Sharipov Abror Anvar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirish (“Raqamli axborotlarni qayta ishlash ustasi” kasbi misolida), (13.00.05 – Kasb-hunar taʼlimi nazariyasi va metodikasi).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2023.4.PhD/Ped6829
Ilmiy rahbar: Shoyqulov Baxtiyor Bakirovich,- texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Kasbiy taʼlimni rivojlantirish instituti, DSc.02/2025.27.12.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengash 
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor;
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirishning pedagogik shart-sharoitlari kompleks tizim sifatida uslubiy-didaktik ta’minotni metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarga mazmunan transformatsiyalash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlovchi funksional mexanizm ishlab chiqish asosida ta’minlangan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirishning divergensiv-transformativ-konvergensiv bosqichli konseptual modelga asoslangan metodik model maqsadli, mazmuniy, jarayonli hamda diagnostik-natijaviy komponentlari uzviyligida hamda natijani prognozlash imkoniyatini beruvchi didaktik-konstruktiv asosda ishlab chiqilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish metodikasi fanlararo integratsiya va raqamli didaktik muhitni uyg‘unlashtirish asosida “Axborot texnologiyalari asoslari” fanini kasbiy kontekstda o‘qitish, pedagogik hamda texnologik jarayonlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar bazalarini tizimli tashkil etish va malakaviy amaliyotni mobil hamda moslashuvchan shakllarda tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyot jarayonida kasbiy kompetensiyalarini shakllanish dinamikasini aniqlashga yo‘naltirilgan motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv baholash mezonlari kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlovchi pedagogik imkoniyatlarni ta’minlash hamda ko‘p funksional topshiriqlar tizimini ishlab chiqish asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirishning pedagogik shart-sharoitlari kompleks tizim sifatida uslubiy-didaktik ta’minotni metodologik yondashuvlar va umumdidaktik tamoyillarga mazmunan transformatsiyalash hamda ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlovchi funksional mexanizm ishlab chiqish asosida ta’minlashga doir takliflar “Shaxsiy kompyuterlar, serverlar, periferiya uskunalarining apparat ta’minotiga xizmat ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrig‘i). Natijada ta’minlangan pedagogik shart-sharoitlar o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirishning divergensiv-transformativ-konvergensiv bosqichli konseptual modelga asoslangan metodik model maqsadli, mazmuniy, jarayonli hamda diagnostik-natijaviy komponentlari uzviyligida hamda natijani prognozlash imkoniyatini beruvchi didaktik-konstruktiv asosda ishlab chiqishga doir takliflar “Kompyuter arxitekturasi va ofis jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Natijada ishlab chiqilgan metodik model bo‘lajak mutaxassislarni amaliyotga yo‘naltirishga xizmat qilgan;
kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar vositasida amaliyotga yo‘naltirish metodikasi fanlararo integratsiya va raqamli didaktik muhitni uyg‘unlashtirish asosida “Axborot texnologiyalari asoslari” fanini kasbiy kontekstda o‘qitish, pedagogik hamda texnologik jarayonlarni raqamlashtirish, ma’lumotlar bazalarini tizimli tashkil etish va malakaviy amaliyotni mobil hamda moslashuvchan shakllarda tashkil etish asosida takomillashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning malakaviy amaliyot jarayonida kasbiy kompetensiyalarini shakllanish dinamikasini aniqlashga yo‘naltirilgan motivatsion, kognitiv, faoliyatli va refleksiv baholash mezonlari kasbiy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlovchi pedagogik imkoniyatlarni ta’minlash hamda ko‘p funksional topshiriqlar tizimini ishlab chiqish asosida dalillashga doir takliflar “Malakaviy amaliyot Nizomi” mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 
2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i). Mazkur ishlab chiqilgan metodika va baholash mezonlari o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish