Niyazova Gulnoraxon G‘ulomovnaning
fan  doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi,ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Xususiy diskursning kognitiv va sotsiopragmatik aspektlari (ingliz va o‘zbek tillaridagi detektiv asarlar misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan: № B2023.2.DSc/Fil582.
Ilmiy rahbar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti DSc.03/2025.27.12.Fil.08.08
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Ibodulla Kamolovich, filo1ogiya fanlari doktori (DSc), professor; Rasulov Zubaydullo Izomovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor, Narmuratov Zayniddin Radjabovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Termez davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. ingliz va o‘zbek xususiy diskursiga aloqador hodisalarning kognitiv hamda sotsiopragmatik tavsifini yoritish, detektiv asarlar qahramonlari tilining nutqiy xoslanishini ochib berishdan iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xususiy diskurs kognitiv va sotsiopragmatik jihatdan tizimli ravishda tahlil qilinib, detektiv asar qahramonlari tilining individualligi ularning nutqida uchraydigan obrazli va semantik jihatdan boy stilistik troplar, emotsional-ekspressiv xarakterdagi ifoda vositalari hamda janrga xos keskinlik yaratuvchi pragmatik va dramatik ifodalarning mavjudligi bilan belgilanishi isbotlandi; 
ingliz detektiv asarlari qahramonlari nutqida mantiqiy va ratsional fikrlash ustuvorligi kuzatilsa, o‘zbek detektiv asarlari izquvar qahramonlari tili ko‘proq emotsional, ekspressiv va jamiyatdagi milliy-madaniy normalarga amal qilgan holda ifoda etilishi dalillandi;
stereotip, mentalitet, dunyoqarash, urf-odat kabi vositalar ta’sirida shakllanadigan detektiv asar qahramonlari individual nutqini tahlil ostiga olish ikki tilning kognitiv maydonidagi milliy-madaniy, konseptual hamda lingvokognitiv farqlarni yoritishda muhim rol o‘ynashi asoslandi;
xususiy diskursning sotsiopragmatik tabiatini detektiv asar personajlari nutqidagi ijtimoiy xoslangan leksik, fonetik va grammatik vositalar tahlili orqali yoritish mumkinligi tegishli misollar orqali dalillandi; 
ingliz va o‘zbek detektiv asarlari qahramonlari nutqining individual shakllanishi ularning kommunikant sifatidagi ijtimoiy mavqeyi, roli hamda gender o‘ziga xosliklari bilan ham bevosita bog‘liq ekanligi isbotlandi.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dissertatsiyada ingliz va o‘zbek zamonaviy adabiyotida xizmatkor obrazi tasviri bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
Xususiy diskursning sotsiopragmatik tabiatini tahlil qilish jarayonida detektiv asar qahramonlari nutqidagi ijtimoiy xoslangan leksik, fonetik va grammatik vositalarning lingvistik-pragmatik xususiyatlari, shuningdek, stereotip, mentalitet, dunyoqarash va urf-odatlarning kommunikativ niyatlarga ta’siri o‘rganildi. Ingliz va o‘zbek detektiv asarlarida gender va ijtimoiy mavqega bog‘liq nutqiy xususiyatlar hamda lingvistik identifikatsiya va pragmatik strategiyalar orqali namoyon bo‘ladigan sotsiopragmatik farqlar aniqlangan ilmiy xulosalar 2019–2022-yillarga mo‘ljallangan A-OT-2019-10 grant loyihasida qo‘llanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, 20.03.2025, №01/4-1038). Natijada ingliz detektivlarida mantiqiy-analitik nutq ustuvorligi, o‘zbek detektivlarida esa milliy-madaniy va emotsional nutq shakllari yetakchi ekanligi aniqlandi. Shuningdek, sotsiopragmatik omillar va lingvistik me’yorlarning o‘zaro bog‘liqligi yoritilib, kommunikativ birliklarning pragmatik ta’siri kuchaytirildi, nutqiy kompetensiyalar va tadqiqot metodologiyasi takomillashtirildi..
Detektiv asarlarda xususiy diskursning sotsiopragmatik va lingvokognitiv jihatlari, personajlar nutqining individualligi, sotsial va gender omillarga bog‘liq lingvistik xususiyatlari, shuningdek, ingliz va o‘zbek matnlarida dialog tuzilishi, tergovdagi nutqiy strategiyalar va pragmatik ta’sir qiyosiy o‘rganildi. Ushbu ilmiy xulosalardan 2020–2023-yillarda amalga oshirilgan “Erasmus+ International Credit Mobility Programme” loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, 20.03.2025, №01/4-1037). Natijada o‘zbek detektivlarida milliy-madaniy an’analarga asoslangan ekspressiv nutq ustuvorligi aniqlanib, detektiv dialoglarning lingvokulturologik tahlili hamda muloqot jarayonida nutqiy kompetensiyani shakllantirish metodikasi ishlab chiqildi.
Xususiy diskursning kognitiv va sotsiopragmatik jihatlarini tizimli tahlil qilish, detektiv asar qahramonlari nutqining individualligi, uning stilistik troplar, ekspressiv vositalar va janrga xos keskinlik orqali shakllanishi, shuningdek, ingliz va o‘zbek detektiv asarlarida nutqiy repertuar, muloqot uslublari va lingvistik xususiyatlarning qiyosiy tahliliga oid ilmiy xulosalardan 2021–2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258-sonli grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, 20.03.2025, №01/4-1036). Natijada ko‘p tillilik sharoitida detektiv qahramonlar nutqining lingvokulturologik o‘zgarishlari, mazmun va stilistik xususiyatlarning turli tillarda namoyon bo‘lishi aniqlanib, adabiy tarjima tamoyillari hamda xususiy diskurs va sotsiopragmatik tahlil metodlaridan samarali foydalanish imkoniyati kengaytirildi.
Xususiy diskursning kognitiv va sotsiopragmatik jihatdan tizimli tahlili, detektiv qahramonlar nutqining individualligi, stilistik troplar, ekspressiv vositalar va janrga xos keskinlik yaratuvchi ifodalar, shuningdek, ingliz detektivlarida mantiqiy-ratsional, o‘zbek detektivlarida esa emotsional va milliy-madaniy me’yorlarga asoslangan nutq ustuvorligi hamda mentalitet, dunyoqarash va urf-odatlar ta’sirida shakllanuvchi nutq farqlari o‘rganildi. Bu farqlarning ikki til kognitiv maydonidagi aks etishi, poetik lug‘at yaratishda lingvokognitiv va sotsiopragmatik omillarni hisobga olish hamda diskurs tahlili metodologiyasini takomillashtirishga oid xulosalardan 2019–2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-42 loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, 20.03.2025, №01/4-1039). Natijada ushbu yondashuvlar detektiv janr qahramonlarining lingvistik va pragmatik xususiyatlarini elektron poetik lug‘atlarda aks ettirish uchun muhim nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan.    
Ingliz detektiv asarlarida mantiqiy-ratsional nutq ustuvorligi, o‘zbek detektivlarida esa emotsionallik va ekspressivlikning yuqoriligi, stereotip, mentalitet, dunyoqarash va urf-odatlar ta’sirida shakllangan nutqiy xususiyatlarning ikki til kognitiv maydonidagi farqlarni ochib berishdagi ahamiyati hamda xususiy diskursning sotsiopragmatik tabiatini yorituvchi ijtimoiy xoslangan leksik, fonetik va grammatik vositalarning qo‘llanishi tadqiq etilgan. Shuningdek, qahramonlar nutqining ularning ijtimoiy mavqei, kasbiy roli va gender xususiyatlari bilan bog‘liqligiga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Surxondaryo viloyati teleradiokanali DM dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (20.03.2025, №01-01/15). Natijada tomoshabin va tinglovchilar detektiv qahramonlar nutqining individualligi, uning lingvistik vositalar orqali shakllanishi, detektiv matnlarni tahlil qilish metodlari hamda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga oid bilimlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish