Xo‘jaeva Guljahon Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tariq Bug‘ro romanlarida epik konsepsiya tarixiyligi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5613.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 (bir martalik kengash). 
Rasmiy opponentlar: Hasanov Nodirxon Dadaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor; Funda Tuprak, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
  Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
  II.Tadqiqotning maqsadi: Tariq Bug‘ro romanlarida epik konsepsiyaning tarixiylik tamoyillari asosida shakllanish jarayonini tahlil qilish hamda ularning badiiy-estetik mohiyatini aniqlash. 
  III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tariq Bug‘ro romanlarida epik konsepsiyaning tarixiylik tamoyillari asosida shakllanishi adib diqqat-markazidagi milliy uyg‘onish g‘oyasini ochib berishda, tarixiy fakt va badiiy talqin muvofiqligi uchun individual yondashuv ta’minlanishida, voqealar xronologiyasi va epik ko‘lam yaxlitligini ta’minlashda hamda xalq hayotining burilish nuqtalarini obrazli umumlashtirishda muhim badiiy-estetik vazifa bajarishi asoslangan;
adibning tarixiy romanlari syujetida o‘tmish voqeligi roviyning sub’ektiv qarashlari va badiiy mantiq asosida qayta yaratilib, tarixiy shaxslarni syujet jarayoniga xalqchillik ruhiyatida olib kirish va boshqarish, syujet tadrijida milliy davlatchilik mafkurasidan kelib chiqib kutilmagan kompozision burilishlar hosil qilish hamda syujetni harakatlantiruvchi “ijtimoiy mas’uliyat” kabi estetik kategoriyalarni yuzaga chiqarishi dalillangan;
tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima nisbatlarining epik tasvirida psixologizm qahramonlar (Usmon G‘ozi, Kichik og‘a) ichki dunyosi va vatanparvarlik falsafasini ochib berish, milliy ozodlik harakati jarayonini butun murakkabligi bilan tasvirlash, ijtimoiy jarayonlar aksini shaxs xarakteri va “ruhning uyg‘onishi” orqali ko‘rsatish, vizual va dinamik portret yaratish orqali qahramon siyratining o‘zgarishini ta’minlash singari estetik funksiyalarni ado etishi, shuningdek, dialogni shaxslararo to‘qnashuv emas, balki g‘oyalar kurashi sifatida aks ettirishi isbotlangan;
epik konsepsiya har bir romanda o‘ziga xos individual uslubda tasvirlanishi, jumladan, “Usmon G‘ozixon” romanida davlat qurish motivi va ajdodlar o‘giti yetakchilik qilishi, “Kichik og‘a” asarida esa shaxsning o‘zligini anglash orqali milliy kurashga kirishi, xarakterlarning hayot-mamot muammolari silsilasi fonida yoritilishi, qahramonlarda milliy g‘oyadan chekinish yoki sun’iylik yo‘qligi, ularning o‘z ko‘ngli va e’tiqodini taftish qiluvchi fidoyi ruh egalari sifatida namoyon bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tariq bug‘ro romanlarida epik konsepsiya tarixiyligi tadqiqi boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Turkiy xalqlar adiblari ijodida epik konsepsiya tushunchasini aniqlash va uning xususiyatlarini belgilash, tarixiylik omilining ifodalanish usullari va badiiy talqinini o‘rganishga doir ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2017–2020-yillarda bajarilgan OT-F1-030 raqamli “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyasini (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-iyundagi 01/04-2476-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur fundamental loyihaning nazariy-metodologik bazasi turkiy xalqlar adabiyoti, xususan, turk romanchiligidagi epik konsepsiya va tarixiylik tamoyillariga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitilgan;   
badiiy asarda tarixiy haqiqat va badiiy to‘qimaning nisbatlari, epik konsepsiyaning syujet va obrazlar tizimidagi o‘rni hamda Tariq Bug‘ra romanlarida milliy g‘oya va tarixiy voqelik aks ettirilishining badiiy-estetik ahamiyatiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-iyundagi 01/04-2477-son ma’lumotnomasi). Natijada romanlarda tarixiylik omilining ifodalanish usullari va badiiy talqini, epik konsepsiyaning badiiy struktura bilan bog‘liqligi masalalari bo‘yicha olingan natijalar elektron platforma kontentini boyitishga xizmat qilgan;    
o‘tmish voqeligini zamonaviy adabiyotda tasvirlash, tarix va madaniy an’analarni badiiy matnda aks ettirishga doir xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022–2023-yillarda bajarilgan IL-52 tur-21091433 raqamli “O‘zbek milliy madaniyatiga xos atamalarga oid maqolalar bazasini yaratish” (Vikipediya elektron ensiklopediyasi mezonlari asosida) mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 13-iyundagi 01/04-2478-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ilmiy ish natijalari loyihani madaniy an’analarning badiiy matndagi in’ikosi va tarixiylik kategoriyasiga doir nazariy materiallar bilan to‘ldirishga asos bo‘lgan;
Tariq Bug‘raning “Usmon G‘ozixon” va “Kichik og‘a” romanlaridagi tarixiy-epik konsepsiyaning tahlili, milliy identitet va tarixiy xotiraning badiiy talqini kabi masalalarga doir ilmiy-nazariy xulosalardan TRT Avaz telekanalining “Türkistan Gündemi” va “Avaz Haber” ko‘rsatuvlari ssenariylarini yozishda va mavzu doirasidagi suhbatlarni uyushtirishda foydalanilgan (Turkiya radio-televidenie kurumi (TRT) O‘zbekistondagi vakolatxonasining 2025-yil 30-maydagi 30961330-UZ.00.00/94-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuvlarning mazmuni ilmiy-nazariy xulosalar bilan boyitilgan hamda Tariq Bug‘ra ijodining o‘zbek adabiyotshunosligi nuqtai nazaridan talqin etilishi ta’minlangan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish