Fayzullaev Komiljon Nabijonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Me’yorda va eksperimental o‘pka fibrozida prostata bezidagi morfometrik o‘zgarishlar” 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2641.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.05.01.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Axtam Boltaevich, tibbiyot fanlari doktori; Balandina Irina Anatol`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: me’yorda va eksperimental o‘pka fibrozida prostata bezining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor tajribada o‘pka fibrozi chaqirilgan kalamushlarning prostata bezi kapsulasining xiralashib qalinlashganligi, vena qon tomirlarida dimlanish belgilari, perivaskulyar soha, stromada shish va leykotsitlarning infiltratsiyasi hamda kollagen tolalar miqdori oshganligi, bez atsinuslarida epitelial burmalarning tekislanganligi, epiteliy hujayralari balandligi pasayib, kubsimon shaklga kirib, ularning apikal yuzalarda kiritmalarning kamayganligi isbotlangan;
ilk bor anor danagi moyi bilan korreksiya qilinganda bez stromasi va perivaskulyar sohadagi shish va leykotsitlar miqdorining nisbatan kamayganligi, epiteliy hujayralarining aksariyati yuqori ustunsimon shaklda ekanligi va ularning apikal yuzalarda pufakchali kiritmalar miqdorining nisbatan oshganligi, shu bilan birgalikda atsinuslardagi sekret dimlanish belgilari kamaygani aniqlangan;
ilk bor eksperimental o‘pka fibrozida immunogistokimyoviy Bcl-2, CD3 va CD20 markerlarni qo‘llash orqali prostata bezi to‘qimasida, ayniqsa bez stromasida ham gumoral, ham hujayraviy immun hujayralar ishtiroki oshishi, hamda apoptoz jarayonining faollashganligi aniqlanib, anor danagi moyini qo‘llaganda bu ko‘rsatkichlarning kamayishi inobatga olinib, anor danagi moyining samaradorligi immunogistokimyoviy morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlangan;
ilk bor tajribada o‘pka fibrozida B-limfotsitlarning miqdori nazorat guruhiga qaraganda 9 barobarga, T-limfotsitlar esa 4 marta oshganligi, anor danagi moyi qo‘llanilganda B-limfotsitlarning 2,7 martaga va T-limfotsitlarning 2,0 barobarga kamayganligi, bez to‘qimasidagi hujayralarda apoptoz jarayoni 8 barobarga oshib, anor danagi qabul qilgan guruhda 2,7 barobarga kamayganligi Bcl-2, CD3 va CD20 markerlarining ekspressiyalanish darajasiga mos holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Tadqiqot davomida olingan morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy natijalar asosida o‘pka fibrozida yoshga bog‘liq holda prostata bezida yuzaga keladigan morfologik o‘zgarishlar va uni korreksiyalash natijalarini morfologik yondashuv asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribada o‘pka fibrozi chaqirilgan kalamushlarning prostata bezi kapsulasining xiralashib qalinlashganligi, vena qon tomirlarida dimlanish belgilari, perivaskulyar soha, stromada shish va leykotsitlarning infiltratsiyasi hamda kollagen tolalar miqdori oshganligi, bez atsinuslarida epitelial burmalarning tekislanganligi, epiteliy hujayralari balandligi pasayib, kubsimon shaklga kirib, ularning apikal yuzalarda kiritmalarning kamayganligi isbotlanganligi
Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 25.04.2024-yildagi 15-sonli hamda RShTYIM Buxoro filialining 10.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘pka fibrozining faqat respirator tizim bilan cheklanmasdan, erkaklar reproduktiv tizimiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi ilmiy jihatdan asoslandi. Erkaklar salomatligini saqlash, ayniqsa reproduktiv yoshdagi erkaklarda bepushtlik va prostata kasalliklarining oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: o‘pka fibrozining uzoq muddatli asoratlaridan biri sifatida prostata bezida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni erta aniqlash imkoniyati yaratiladi. Kasallikning patogenezini chuqur o‘rganish asosida profilaktik va patogenetik davolash strategiyalarini ishlab chiqish sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy yuklamani kamaytiradi. Xulosa: O‘pka fibrozi chaqirilgan kalamushlarning prostata bezidagi patologik o‘zgarishlar aniqlanib o‘rganildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor anor danagi moyi bilan korreksiya qilinganda bez stromasi va perivaskulyar sohadagi shish va leykotsitlar miqdorining nisbatan kamayganligi, epiteliy hujayralarining aksariyati yuqori ustunsimon shaklda ekanligi va ularning apikal yuzalarda pufakchali kiritmalar miqdorining nisbatan oshganligi, shu bilan birgalikda atsinuslardagi sekret dimlanish belgilari kamaygani aniqlanganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 25.04.2024-yildagi 15-sonli hamda RShTYIM Buxoro filialining 10.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: anor danagi moyi tabiiy va xavfsiz vosita sifatida erkaklar salomatligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Prostata bezining yallig‘lanish kasalliklari va sekretor buzilishlarini kamaytirish orqali reproduktiv salomatlikni yaxshilaydi. Aholi orasida fitoterapiyaga bo‘lgan ishonchni oshiradi va profilaktik tibbiyot rivojiga hissa qo‘shadi. Erkaklarda surunkali yallig‘lanish kasalliklari bilan bog‘liq psixologik va ijtimoiy muammolar kamayishiga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: anor danagi moyi mahalliy o‘simlik xomashyosidan olinadigan tabiiy vosita bo‘lib, uning qo‘llanilishi qimmat sintetik dori vositalariga ehtiyojni kamaytiradi. Profilaktik va yordamchi terapiya sifatida qo‘llanilganda uzoq muddatli gormonal va yallig‘lanishga qarshi preparatlar sarfini kamaytiradi. Mahalliy farmatsevtika sanoatida anor danagi moyi asosida biologik faol qo‘shimchalar va fitopreparatlar ishlab chiqarish imkonini beradi. Xulosa: Anor danagi moyi bilan korreksiya qilganda o‘pka fibrozi chaqirilgan kalamushlarning prostata bezidagi patologik o‘zgarishlarining nisbattan kamayganligi va bu morfologik va morfometrik usullar orqali aniqlanganligi, anor danagi moyining zamonaviy tibbiyotda,fitoterapiyada alohida o‘rin tutishini anglatadi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor eksperimental o‘pka fibrozida immunogistokimyoviy Bcl-2, CD3 va CD20 markerlarni qo‘llash orqali prostata bezi to‘qimasida, ayniqsa bez stromasida ham gumoral, ham hujayraviy immun hujayralar ishtiroki oshishi, hamda apoptoz jarayonining faollashganligi aniqlanib, anor danagi moyini qo‘llaganda bu ko‘rsatkichlarning kamayishi inobatga olinib, anor danagi moyining samaradorligi immunogistokimyoviy morfometrik ko‘rsatkichlar asosida isbotlanganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 25.04.2024-yildagi 15-sonli hamda RShTYIM Buxoro filialining 10.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: erkaklar organizmida surunkali kasalliklar fonida immun tizim o‘zgarishlari haqida yangi ilmiy ma’lumotlar beradi. Apoptoz va immun jarayonlarini nazorat qilish orqali prostata bezining funksional saqlanishiga xizmat qiladi. Reproduktiv yoshdagi erkaklarda bepushtlik xavfini kamaytiradi. Aholining tibbiy madaniyatini va profilaktik ko‘riklarga murojaat qilish darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy diagnostika asosida kasallik mexanizmini aniqlash davolashni aniq maqsadli olib borish imkonini beradi. Keraksiz va samarasiz dori vositalari qo‘llanilishining oldini olib, iqtisodiy tejashga olib keladi. Xulosa: Immunogistokimyoviy Bcl-2, CD3 va CD20, markerlarni qo‘llash, eksperimental o‘pka fibrozi fonida prostata bezi to‘qimasidagi yuzaga keladigan o‘zgarishlarni aniqlash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor tajribada o‘pka fibrozida B-limfotsitlarning miqdori nazorat guruhiga qaraganda 9 barobarga, T-limfotsitlar esa 4 marta oshganligi, anor danagi moyi qo‘llanilganda B-limfotsitlarning 2,7 martaga va T-limfotsitlarning 2,0 barobarga kamayganligi, bez to‘qimasidagi hujayralarda apoptoz jarayoni 8 barobarga oshib, anor danagi qabul qilgan guruhda 2,7 barobarga kamayganligi Bcl-2, CD3 va CD20 markerlarining ekspressiyalanish darajasiga mos holda asoslanganligi Buxoro viloyati patologik anatomiya byurosining 25.04.2024-yildagi 15-sonli hamda RShTYIM Buxoro filialining 10.05.2024-yildagi 81-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: erkaklar organizmida surunkali kasalliklar fonida immun tizim o‘zgarishlari haqida yangi ilmiy ma’lumotlar beradi. Apoptoz va immun jarayonlarini nazorat qilish orqali prostata bezining funksional saqlanishiga xizmat qiladi. Reproduktiv yoshdagi erkaklarda bepushtlik xavfini kamaytiradi. Aholining tibbiy madaniyatini va profilaktik ko‘riklarga murojaat qilish darajasini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kuchli immun yallig‘lanish va apoptoz jarayonlarini kamaytirish orqali prostata bezining strukturali saqlanishi ta’minlanadi. Kelgusida jarrohlik aralashuvlar va uzoq muddatli medikamentoz davolanish zaruriyatini kamaytiradi. Tabiiy vosita asosida kompleks terapiya ishlab chiqish imkonini beradi. Sog‘liqni saqlash tizimida erkaklar reproduktiv kasalliklarini davolash xarajatlari qisqaradi. Xulosa: Tajribaviy tadqiqotlar va morfologik tekshirishlarni optimallashtirish hisobiga har bir tajribaviy tadqiqot usuli uchun sarflangan mablag‘ning 178500 so‘mgacha tejalishiga erishiladi.