Isakjanova Shaxodat Muxamedovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Abduvali Qutbiddin she’riyati poetikasi, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5509.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.05/2025.27.12.Fil.15.01.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Hamdamov Ulug‘bek Abduvaxobovich, filologiya fanlari doktori, yetakchi ilmiy xodim.
 Rasmiy opponentlar: Nurboy Jabborov Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Ra’no Mullxo‘jaeva Toshxo‘jaevna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Abduvali Qutbiddin ijodini zamonaviy o‘zbek she’riyati kontekstida tahlil qilish, shoir she’riyatining badiiy-estetik xususiyatlarini aniqlash, obraz yaratish mahorati va poetik vositalarni yangilash tamoyillarini ko‘rsatish, shuningdek,  xalq og‘zaki ijodi va tasavvuf an’analari bilan bog‘liq intertekstual aloqalarni yoritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
she’riyatning adabiy-estetik hodisa sifatidagi sinkretik tabiati (ijtimoiylik va individuallik uyg‘unligi) Abduvali Qutbiddin she’riyati misolida konkret poetik jarayon sifatida talqin qilinib, uning inson tafakkuri va ruhiyatida ko‘pqatlamli badiiy matn yaratish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslangan;
Abduvali Qutbiddin she’riyatida ijodkor tafakkurining shakllanishi individual ruhiy-psixologik omillardan tashqari, davrning ijtimoiy-madaniy konteksti ta’sirida yuzaga keluvchi poetik mexanizm sifatida “Qaysi kun”, “Tarnovda…”, “1942-yil. Pianino”, “Laqma Eshqul afsonasi” she’rlari misolida ilk bor tizimli ravishda ochib berilgan;
Abduvali Qutbiddinning “G‘ayriy daraxt”, “Tazod”, Osima haqidagi she’rlarida obrazlar tizimining polifonik tabiati, metaforik ifoda uslubining ustuvorligi, shuningdek, chuqur falsafiy mushohadalarga yo‘g‘rilganligi shoir she’riyatining individual-estetik qiyofasini belgilovchi asosiy omillar ekanligi dalillangan;
XX asr zamonaviy o‘zbek she’riyatida tasavvufiy motivlarning o‘ziga xos poetik talqini Abduvali Qutbiddin ijodi misolida tahlil qilinib, obraz va timsollarning yangicha semantik qatlamlarga ega bo‘lishi uning poetik uslubini shakllantirgan muhim omillardan biri sifatida isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Abduvali Qutbiddin she’riyati poetikasi” mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan natijalardan: 
she’riyatning adabiy-estetik hodisa sifatidagi sinkretik tabiati (ijtimoiylik va individuallik uyg‘unligi) Abduvali Qutbiddin she’riyati misolida konkret poetik jarayon sifatida talqin qilinib, uning inson tafakkuri va ruhiyatida ko‘pqatlamli badiiy matn yaratish mexanizmlari ilmiy jihatdan asoslanganligi haqidagi  qarashlari va xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2021-2023-yillarda amalga oshirilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 28-maydagi 01/4-2052-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslikda mavjud bo‘lgan she’r poetikasi, obrazlar semantikasi va boshqa nazariy qarashlarning muayyan asoslar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan; 
Abduvali Qutbiddin she’riyatida ijodkor tafakkurining shakllanishi individual ruhiy-psixologik omillardan tashqari, davrning ijtimoiy-madaniy konteksti ta’sirida yuzaga keluvchi poetik mexanizm sifatida “Qaysi kun”, “Tarnovda…”, “1942-yil. Pianino”, “Laqma Eshqul afsonasi” she’rlari misolida tizimli ravishda ochib berilganligi haqidagi ilmiy qarashlari va xulosalaridan Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-FI-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 3-noyabrdagi 689/1-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatida mavjud ilmiy mulohazalar, davr va ijodkor shaxsi haqidagi nazariy qarashlar yanada boyitilgan;
Abduvali Qutbiddinning “G‘ayriy daraxt”, “Tazod”, Osima haqidagi she’rlarida obrazlar tizimining polifonik tabiati, metaforik ifoda uslubining ustuvorligi, shuningdek, chuqur falsafiy mushohadalarga yo‘g‘rilganligi shoir she’riyatining individual-estetik qiyofasini belgilovchi asosiy omillar ekanligi bilan bogʻliq xulosalardan “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining o‘zbek adabiyotining tarixi, buguni va boy madaniyatini, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan yuksak badiiy asarlar yaratishga rag‘batlantirish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (“O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 3-noyabrdagi № 01-03/358-son ma’lumotnomasi);
Abduvali Qutbiddin ijodida tasavvufona ruhning yuzaga kelishiga zamin bo‘lgan genetik va ruhiy omillar, Abduvali Qutbiddinning shayxlar silsilasiga mansubligi, ijodiy iste’dodining ajdodlaridan o‘tgan ma’naviy va intellektual meros bilan uzviy bogʻliqligi, shu bilan birga, unga xos individual poetik dunyoqarashning yaxlitligi shoirning boshqa ijodkorlardan farqlanuvchi muhim xususiyatlarining shakllanishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasi tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 5-noyabrdagi № 01-33/834-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarning ilmiy-ma’rifiy salohiyati yanada ortishiga, badiiy adabiyotning tarbiyaviy ahamiyati ochib berilishiga erishilgan;
 shoir ijodiga xos badiiy-estetik xususiyatlar, obraz yaratish mahorati, an’anaviylik va zamonaviylikning omixtaligi bo‘yicha olib borilgan tahlillari xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik” va “Adabiy jarayon” kabi qator eshittirishlarda (“O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil 7-noyabrdagi № 05-09/1782-son ma’lumotnomasi) va “Xorazm” telekanalining “Assalom,Xorazm!”, “Adabiy muhit”, “Ma’rifatnoma”, “Najot bilimda” ko‘rsatuvlari (“Xorazm” telekanalining 2025-yil 11-noyabrdagi № 922-son ma’lumotnomasi) ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan. Natijada eshittirishlarning ilmiy-ma’rifiy salohiyati ortishiga, tinglovchilarning zamonaviy o‘zbek she’riyati yuzasidan bilimlari boyishiga, tasavvurlari kengayishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish