Ochilova Go‘zal Aralovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirish zaruriyati ( ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Fal238.
Ilmiy maslahatchi: Omonov Bahodir Nurillaevich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.F.01.07.
Rasmiy opponentlar: Musaev Odil Raxmatovich – falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Jo‘raev Narzulla Qosimovich – siyosiy fanlar doktori, professor; Matkarimova Jamila Durdievna – falsafa fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida milliy davlatchilik tafakkurini shakllanishi va rivojlanishini ijtimoiy-falsafiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
globallashuv sharoitida O‘zbekiston fuqarolarining milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirish zaruriyatini ijtimoiy falsafiy tahlil qilishda tizimli-strukturaviy yondashuv parametrlari ishlab chiqilgan bo‘lib, shakllantiruvchi va uzlyuksiz-xronologik asoslarda milliy davlatchilik g‘oyasini ifodalash tizimlashtirilgan, tamoyillari aniqlangan;
O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti “inson-jamiyat-davlat” aloqadorligida milliy davlatchilik tafakkurida yangi tendensiyalarni keltirib chiqargani falsafaning imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat kategoriyalari kontekstida ochib berilgan;
milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirish muammosining nazariy manbalarini retrospektiv tahlil qilish asosida uning ontologik holati o‘rganildi, ushbu hodisaning xarakterli xususiyatlari va belgilari, uning shakllanishi va o‘zgarishi jarayonini aks ettiruvchi tushunchalar tizimi aniqlashtirildi. Sharq va G‘arb mamlakatlarining siyosiy, huquqiy va  mafkuraviy ta’limotlar tarixi fanlarida sodir bo‘layotgan jamiyat ma’naviy olami hodisalarining tabiati va xususiyatlariga oid tushuncha va yondashuvlar tasnifi asoslantirildi;
jahon tarixining o‘zaro bog‘langan hodisalari sifatida milliy davlatchilik tafakkuri taraqqiyoti va globallashuv o‘rtasida dialektik bog‘liqlik aniqlanib, global xafv va tahdidlar, ijtimoiy hayotning an’anaviy shakllarini zaiflashishi, ichki va tashqi bozorlarda kapital ustidan nazoratning yo‘qolishi, davlatning hududiy tabiati, yangi transchegaraviy mavjudligidagi nomuvofiqlik, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar tizimidagi ziddiyatlar, madaniy va lingvistik o‘ziga xoslikning milliy davlatchilik tafakkuri rivojiga ta’siri falsafiy jihatdan ochib berilgan;
O‘zbekistonda davlat siyosatining strategik asoslari milliy manfaatlardan kelib chiqib, davlat va fuqaro munosabatlari milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligiga asoslangani, global muammolarni bartaraf etish yo‘llari ilmiy manbalar tahlili va tasnifi, fakt va argumentlar sintezi yordamida isbotlangan;
globallashuv sharoitida O‘zbekiston fuqarolarining milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirish (ta’lim-tarbiya uzlyuksizligi va uyg‘unligini ta’minlash va takomillashtirish) vositalarini  umummilliylikka xos modernizatsiyalash zaruriyati isbotlangan bo‘lib, O‘zbekistonda yoshlar va davlat institutlari o‘rtasidagi munosabatlarda milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirishning fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga doir kompleks tizimli-strukturaviy yondashuvlar taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Globallashuv sharoitida milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirish zaruriyatini tadqiq qilish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv sharoitida O‘zbekiston fuqarolarining milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirish zaruriyatini ijtimoiy falsafiy tahlil qilishda tizimli-strukturaviy yondashuv parametrlari ishlab chiqilgan bo‘lib, shakllantiruvchi va uzlyuksiz-xronologik asoslarda milliy davlatchilik g‘oyasini ifodalash tizimlashtirilgan, tamoyillari aniqlangan. O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti “inson-jamiyat-davlat” aloqadorligida milliy davlatchilik tafakkurida yangi tendensiyalarni keltirib chiqargani falsafaning imkoniyat va voqelik, sabab va oqibat kategoriyalari kontekstida ochib berilgan nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining dastur va ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2025-yil 24-oktyabrdagi 04-13-848-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar o‘rtasida axloqiy tarbiya, bilim berish va ko‘nikmalarni  rivojlantirishga muhim manba sifatida xizmat qilgan; 
milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirish muammosining nazariy manbalarini retrospektiv tahlil qilish asosida uning ontologik holati o‘rganildi, ushbu hodisaning xarakterli xususiyatlari va belgilari aniqlandi va hodisani o‘rganishda foydalaniladigan, uning shakllanishi va o‘zgarishi jarayonini aks ettiruvchi tushunchalar tizimi tadqiq etildi. Sharq va G‘arb mamlakatlarining siyosiy, huquqiy va tarixiy fanlarida sodir bo‘layotgan jamiyat ma’naviy olami hodisalarining tabiati va xususiyatlariga oid tushuncha va yondashuvlar tasnifi berilishiga doir nazariy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida (2022-2024 yillarda) bajarilgan IL-4821091548-sonli “Zamonaviy tahdid va da’vatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ongi shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 27-oktyabrdagi 04/11-25086-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, IL-4821091548-sonli fundamental ilmiy loyiha ijrosini bajarilishiga xizmat qilgan;
jahon tarixining o‘zaro bog‘langan hodisalari sifatida milliy davlatchilik tafakkuri taraqqiyoti va globallashuv o‘rtasida dialektik bog‘liqlik aniqlanib, globallashuv sharoitida global xafv va tahdidlar, ijtimoiy hayotning an’anaviy shakllarini zaiflashishi, ichki va tashqi bozorlarda kapital ustidan nazoratning yo‘qolishi, davlatning hududiy tabiati va uning yangi transchegaraviy mavjudligi o‘rtasidagi nomuvofiqlik, an’anaviy va zamonaviy qadriyatlar tizimi o‘rtasidagi ziddiyatlar, madaniy va lingvistik o‘ziga xoslikni yo‘qolib borishi kabi omillarning milliy davlatchilik tafakkuri rivojiga ta’siri falsafiy jihatdan asoslangan amaliy tavsiyalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil uchun chora-tadbirlar dasturini ishlab foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-oktyabrdagi 10/703-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda davlat siyosatining strategik asoslari milliy manfaatlardan kelib chiqib, davlat va fuqaro munosabatlari milliylik va umuminsoniylik, an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligiga asoslangani, global muammolarni bartaraf etishning geosiyosiy yo‘llari ilmiy manbalar tahlili va tasnifi, fakt va argumentlar sintezi yordamida isbotlangan amaliy taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2024-yilgi chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish va qabul qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasining 2025-yil 4-noyabrdagi 02/0698-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur partiyaning saylovoldi dasturlarini ishlab chiqish va qabul qilishga xizmat qilgan;
globallashuv sharoitida O‘zbekiston fuqarolarining milliy davlatchilik tafakkurini shakllantirish (ta’lim-tarbiya uzlyuksizligi va uyg‘unligini ta’minlash va takomillashtirish) vositalarini  umummilliylikka xos modernizatsiyalash zaruriyati isbotlangan bo‘lib, O‘zbekistonda yoshlar va davlat institutlari o‘rtasidagi munosabatlarda milliy davlatchilik tafakkurini rivojlantirishning jamoat va siyosiy tuzilmalar (davlat va nodavlat-notijorat tashkilotlar) tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga doir kompleks tizimli-strukturaviy yondashuvlarga doir nazariy xulosalari, taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi dastur ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 23-oktyabrdagi 01-33/796-son ma’lumotnomasi). Natijada, fuqarolarning ma’naviy tafakkuri va ilmiy salohiyatini yuksaltirishga doir vazifalarni amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish