Xidirov Otabek Jo‘raboevichning filologiya fanlari doktori (DSc)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspekti va qomusiy-leksikografik talqini”, 10.00.01 – O‘zbek tili  ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Fil 5485
Ilmiy rahbar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05 
Rasmiy opponentlar: 
filologiya fanlari doktori, professor Yo‘ldosheva Nilufar Ergashevna,
filologiya fanlari doktori, professor Akbarova Zuhra Akmaljonovna, 
filologiya fanlari doktori, professor Abuzalova Mehriniso Kadirovna 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspektini aniqlash, terminlarning leksik-semantik tizimidagi paradigmatik munosabatlarini funksional-kognitiv mezonlarda tasniflash hamda ularning qomusiy-leksikografik talqini asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AT terminologiyasining o‘zbek tili leksik tizimiga kirib kelishi, fonetik–morfologik-sintaktik moslashuvi va standartlashuviga oid integratsiyalashuv qonuniyatlari aniqlangan;
kognitiv tilshunoslikning asosiy kategoriyalari (konsept, tushuncha, freym, skript, prototip, GEShtalt) AT terminologiyasini tahlil qilishga tatbiq etish orqali terminologik birliklarni izohlashning funksional mezonlari belgilangan;
o‘zbek tili AT tushunchalarining leksik-semantik yadrosi ilk bor uch komponentli oppozisiya tizimi (antonimiya-sinonimiya-graduonimiya) sifatida konseptuallashtirish asosida kontrar antonimlarning mavzuviy guruhlanishi, terminologik sinonimiyada "dominant-variant" formulasi bo‘yicha tabiiy seleksiya mexanizmi hamda graduonimik birliklarning chastotasi va bosh prototiplari tasniflangan;
o‘zbek tilidagi AT tushunchalarining umumiy–xususiy, butun–qism (meronimik) aloqalar bo‘yicha ierarxik tuzilmasi va fazetli kategoriyalash mezonlarini o‘z ichiga oluvchi kognitiv-ontologik tasnifi ishlab chiqilgan;
AT terminlarining konseptual xarita/tarmoq, freym-komponent tuzilmasi va prototip–periferiya zonalarini aniqlashga xizmat qiluvchi kognitiv modellar hamda freym-asosli ta’rif shabloni yaratilgan;
o‘zbek leksikografiyasida AT qatlamini yoritish uchun uch pog‘onali model (umumiy izohli lug‘atlar - maxsus glossariylar - qomusiy-ensiklopedik manbalar) konsepsiyasi hamda lug‘at maqolasiga kognitiv mikrostrukturani ("freym – prototip – skript" zanjiri) integratsiyalash zarurati dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspekti va qomusiy-leksikografik talqiniga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspekti va qomusiyleksikografik talqini” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining ilmiy natijalari va xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2022-2024-yillarga mo‘ljallangan IL-402104209. Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” nomli innovatsion loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 13-fevraldagi 04/1-841 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada Korpus tahlili asosida graduonimik birliklarning chastotasi aniqlanib (masalan, yuqori xavfsizlik, past samaradorlik, tezkor protsessor), bosh prototiplarni belgilash hamda keyingi qo‘llanmalar uchun freym-asosli ta’rif shabloni ishlab chiqish yo‘li yoritilgan.
“O‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspekti va qomusiyleksikografik talqini” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining ilmiy natijalari va xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2020-2023-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172. “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 13-fevraldagi 04/1-840 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili AT tushunchalarining leksik-semantik yadrosi ilk bor uch komponentli oppozisiya tizimi (antonimiya-sinonimiya-graduonimiya) sifatida konseptuallashtirilib, aynan shu “uchlik” terminlar tarmog‘ini paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlarda algoritmlashtirish imkonini berishi asoslangan.
“O‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspekti va qomusiyleksikografik talqini” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining ilmiy natijalari va xulosalaridan davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” (“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidagi gʻazallar asosida) amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2026-yil 17-fevraldagi 04/1-942 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek tili AT terminologiyasining leksik-semantik yadrosi ilk bor uch komponentli oppozisiya tizimi (antonimiya–sinonimiya–graduonimiya) sifatida konseptuallashtirilib, aynan shu “uchlik” terminlar tarmog‘ini paradigmatik va sintagmatik bog‘lanishlarda algoritmlashtirish imkonini berishi asoslangan.
“O‘zbek tili axborot texnologiyalari tushunchalarining kognitiv aspekti va qomusiyleksikografik talqini” mavzusida filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishining ilmiy natijalari va xulosalaridan Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq milliy Universitetining “Qardish turkey xalqlar tili va adabiyoti, madaniy merosini o‘rganish” nomli 2023-2026-yillar mo‘ljallangan KZX-44/48-9 raqamli xalqaro fundamental grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Ahmad Yassaviy nomidagi Qozoq milliy universitetining 2026-yil 10-martdagi ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek leksikografiyasida AT qatlamini yoritishda uch pog‘onali model (umumiy izohli lug‘atlar → maxsus glossariylar → qomusiy-ensiklopedik manbalar) konsepsiyasi asoslanib, dinamik leksikografiya doirasida lug‘at maqolasiga kognitiv mikrostrukturani (“freym → prototip → skript” zanjiri) integratsiyalash innovatsion yangilik sifatida taklif qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish