Nishonova Xurshida Yusufjanovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik obraz tabiati(Nazar Shukur, Chori Avaz, Ravshan Fayz, A’zam O‘ktam she’riyati misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2024.2.PhD/Fil4564
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.01
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: To‘laganova Sanobar Panjievna, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodim, filologiya fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: To‘raeva Bahor Baxriddinovna, filologiya fanlari doktori, professor; Mamiraliev Quvonch Qurvonboy o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Zamonaviy o‘zbek she’riyati yangilanish tamoyillari, o‘ziga xos tomonlari o‘rganish, Nazar Shukur, Chori Avaz, Ravshan Fayz va A’zam O‘ktam ijodida poetik obraz tabiati, uning shakllanishi, badiiy-estetik va semantik xususiyatlarini ilmiy tadqiq qilish va nazariy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Poetik obraz shoirning voqelikka estetik munosabatini ifodalovchi semantik birlik sifatida konseptual ahamiyat kasb etishi hamda so‘zning timsolga aylanish jarayoni ilmiy asoslangan;
poetik obrazning ko‘pqatlamli ma’no tizimiga ega ekani, uning ramziy semantikasi yaxlit struktura sifatida tahlil qilinib, tasavvur – taxayyul – tafakkur jarayonining badiiy ma’no shakllanishiga ta’siri nazariy jihatdan dalillangan;
o‘tish davri she’riyatida yaratilgan yangi obrazlar tizimi aniqlanib, “ijara uy”, “paxta”, “paxtakor” “mehnat”, “xotira”, “bolalik”, “e’tiqod” obrazlarning yuzaga kelish omillari va tasnifiy xususiyatlari ochib berilgan;
poetik obraz takomilida shoir shaxsiyati, jamiyatga munosabati, ijtimoiy-adabiy muhit ta’siri, diniy-milliy qadriyatlar yetakchi omil sanalib, zamonaviy o‘zbek she’riyatida obraz semantikasi, motiv, nutq individualligi va badiiy uslubning boyitilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy o‘zbek she’riyatida poetik obraz tabiati” (Nazar Shukur, Chori Avaz, Ravshan Fayz, A’zam O‘ktam she’riyati misolida) mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olib borilgan natijalardan:
Poetik obraz shoirning estetik munosabatini ifodalovchi semantik birlik sifatida konseptual ahamiyat kasb etishi hamda so‘zning timsolga aylanish jarayoniga oid nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 9-yanvardagi 04/1-71-son ma’lumotnomasi);
poetik obrazning ko‘pqatlamli ma’no tizimiga ega ekani, uning ramziy semantikasi yaxlit struktura sifatida tahlil qilinib, tasavvur – taxayyul – tafakkur jarayonining badiiy ma’no shakllanishiga ta’siri hamda o‘tish davri she’riyatida yaratilgan yangi obrazlar tizimi aniqlanib, “ijara uy”, “paxta”, “paxtakor” “mehnat”, “xotira”, “bolalik”, “e’tiqod” obrazlarning yuzaga kelish omillari va tasnifiy xususiyatlariga doir nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida IL-52 tur-21091433 raqamli PF-201912258 “O‘zbek realiyalariga oid maqolalar bazasi platformasini yaratish (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida)” nomli innovatsion loyihasida (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-fevraldagi 04/1-611-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Natijada 80-90-yillar she’riyatida shoirlar o‘z asarlari orqali shaxsning ma’naviy yuksalishi badiiy ifoda topganligi asoslab berilgan.
Shuningdek, poetik obraz takomilida shoir shaxsiyati, jamiyatga munosabati, ijtimoiy-adabiy muhit ta’siri, diniy-milliy qadriyatlar yetakchi omil sanalib, zamonaviy o‘zbek she’riyatida obraz semantikasi, motiv, nutq individualligi va badiiy uslubning boyitilgani borasidagi natija va xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Hamma uchun” ko‘rsatuvi (“O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2025-yil 22-apreldagi 01-30-255-son ma’lumotnomasi) hamda “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Birgalikda o‘qiymiz”, “Adabiy jarayon” ko‘rsatuvi (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2025-yil 29-apreldagi 01-20/275-son ma’lumotnomasi) ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada teleko‘rsatuvlar ilmiy jihatdan boyib, zamonaviy she’riyatdagi obrazlar tahlili keng ommaga havola etildi.