Butovskiy Petr Mixaylovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish maqsadida cho‘zuvchi asboblar konstruksiyalarini takomillashtirish», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/T314.
Ilmiy rahbar: Babadjanov Sobit Xusanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Boxodirov Gayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Gafurov Kabul Gafurovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: majmuaviy nazariy-tajribaviy tadqiqotlar asosida va zamonaviy talablarni hisobga olgan holda ilmiy asoslangan, samarador, paxtani yigirish ishlab chiqarishida mahsulot sifatining oshirilishini ta’minlovchi takomillashtirilgan samarador cho‘zuvchi qurilmalar konstruksiyasini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining cho‘zuvchi qurilmalar tasmali juftliklaridagi kuchlarga bog‘liqligini matematik modellari olingan;
cho‘zuvchi qurilma ustki va ostki tasmalarining harakatlarini aniqlovchi ifodalar tahlili natijasida bu shartlarni belgilovchi asosiy omil tasmalarning sirpanib ishqalanish koeffisienti ekanligi aniqlangan;
cho‘zuvchi qurilmalar tasmalarining ishlash muddatlarini unda paydo bo‘ladigan darzlar va eyilishiga bog‘liqligini belgilovchi matematik modellar olingan;
cho‘zuvchi juftliklardagi cho‘zish jarayonining ishqalanish kuchlari maydoni analitik tahlil qilingan va bundagi kuchlanishlarni aniqlash uchun yangi uslub, o‘lchash va rostlash qurilmalari ishlab chiqilgan;
cho‘zuvchi qurilma ostki tasmasining kuchlanish holatiga magnitli bosishni ta’sirini ifodalovchi matematik model` ishlab chiqilgan hamda ishqalanish kuchlari maydonining davriy o‘zgarishida shakldor kalava olish imkoniyati asoslangan;
yigirish jarayonidagi yashirin cho‘zilishni kamaytirish uchun qo‘zg‘almas v`yurokni dinamikasi nazariy tahlil etilgan va samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun cho‘zuvchi qurilmalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
takomillashtirib ishlab chiqilgan halqali yigiruv mashinasi cho‘zuvchi qurilmasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tasarufidagi MChJ «Urgench Baxmal» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 07/10-3241-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida kalavaning notekisligini 2,34% (abs.) ga, uning uzilishini esa 15% ga kamaytirishga hamda cho‘zuvchi qurilma tasmalarining ishlash muddatini 1,5 martaga oshirishga erishilgan;
maxsus bosuvchi g‘o‘lacha konstruksiyasi takomillashtirilib «ENVER» MChJ korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 7 oktyabrdagi 07/10-3241-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishqalanish kuchlari maydonining davriy o‘zgarishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish