Shatursunova Madina Abdujamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetda suyak bo‘g‘im tizimi buzilishlari patogenezining metabolitik aspektlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2025.3.PhD/Tib6290.
Ilmiy rahbarlar: Axmedova Dilafruz Baxadirovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Aminjon Gadaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Moxigul Agzamjonovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq–Turk universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: diabetda suyak va bo‘g‘im tizimi buzilishlarining patogenetik mexanizmlarining rivojlanishini oldindan belgilovchi omillarning o‘rni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alloksanni uch marta kiritish orqali uzoq davom etadigan eksperimental giperglikemiya modelida barqaror o‘sib boradigan giperglikemiya, glikirlangan gemoglobin darajasining oshishi, insulin konsentratsiyasining pasayishi hamda kortizol darajasining ortishi orqali metabolik buzilishlarning yuqori xavf darajasi asoslangan;
alloksan bilan induksiya qilingan qandli diabetning uzoq muddatli kechishi sharoitida suyak to‘qimasida sintetik jarayonlarning susayishi, osteoklastlarning faollashishi, suyak to‘qimasining rezorbsiya ko‘rsatkichlarining oshishi hamda bo‘g‘im to‘qimasi tarkibiy o‘zgarishlarining shakllanishidagi patogenetik mexanizmlar aniqlangan;
suyak to‘qimasining shakllanishi va rezorbsiyasi jarayonlari o‘rtasidagi disbalans tajriba hayvonlarida tanyach-harakat apparatida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, shuningdek suyak rezorbsiyasi ko‘rsatkichlari bilan qondagi kortizol konsentratsiyasi o‘rtasida musbat, insulin darajasi bilan esa salbiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi asoslangan;
qandli diabet sharoitida suyak va bo‘g‘im to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishi, ularning tog‘ay va subxondral suyakdagi destruktiv o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqligi hamda yallig‘lanish sitokinlari darajasi bilan eksperimental modellarda bo‘g‘imlar shikastlanishining og‘irlik darajasi o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabetda suyak-bo‘g‘in tizimi buzishlari patogenzining metabolitik aspektlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yanglilik: alloksanni uch marta kiritish orqali uzoq davom etadigan eksperimental giperglikemiya modelida barqaror o‘sib boradigan giperglikemiya, glikirlangan gemoglobin darajasining oshishi, insulin konsentratsiyasining pasayishi hamda kortizol darajasining ortishi orqali metabolik buzilishlarning yuqori xavf darajasi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda 0225/482-t-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabetda suyak-bug‘in tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 30.04.2025 yildagi 01-10/13-son, Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 19-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: alloksanli diabet sharoitida giperglikemiya modellashtirilishi, barqaror ravishda o‘sib boradigan giperglikemiya, glikirlangan gemoglobin darajasining oshishi, insulin konsentratsiyasining pasayishi, kortizol darajasining oshishi orqali xavf darajasini baholash orqali bemorlarning salomatlik holatini tiklash va tiklash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1356000 so‘m mablag‘lari qandli diabetni uzoq davom etadigan asoratlarini oldini olish orqali bemorlarni shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va mehnat qobiliyatini tezroq tiklash natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: alloksan bilan induksiya qilingan qandli diabetning uzoq muddatli kechishi sharoitida suyak to‘qimasida sintetik jarayonlarning susayishi, osteoklastlarning faollashishi, suyak to‘qimasining rezorbsiya ko‘rsatkichlarining oshishi hamda bo‘g‘im to‘qimasi tarkibiy o‘zgarishlarining shakllanishidagi patogenetik mexanizmlar aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda 0225/482-t-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabetda suyak-bug‘in tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 30.04.2025 yildagi 01-10/13-son, Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 19-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: taklif etilgan usulni amalga oshirish natijalari o‘tkir o‘limga olib keladigan qon yo‘qotish natijasida yuzaga kelgan patogenetik o‘zgarishlarni yangi, samaraliroq vositalar yordamida samarali tiklash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1356000 so‘m mablag‘lari qandli diabetni uzoq davom etadigan asoratlarini oldini olish orqali bemorlarni shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va mehnat qobiliyatini tezroq tiklash natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: suyak to‘qimasining shakllanishi va rezorbsiyasi jarayonlari o‘rtasidagi disbalans tajriba hayvonlarida tanyach-harakat apparatida rivojlanadigan morfologik o‘zgarishlar bilan bog‘liqligi, shuningdek suyak rezorbsiyasi ko‘rsatkichlari bilan qondagi kortizol konsentratsiyasi o‘rtasida musbat, insulin darajasi bilan esa salbiy korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi asoslanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda 0225/482-t-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabetda suyak-bug‘in tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 30.04.2025 yildagi 01-10/13-son, Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 19-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabet negizida yuzaga kelgan o‘zgarishlar suyak to‘qimasini shakllantirish va rezorbsiya jarayonlaridagi disbalans tajriba hayvonlarning tanyach-harakat apparatidagi morfologik o‘zgarishlari, suyak rezorbsiyasi ko‘rsatkichlari bilan qondagi kortizol konsentratsiyasi o‘rtasida musbat korrelyasion aloqalar va insulin darajasi bilan salbiy bog‘liqlik holatini oldini olish, davolash samaradorligini oshirish va shifoxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1356000 so‘m mablag‘lari qandli diabetni uzoq davom etadigan asoratlarini oldini olish orqali bemorlarni shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va mehnat qobiliyatini tezroq tiklash natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: qandli diabet sharoitida suyak va bo‘g‘im to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishi, ularning tog‘ay va subxondral suyakdagi destruktiv o‘zgarishlar bilan uzviy bog‘liqligi hamda yallig‘lanish sitokinlari darajasi bilan eksperimental modellarda bo‘g‘imlar shikastlanishining og‘irlik darajasi o‘rtasida ishonchli korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi kengashi tomonidan 2025 yil 2 fevralda 0225/482-t-son bilan tasdiqlangan «Qandli diabetda suyak-bug‘in tizimida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 30.04.2025 yildagi 01-10/13-son, Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali bo‘yicha 15.05.2025 yildagi 19-T-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/04-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qandli diabetning kech tashxislanishi, davolashdagi kamchilliklar, suyak va bo‘g‘im to‘qimalarida yallig‘lanish reaksiyalarining rivojlanishiga olib kelishi, bu esa tog‘ay va subxondral suyakdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi, yallig‘lanish sitokinlar darajasi va tajriba modellarda bo‘g‘imlar zaharlanishining darajasi o‘rtasida korrelyasion bog‘liqlikni inobatga olgan tartibida davolashning yanada samarali usulini joriy etish asortalarni oldini olish o‘lim va intoksikasiya darajasini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida bir kurs davolanish uchun sarflanadigan o‘rtacha 1356000 so‘m mablag‘lari qandli diabetni uzoq davom etadigan asoratlarini oldini olish orqali bemorlarni shifoxonada qolish muddatini qisqartirish va mehnat qobiliyatini tezroq tiklash natijasida iqtisod qilinadi.