Sultanova Norjon Davletovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alkogolli mastlik fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarni toksikometrik baholash», 14.00.24 – Sud tibbiyoti (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib6086.
Ilmiy rahbar: Iskandarov Alisher Iskandarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxsumxonov Qulfiddinxon A’zamxonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Islamov Shavkat Erjigitovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomidagi Qozoq milliy tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: spirtli mastlik fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanish holatlarida kimyoviy shikastlanishlarni ob’ektiv baholash va tashxislash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor sirka kislotasi va etanol bilan o‘tkir qo‘shma zaharlanish holatlarida organizmning kimyoviy jarohatlanish darajasini ob’ektiv baholashda diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan klinik, laborator va morfologik ko‘rsatkichlar majmuasi aniqlangan;
alkogol` mastlik fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarda universal patogenetik mexanizm sifatida intravaskulyar gemolizning hal qiluvchi o‘rni hamda uning kimyoviy jarohat og‘irligini baholashda ishonchli diagnostik mezon sifatidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslangan;
alkogolli intoksikatsiya fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarda patologik jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanishi va klinik-morfologik o‘zgarishlarning xronologik ketma-ketlikda kechishi, mazkur o‘zgarishlarning intravaskulyar gemoliz darajasi va etanol konsentratsiyasiga bog‘liqligi isbotlangan;
qo‘shma zaharlanishlarda kimyoviy jarohat og‘irligini ob’ektiv baholash va letal oqibatni prognozlash maqsadida ko‘p o‘lchovli tahlil usullari (faktor-tahlil va probit-tahlil)ni qo‘llashning samaradorligi ilmiy asoslanib, sud-tibbiy tashxislash uchun kompleks diagnostik yondashuv ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Alkogolli mastlik fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarni toksikometrik baholashni asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor sirka kislotasi va etanol bilan o‘tkir qo‘shma zaharlanish holatlarida organizmning kimyoviy jarohatlanish darajasini ob’ektiv baholashda diagnostik ahamiyatga ega bo‘lgan klinik, laborator va morfologik ko‘rsatkichlar majmuasi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 9 iyunda 4-son bilan tasdiqlangan «Ekspertnaya otsenka toksikokinetiki uksusnoy kisloti na fone alkogol`nogo opyaneniya» va «Sudebno-medisinskaya otsenka tanotogeneza pri ostrix otravleniyax uksusnoy kislotoy na fone alkogol`nogo opyaneniya» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 50-um-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyat filiali bo‘yicha 08.09.2025 yildagi 39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: hozirgi kunga qadar o‘tkir zaharli zaharlanishning og‘irligi faqat oshqozon-ichak traktining kimyoviy kuyish chuqurligi va davomiyligi bilan baholangan bo‘lib, bunda tomir ichidagi gemoliz omili hisobga olinmagan. Bu esa o‘z navbatida noto‘g‘ri tashxis qo‘yishga, kasalxonaga yotqizish va davolashda noto‘g‘ri davolanishga olib kelgan o‘limning asosiy va bevosita sababini talqin qilinishini qiyinlashtirgan. Iqtisodiy samaradorligi: probit tahlili natijalari asosida ishlab chiqilgan ekspert harakatlarining algoritmi sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanish bilan yotqizilgan bemorlarni hisobga olish va kiritish jarayonini optimallashtirishga va zaharlanishning birinchi kunida o‘limga olib keladigan natijalar sonini 15-20 foizga kamaytirish natijasida 1 holatni tekshirish uchun sarflanadigan 500000-750000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: alkogol` mastlik fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarda universal patogenetik mexanizm sifatida intravaskulyar gemolizning hal qiluvchi o‘rni hamda uning kimyoviy jarohat og‘irligini baholashda ishonchli diagnostik mezon sifatidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 9 iyunda 4-son bilan tasdiqlangan «Ekspertnaya