patologiyaga uchramagan sog‘lom shaxslarning funksional holatini aniqlashning jarayoni aniqligini oshirish Farg‘ona shahar Farg‘ona jamoat salomatligi institutining qoshidagi ko‘p tarmoqli klinikasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respbulikasi Sog‘liq saqlash vazirligi Farg‘ona viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2024 yil 10 sentyabrdagi 14-08/229-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘lak mikrokristallarining turlari tananing mudofa tizimi mexanizmlarining buzilganligini ko‘rsatadigan markerlar sifatida aniqlanishi, ma’lum bir vaqtda inson tanasining jismoniy salomatlik darajasining ko‘rsatkichi sifatida ishlatilishi mumkinligini isbotlangan.