Suyunov Jabbor Mahmud o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish   (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4565
Ilmiy rahbar: Ochilov Akram Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.11.03
Rasmiy opponentlar:
Xudoyberganov Dilshod To‘xtaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Shukurov Ulug‘bek Shokirovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining aholi bandligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, aholi daromadlari va yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga qo‘shgan hissasi hamda soliq yukini belgilangan tartibda bajarilganligi bo‘yicha  ularni “juda yuqori” (81-100%), “yuqori” (61-80%), “o‘rta” (41-60%), “past” (21-40%), “juda past” (11-20%) tabaqalashtirilgan toifalar bo‘yicha reyting baholash uslubiyoti taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda innovatsion marketing (γ₁), innovatsion loyihalash va biznes-rejalashtirish (γ₂), innovatsion texnologiyalar (γ₃), yashil tadbirkorlik (γ₄), innovatsion logistika (γ₅) hamda innovatsion talab tizimi (γ₆) omillari har birining daromad (TR), bandlik (E) va biznes subektlari soniga (N) ta’sir koeffisientlari mos ravishda γ₁=0,28; γ₂=0,22; γ₃=0,31; γ₄=0,19; γ₅=0,24; γ₆=0,26) ekonometrik baholash orqali ularning jamlangan multiplikativ effekti 1,7–2,3 barobar daromad o‘sishi, 1,4–1,6 barobar bandlik kengayishi asosida ko‘p omilli hududiy rivojlantirish taklifi empirik asoslangan;
Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi, Ko‘kdala va Qamashi tumanlarining uzumchilikka, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarining qurilish materiallariga, Muborak va G‘uzor tumanlarining neft-gaz-kimyo sanoatiga, Nishon, Mirishkor, Kasbi va Koson tumanlarining dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashganligi asosida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududiy rivojlantirishning tarmoq-klaster xaritasi ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ularda band bo‘lganlar, sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi hamda umumiy investisiyalar hajmi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida 2030-yilga mo‘ljallangan kichik biznes va tadbirkorlik tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
mintaqada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining aholi bandligi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, aholi daromadlari va yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishga qo‘shgan hissasi hamda soliq yukini belgilangan tartibda bajarilganligi bo‘yicha ularni “juda yuqori” (81-100%), “yuqori” (61-80%), “o‘rta” (41-60%), “past” (21-40%), “juda past” (11-20%) tabaqalashtirilgan toifalar bo‘yicha reyting baholash uslubiyotidan “Qashqadaryo viloyatini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq klaster xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2026-yil 16-apreldagi 02-11/4516-son ma’lumotnomasi). Ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi Qashqadaryo viloyatini tadbirkorlik va kichik biznes asosida rivojlantirishda qo'shgan hissasining 10 foizga oshishiga olib kelgan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda innovatsion marketing (γ₁), innovatsion loyihalash va biznes-rejalashtirish (γ₂), innovatsion texnologiyalar (γ₃), yashil tadbirkorlik (γ₄), innovatsion logistika (γ₅) hamda innovatsion talab tizimi (γ₆) omillari har birining daromad (TR), bandlik (E) va biznes subektlari soniga (N) ta’sir koeffisientlari mos ravishda γ₁=0,28; γ₂=0,22; γ₃=0,31; γ₄=0,19; γ₅=0,24; γ₆=0,26) ekonometrik baholash orqali ularning jamlangan multiplikativ effekti 1,7–2,3 barobar daromad o‘sishi, 1,4–1,6 barobar bandlik kengayishi asosida ko‘p omilli empirik asoslangan hududiy rivojlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 201-son “2022-2026-yillarda Qashqadaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyat hokimligining 2026-yil 16-apreldagi 02-11/4516-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga qo‘llanilishi mintaqa tadbirkorlik va kichik biznes vakillarining mahsulot ishlab chiqarishda innovatsion yondashuv yaratilishiga xizmat qilgan va ishlar tadbirkorlik subektlari ishlab chiqaradigan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlarining oshishiga olib kelgan; 
Shahrisabz, Kitob, Yakkabog‘, Chiroqchi, Ko‘kdala va Qamashi tumanlarining uzumchilikka, Chiroqchi va Dehqonobod tumanlarining qurilish materiallariga, Muborak va G‘uzor tumanlarining neft-gaz-kimyo sanoatiga, Nishon, Mirishkor, Kasbi va Koson tumanlarining dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashganligi asosida Qashqadaryo viloyati bo‘yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududiy rivojlantirishning ishlab chiqilgan tarmoq-klaster xaritasi “Qashqadaryo viloyatini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq klaster xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyat hokimligining 2026-yil 16-apreldagi 02-11/4516-son ma’lumotnomasi). Natijada uzumchilik, qurilish materiallari, sanoat mahsulotlari, dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan tumanlarning kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni hududiy rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi oshirilishiga erishilgan;
Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari soni va ularda band bo‘lganlar, sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi hamda umumiy investisiyalar hajmi ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida 2030-yilga mo‘ljallangan kichik biznes va tadbirkorlik tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining prognoz ko‘rsatkichlaridan “Qashqadaryo viloyatini 2025-2026-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq klaster xarita”sini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyat hokimligining 2026-yil 16-apreldagi 02-11/4516-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo mintaqasida kichik biznes va tadbirkorlik tomonidan ishlab chiqilgan mahsulot hajmi 2026 yil yakunida 1,162 barobarga oshishi, 2030 yilga borib 2,194 barobarga oshishi kutilmoqda, o‘rtacha o‘sish surati 14,2 foizni tashkil etishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish