Pirnafasov Sarvar Bardibaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish yo‘llari” (Xorazm viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6153.
Ilmiy rahbar: Rajabov Alibek Xushnudbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.06.04.
Rasmiy opponentlar: Mullabaev Baxtiyorjon Bulturbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ahmedov Shohjahon Kahramon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishga  qaratilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishning raqamli monitoring, soliq nazorati, moliya nazoratini integratsiyalashtiruvchi innovatsion infratuzilmani takomillashtirilgan konseptual modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga yashirin iqtisodiyot ko‘lami – Shadow Economy Size (SES; -0.12), boshqaruv sifati – Governance Quality (GQ; 0.086 – 0.034), raqamli transformatsiya – Digital Transformation (DT; 0.215 – 0.027), ta’lim va malaka oshirish – Education and Skill Development (ESD; 0.174 – 0.051), moliyaviy va soliq nazorati – Financial and Tax Supervision (FS; 0.19 – 0.02) omillarini mos ravishda be’vosita va bilvosita ta’sirini ifodalovchi strukturali tenglamalar modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyotni yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi omillarining mos ravishda qisqa muddatli (-0.12%; -0.03%) va uzoq muddatli (-1.02%; -0.41%) ta’sir darajasini aniqlash modeli taklif etilgan; 
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi yashirin iqtisodiyot ko‘lamini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishning raqamli monitoring, soliq nazorati, moliya nazoratini integratsiyalashtiruvchi innovatsion infratuzilmani takomillashtirilgan konseptual modeli Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2818-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishga xizmat qiluvchi nazariy konseptual va amaliy yondashuvlarni qo‘llash imkonini yaratgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga yashirin iqtisodiyot ko‘lami – Shadow Economy Size (SES; -0.12), boshqaruv sifati – Governance Quality (GQ; 0.086 – 0.034), raqamli transformatsiya – Digital Transformation (DT; 0.215 – 0.027), ta’lim va malaka oshirish – Education and Skill Development (ESD; 0.174 – 0.051), moliyaviy va soliq nazorati – Financial and Tax Supervision (FS; 0.19 – 0.02) omillarini mos ravishda be’vosita va bilvosita ta’sirini ifodalovchi strukturali tenglamalar modeli Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2818-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida boshqaruv sifati, raqamli transformatsiya, ta’lim va malaka oshirish hamda moliyaviy va soliq nazorati omillarini yashirin iqtisodiyot ko‘lami orqali mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlanishiga bilvosita va bevosita ijobiy ta’sirlarini shuningdek, ushbu ta’sirlar orqali yuqoridagi omillarning umumiy ta’sir darajalarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda yashirin iqtisodiyotni yalpi hududiy mahsulot hajmidagi ulushi omillarining mos ravishda qisqa muddatli (-0.12%; -0.03%) va uzoq muddatli (-1.02%; -0.41%) ta’sir darajasini aniqlash modeli Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2818-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqa yashirin iqtisodiyot ko‘lamini ifodalovchi yashirin iqtisodiyot hajmi va yashirin iqtisodiyotni YaHMdagi ulushi omillarining yalpi hududiy mahsulot hajmiga uzoq va qisqa muddatli ta’sirini hisoblash va bu orqali mintaqada yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash imkoniyati yaratilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishdagi yashirin iqtisodiyot ko‘lamini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2026-2030-yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Xorazm viloyat hokimining 2025-yil 11-apreldagi 191-12-0-Q/25-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2026-yil 25-martdagi 10-09/2818-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2026-2030 davr oralig‘ida mintaqa yalpi hududiy mahsulot hajmini 1.39 marta, yashirin iqtisodiyot hajmi 1.37 marta hamda yashirin iqtisodiyotni mintaqa YaHMdagi ulushi 1.5% oshish xavfi mavjudligini asoslash orqali mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda kelgusida yashirin iqtisodiyot ko‘lamini qisqartirishga qaratilgan  mavjud mexanizmlarni yanada takomillashtirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish