Maxkamova Shoira Faxritdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tolalarni saralab va tolali chiqindilardan foydalanib raqobatbardosh ip-gazlama mahsulotlarni ishlab chiqarish texnologiyasi”, 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T932.
Ilmiy rahbar: Jumaniyazov Kadam, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mukimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobojonov Xusan Toxirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mavjud paxta tolasidan olinadigan iplarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan texnologik va konstruktiv takliflarni ishlab chiqishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chigitli paxtani jinlashda tolalarni uzunligi bo‘yicha saralashning selektiv usuli yaratilgan;
tiklangan kalta tolalarni qayta ishlash imkonini beruvchi halqali yigirish mashinasi uchun takomillashgan cho‘zish asbobi yaratilgan;
ip sifat ko‘rsatkichlarining modernizasiyalangan cho‘zish asbobi parametrlariga bog‘liqligi matematik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
ip ishlab chiqarishning yigiruvbop tolali chiqindilarini tiklash uchun regeneratorning yangi konstruksiyasi yaratilgan;
regenerasiyalangan tolalardan ip yigirishda umumiy cho‘zilishning xususiy cho‘zilishlarga taqsimoti optimallashtirilgan va pnevmomexanik yigirish mashinasining ratsional parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Raqobatbardosh ip mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
tolali materiallar chiqindilarini regeneratsiyalash mashina konstruksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (Tolali materiallar chiqindilarini regeneratsiyalash mashinasi, №IAP 05824-2019 y.). Natijada ishlab chiqilgan yangi konstruksiya tozalash samarasi va tiklangan tola chiqishini oshirishga imkon bergan;
modernizatsiyalangan cho‘zish asbobi va 100% regeneratsiyalangan tolalardan pnevmomexanik ip ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Shovot tekstil” MChJ korxonasida joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 17 oktyabrdagi 04/06-4440-son ma’lumotnomasi). Natijada halqali yigirish mashinalarda uzilishlar soni kamaygan, ipning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanib, cho‘zish jarayonining barqarorligi oshgan, chiqindilarni ishlatish tabiiy xomashyoni tejab, ishlab chiqarish rentabelligini oshirgan.