Mamatova Dilorom A’zam qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Teodor Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” va Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romanlarida ayol taqdiri va baxt konsepti”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2025.2.PhD/Fil6223
Ilmiy rahbar: Yaxshieva Zebo Rashidovna, filologiya fanlari doktori(DSc). Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: Samarqand davlat universiteti filologiya fanlari doktori (DSc), professor Nasirov Azimiddin Normamatovich, Buxoro davlat universiteti filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Fayzullaev Otabek Muhammedovich
Yetakchi tashkilot: Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi. Teodor Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” va Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romanlaridagi ayol taqdiri hamda baxt konseptini qiyosiy asosda tadqiq etish, karerachi ayolning romaniy qahramon sifatidagi qiyofasini o‘rganish, asarlardagi gender muammosi talqinlari xususida muayyan ilmiy xulosalarni bayon qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Teodor Drayzerning Baxtiqaro Kerri va Zulfiya Qurolboy qizining
Oyimtilla romanlarida ayol taqdiri masalasi qiyosiy asosda o‘rganilib, ijtimoiytarixiy sharoitda ayollar o‘zlarining inkishof masalalari ochib berilgan;
asarlarning mavzu va syujeti o‘rtasidagi o‘xshash hamda farqli tomonlari
nazariy jihatdan asoslanib, xronotop poetikasi masalalarining ikki asarda yoritilishi
qiyosiy dalillangan; badiiy adabiyotda ayol obrazining yangi tipi sifatida namoyon bo‘lishi qahramonlarning ruhiy dunyosidagi o‘zgarishlar silsilasida, baxt konsepti ikki asar misolidayoritilgan; romanlardagi oila va tarbiya masalalari hamda gender muammosi ilmiy tadqiq etilganligi, shaxs ma’naviy degradatsiyasi masalasining sabab va oqibatlari tahlillar asosida izohlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Baxtiqaro Kerri va Oyimtilla romanlarida ayol taqdiri hamda baxt konsepti masalasini yoritishga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti amalga oshirilgan AM-F3-201908172-raqamli O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusidagi amaliy loyihani amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 25-iyun №01/4-2724-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy asoslari yanada boyitilishiga erishilgan.
Teodor Drayzerning “Baxtiqaro Kerri” va Zulfiya Qurolboy qizining “Oyimtilla” romanlarida ayol taqdiri va baxt konsepti mavzusidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 25-iyundagi O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” to‘g‘risidagi PF-201912258-son farmoyishi ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 25-iyun №01/4-2722-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asarlardagi gender muammosini, ayol obrazi hamda shaxs ma’naviy degredatsiyasi masalasini,oila va tarbiya masalalariga oid chora-tadbirlarning yanada samarali bo‘lishi ta’minlangan.
Mavzu doirasidagi ilmiy xulosalar bayon qilingan materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Qashqadaryo viloyati teleradiokanali ning Oltin Voha radiosi Ochiq muloqot nomli eshittirishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2026-yil 14-apreldagi №17-05-63-son ma’lumotnomasi). efir davomida ikki adabiy makonga mansub yozuvchilarning asarlarida ayol taqdiri va baxt masalasining badiiy talqini tinglovchilar tomonidan qiziqish bilan muhokama qilinildi. Natijada, tinglovchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirishga, eshittirish uchun tanlangan materiallar mazmunining mukammallashishiga, dasturning ilmiy-ommabop bo‘lishini ta’minlashga erishilgan.