otsenka toksikokinetiki uksusnoy kisloti na fone alkogol`nogo opyaneniya» va «Sudebno-medisinskaya otsenka tanotogeneza pri ostrix otravleniyax uksusnoy kislotoy na fone alkogol`nogo opyaneniya» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 50-um-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyat filiali bo‘yicha 08.09.2025 yildagi 39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sud eksperti alkogolli zaharlanish fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanish bilan og‘rigan bemorlarga noto‘g‘ri tibbiy yordam ko‘rsatilgan hollarda komissiya tekshiruvlarini o‘tkazayotganda, miqdoriy mezonlarga asoslanib, birinchi navbatda, qondagi zaharning yarimparchalanish davriga qarab, ob’ektiv ravishda, davolash usullarini baholash imkoniyatiga ega (T1/2). Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish spirtli ichimliklarni zaharlanishi fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanish qurbonlariga birlamchi yordamni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni optimallashtirish natijasida har bir holat uchun sarflanadigan 350000-400000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: alkogolli intoksikatsiya fonida sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlarda patologik jarayonning bosqichma-bosqich rivojlanishi va klinik-morfologik o‘zgarishlarning xronologik ketma-ketlikda kechishi, mazkur o‘zgarishlarning intravaskulyar gemoliz darajasi va etanol konsentratsiyasiga bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 9 iyunda 4-son bilan tasdiqlangan «Ekspertnaya otsenka toksikokinetiki uksusnoy kisloti na fone alkogol`nogo opyaneniya» va «Sudebno-medisinskaya otsenka tanotogeneza pri ostrix otravleniyax uksusnoy kislotoy na fone alkogol`nogo opyaneniya» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 50-um-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyat filiali bo‘yicha 08.09.2025 yildagi 39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sud ekspertlari uchun uslubiy tavsiyalar asosida ishlab chiqilgan ekspert algoritmidan foydalanish ixtisoslashtirilgan ekspertizalarni o‘tkazish vaqtini ikki baravar qisqartirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur holatning sud-tibbiy ekspertizasi uchun sarflanadigan 150000-200000 so‘m byudjet mablag‘lari tavsiya etilgan usullardan foydalanish orqali birlamchi ekspertiza muddatini 2-3 kunga qisqartirish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qo‘shma zaharlanishlarda kimyoviy jarohat og‘irligini ob’ektiv baholash va letal oqibatni prognozlash maqsadida ko‘p o‘lchovli tahlil usullari (faktor-tahlil va probit-tahlil)ni qo‘llashning samaradorligi ilmiy asoslanib, sud-tibbiy tashxislash uchun kompleks diagnostik yondashuv ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 9 iyunda 4-son bilan tasdiqlangan «Ekspertnaya otsenka toksikokinetiki uksusnoy kisloti na fone alkogol`nogo opyaneniya» va «Sudebno-medisinskaya otsenka tanotogeneza pri ostrix otravleniyax uksusnoy kislotoy na fone alkogol`nogo opyaneniya» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy viloyat filiali bo‘yicha 10.09.2025 yildagi 50-um-son hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Farg‘ona viloyat filiali bo‘yicha 08.09.2025 yildagi 39-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘likni saklash vazirligi xuzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 noyabrdagi 29-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sud-tibbiy ekspert sirka kislotasi bilan o‘tkir zaharlanishlar fonida alkogol mastligi holatlarida bemorlarga tibbiy yordamning lozim darajada ko‘rsatilmaganligi bilan bog‘liq komissiyaviy ekspertizalarni o‘tkazishda, miqdoriy mezonlarga, avvalo, zaharning qondan yarim chiqarilish davriga (T1/2) asoslanib, qo‘llanilgan davolash usullarining samaradorligini ob’ektiv baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan ekspert algoritmini sud-tibbiy mutaxassislar uchun metodik tavsiyalar asosida amaliyotga joriy etish profil ekspertizalarni bajarish muddatlarini ikki baravar qisqartirish natijasida bitta holatni ekspertizadan o‘tkazish uchun sarflanadigan 300000-350000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish