Abduraxmanova Shoxista Abduqodir qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Integrativ yondashuv asosida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02–“Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” (texnika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6019
Ilmiy rahbar: Hamidov Odil Abdurasulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jizzax politexnika instituti, PhD 03/2025.27.12.T.2001
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Yarmatov Raximboy Baxramovich, kimyo fanlari falsafa doktori, (PhD) dotsent Panjiev Ulug‘bek Rustamovich.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ yondashuv asosida talabalarning ekologik kompentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuv asosida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ekologik fanlarni o‘qitishning o‘sib borish tamoyiliga asoslanganlik, raqamli-texnologik ustuvorlik, metodikalarni o‘quv fani mazmuniga muvofiqlik shartlarida hamda didaktik ta’minotni mazmunan rivojlantirish asosida ta’minlangan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli, baholovchi-natijaviy komponentlar uzviyligida hamda metodologik yondashuvlar, ta’limiy funksiyalar, umumdidaktik tamoyillarga hamda raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasi “OTM-ishlab chiqarish” hamkorligida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning integrativ modelini ishlab chiqish hamda amaliy natijalarni raqamli mobillashtirish asosida takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarining ekologik kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholashning motivatsion, kreativ, amaliyotga yo‘naltirilgan va shaxsiy rivojlanish mezonlari mustaqil faoliyatga, taqqoslashga pedagogik shart-sharoit yaratish hamda baholashning dasturiy vositalarini avtomatlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Integrativ yondashuv asosida talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalarida integrativ yondashuv asosida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ekologik fanlarni o‘qitishning o‘sib borish tamoyiliga asoslanganlik, raqamli-texnologik ustuvorlik, metodikalarni o‘quv fani mazmuniga muvoqlik shartlarida hamda didaktik ta’minotni mazmunan rivojlantirish asosida ta’minlashga doir takliflar “Kasbiy ta’lim metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 11 mart 2026 yildagi 02/01-01-162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishning metodik modeli maqsadli, mazmunli, texnologik-jarayonli, baholovchi-natijaviy komponentlar uzviyligida hamda metodologik yondashuvlar, ta’limiy funksiyalar, umumdidaktik tamoyillarga hamda raqamli texnologiyalarga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga doir takliflar PQ-2017-0927124 “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2026 yildagi 03-327-245 son ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan modelni amaliyotga tadbiq etish talabalarning ekologik kompetentligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
integrativ yondashuv asosida talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, texnika oliy ta’lim muassasalarida talabalarining ekologik kompetentligini rivojlanganlik darajalarini baholashning motivatsion, kreativ, amaliyotga yo‘naltirilgan va shaxsiy rivojlanish mezonlari mustaqil faoliyatga, taqqoslashga pedagogik shart-sharoit yaratish hamda baholashning dasturiy vositalarini avtomatlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Muhandislik ekologiyasi” Fan dasturi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 11 mart 2026 yildagi 02/01-01-162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, takomillashtirilgan baholash mezonlari va metodika talabalarining ekologik kompetentligini rivojlantirishga va pedagogik tajriba-sinov ishlari samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.