Maxmudov Xusanboy Sultonxojaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kartoshka ekish mashinasi miqdorlagichining parametrlarini asoslash”, 05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T815.
Ilmiy rahbar: Duskulov Abdusattar Axadovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: Tuxtaquziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Talibaev Altpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kartoshka ekish mashinasining miqdorlash apparati parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kartoshka ekish mashinasining kartoshka tuganaklarini bir yo‘la ikki qatorga aniq miqdorlab berishni ta’minlaydigan miqdorlash apparatining yangi konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ta’minlagich jo‘vaning diametri kartoshka tuganaklarining o‘zaro va jo‘va bilan ishqalanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
jo‘valarning aylanish chastotasi kartoshka tuganagining jo‘va sirtidan ajralmasdan harakatlanib, urug‘ o‘tkazgich quvurga uzatib berishi asosida aniqlangan;
miqdorlagich diskining aylanish chastotasi agregatning ishchi tezligi va qatordagi uyalar orasidagi masofaga bog‘liq holda aniqlangan;
kartoshka ekish mashinasi miqdorlash apparatining maqbul parametrlarida uyalarga tuganaklarni ekish to‘liqligi 97-98 foizdan yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kartoshka ekish mashinasi miqdorlagichi parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka ekish mashinasiga Intellektual mulk agentligining foydali modeliga patenti olingan (“Kartoshka ekish mashinasi”, № G‘AR 00690-2012). Natijada, kartoshkani shikastlantirmasdan miqdorlab ekish mashinasining konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
kartoshka ekish mashinasi Zarbdor va Uchqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 02/023-328-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshka ekishda yonilg‘i sarfini 10-15 foizga kamaytirish va ish unumini 8-10 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
kartoshka ekish mashinasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriqlar, texnik shartlar va texnik hujjatlari) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 maydagi 02/023-328-son ma’lumotnomasi). Natijada, konstruktiv jihatdan sodda, ixcham, ish sifati agrotexnik talablarga javob beradigan, energiya va resurstejamkor kartoshka ekish mashinasini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.