Kaxarova Gulnora Sa’dullaevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi” (“O‘qish savodxonligi” fani misolida), 13.00.02 — Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim), pedagogika fanlari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.3.PhD/Ped5061
Ilmiy rahbar: Xolmatova Ziroatxon Anvarovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti,
PhD.03/2025.27.12.Ped.22.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Nurkeldieva Dilbar Ahmadovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibraximov Sanjar Urunbaevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi “O‘qish savodxonligi” darslarida xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida rivojlantirishning tashkiliy-didaktik xususiyatlari xalq og‘zaki ijodi janrlarining estetik mazmunini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xos individual kognitiv va emotsional idrok darajalariga ko‘ra amaliy izohlash hamda o‘qish savodxonligi fanining mazmuniga integratsiyalash asosida ochib berilgan;
xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirish metodik modeli xalq og‘zaki ijodi mazmunidagi obraz va estetik qadriyatlarni tizimli tahlil va talqin qilish bosqichlarini o‘qish savodxonligi fanidagi mustaqil ta’lim topshiriqlari bazasida o‘quvchilarning o‘zlashtirish uslublari kesimida modifikatsiya qilish orqali takomillashtirilgan; boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarda obrazli tafakkur va estetik idrokni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik kompleksni tezkor diagnostika qilish va analiz-sintezga amaliy yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari bilan boyitish hamda badiiy-emotsional tajribani differensial o‘quv muhitida dinamik o‘sish ko‘rsatkichlariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
“O‘qish savodxonligi” fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarda badiiy-estetik tahlilni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-strategik yondashuv orqali ularning estetik tahlil qilishga tayyorlik mezonlarini prognozli refleksiya asosida singdirish orqali modifikatsiyalangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida rivojlantirishning tashkiliy-didaktik xususiyatlari xalq og‘zaki ijodi janrlarining estetik mazmunini boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga xos individual kognitiv va emotsional idrok darajalariga ko‘ra amaliy izohlash hamda o‘qish savodxonligi fanining mazmuniga integratsiyalash asosida ochib berishga oid taklif va tavsiyalardan Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Bolalar folklori” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosidagi №55205 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy-estetik idroki, obrazli tafakkuri va badiiy matnlarga qadriyatlarga asoslangan munosabatini rivojlantirish samaradorligiga erishilgan.
xalq og‘zaki ijodi namunalari asosida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirish metodik modeli xalq obraz va estetik qadriyatlarni tizimli tahlil va talqin qilish bosqichlari o‘qish savodxonligi fanidagi mustaqil ta’lim topshiriqlari bazasida o‘quvchilarning o‘zlashtirish uslublari kesimida modifikatsiya qilish orqali takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalardan umumiy o‘rta ta’lim tizimida boshlang‘ich sinflarda xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘qish savodxonligini oshirishga, o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2025-yil 3-noyabrdagi №01/11-02/6-740-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xalq og‘zaki ijodi asosida tashkil etilgan o‘quv jarayonini “O‘qish savodxonligi” faniga integratsiyalash orqali o‘quvchilarning badiiy-estetik idroki, obrazli tafakkuri va badiiy-estetik tahlil ko‘nikmalarining amaliy samaradorligini oshirishga erishilgan.
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalari o‘quvchilarda obrazli tafakkur va estetik idrokni shakllantirishga yo‘naltirilgan didaktik kompleksni tezkor diagnostika qilish va analiz-sintezga amaliy yo‘naltirilgan o‘quv topshiriqlari bilan boyitish hamda badiiy-emotsional tajribani differensial o‘quv muhitida dinamik o‘sish ko‘rsatkichlariga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun “Bolalar folklori” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024-yil 4-martdagi 55-son buyrug‘i asosidagi №55205 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish savodxonligi” darslarida xalq og‘zaki ijodi asosidagi didaktik ta’minotni joriy etish orqali o‘quvchilarning badiiy-estetik tahlil ko‘nikmalarini shakllantirish, estetik tafakkurini rivojlantirish hamda ta’lim mazmunining samaradorligini oshirishga erishilgan.
“O‘qish savodxonligi” fanini o‘qitishda xalq og‘zaki ijodi namunalari vositasida o‘quvchilarning badiiy-estetik qobiliyatlarini rivojlantirishning didaktik ta’minoti o‘quvchilarda badiiy-estetik tahlilni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’limiy-strategik yondashuv orqali ularning estetik tahlil qilishga tayyorlik mezonlarini prognozli refleksiya asosida singdirish orqali takomillashtirishga doir amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Adabiy jarayon” va “Bolalar va biz” nomli radiodasturlar ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi O‘zbekiston-24 ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 24-sentyabrdagi №05-09-1505-sonli dalolatnomasi). Natijada, xalq og‘zaki ijodi asosidagi badiiy-estetik tarbiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish orqali boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarning milliy qadriyatlarga asoslangan estetik tafakkuri va madaniy-estetik tarbiyasini yuksaltirishga erishilgan.