Jumaniyazov Nodirbek Odilbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirish” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6147.
Ilmiy rahbar: Madaminov In’omjon Ozodovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibrayimova Dilnoza Abdisheripovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm viloyatida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning sxemasi taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirishga qaratilgan “Klaster identifikatsiyasi” (Cluster Identity Development) va “Qiymat zanjiri integratsiyasi” (Value Chain Integration) innovatsion yondashuvlari taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar orqali rivojlantirishda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, sanoat tarmog‘iga jalb qilingan investisiyalar hajmi va sanoat tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli (+1.73%; +1.15%; +0.27%) va uzoq muddatli (+7.31%; +6.26%; +4.38%) ta’sir darajasini aniqlash modeli taklif etilgan;
ARIMA ekonometrik modellari asosida Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirishni tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Xorazm viloyatida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmning sxemasi taklifi Xorazm viloyati hokimligining 225-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 04-martdagi 06-15-09/2120-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilinishi mintaqa sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirishga qaratilgan “Klaster identifikatsiyasi” (Cluster Identity Development) va “Qiymat zanjiri integratsiyasi” (Value Chain Integration) innovatsion yondashuvlari Xorazm viloyati hokimligining 246-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 04-martdagi 06-15-09/2120-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa hududlarida sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini innovatsion yondashuvlar yuzasidan strategik ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha dasturlar ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
Xorazm viloyati iqtisodiyotini sanoatdagi tarkibiy o‘zgarishlar orqali rivojlantirishda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, sanoat tarmog‘iga jalb qilingan investisiyalar hajmi va sanoat tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga mos ravishda qisqa muddatli va uzoq muddatli ta’sir darajasini aniqlash modeli Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 04-martdagi 06-15-09/2120-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif sanoat tarmog‘ida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar orqali sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, sanoat tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni va sanoat tarmog‘iga jalb qilingan investisiyalar hajmidan samarali foydalanishni ta’minlovchi yo‘l xaritalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
ARIMA ekonometrik modellari asosida Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan o‘rta muddatli prognoz parametrlari Xorazm viloyati hokimligi mahkamasi faoliyatida foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 04-martdagi 06-15-09/2120-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada sanoat tarkibiy o‘zgarishlarini takomillashtirish asosida sanoat tarmoqlarini o‘rta muddatda rivojlantirishga qaratilgan optimal qarorlar qabul qilish imkonini bergan.