Raxmedova Manzura Azadovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahmud az-Zamaxshariyning pedagogik qarashlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4021.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti
Ilmiy rahbar:  Xodjaniyazov Sardor Umarovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent  Eshonqulova Surayyo Isomiddinovna; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Olimov Shirinboy Sharofovich
Yetakchi tashkilot:  Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mahmud az-Zamaxshariy pedagogik qarashlarini ilmiy-analitik o‘rganish asosida talabalarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik tizimni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
aksiologik-kognitiv yondashuv asosida Mahmud az-Zamaxshariy asarlarida ilgari surilgan aqliy tarbiya, axloqiy komillik, ustoz–shogird munosabatlari, tanqidiy tafakkur va nutq madaniyatiga oid pedagogik g‘oyalar zamonaviy intellektual, axloqiy va kommunikativ ta’lim paradigmalari bilan integrativ bog‘liqlikda tahlil qilinib, mutafakkir merosida “ilm” tushunchasi shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantiruvchi qadriyatga yo‘naltirilgan integral komponent sifatida aniqlashtirilgan;
kompetensiyaviy va tizimli-strukturaviy yondashuvlar asosida “Muqaddimat al-adab” va “Al-Kashshof” asarlarida ifodalangan nutq tarbiyasi, axloqiy terminologiya, til va tafakkur birligi, bosqichma-bosqich ta’lim, ta’lim oluvchining individual xususiyatlarini hisobga olish hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligiga tayangan integratsiyalashgan didaktik ishlanmalar tizimi takomillashtirilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan va gumanistik pedagogika yondashuvlari asosida Mahmud az-Zamaxshariyning pedagogik qarashlarida ta’lim oluvchining qobiliyat va qiziqishlarini e’tiborga olish, mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, talabchanlik va mehribonlik uyg‘unligini ta’minlash, insonparvarlik, adolatlilik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va axloqiylik kabi ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi ilmiy asoslangan;
dialogik-interaktiv yondashuv va dizayn-tadqiqot metodi asosida az-Zamaxshariy merosidagi ilmi ma’oniy va ilmi bayoniy yondashuvlari, savol-javob, hikoya va misollar orqali ta’sir etish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, mantiqiy fikrlash va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashtirilib, didaktik texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Mahmud az-Zamaxshariy pedagogik qarashlarini ilmiy-analitik o‘rganish asosida talabalarning ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik tizimni takomillashtirish borasida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
aksiologik-kognitiv yondashuv asosida Mahmud az-Zamaxshariy asarlarida ilgari surilgan aqliy tarbiya, axloqiy komillik, ustoz–shogird munosabatlari, tanqidiy tafakkur va nutq madaniyatiga oid pedagogik g‘oyalar zamonaviy intellektual, axloqiy va kommunikativ ta’lim paradigmalari bilan integrativ bog‘liqlikda tahlil qilinib, mutafakkir merosida “ilm” tushunchasi shaxsning ma’naviy-axloqiy kamolotini shakllantiruvchi qadriyatga yo‘naltirilgan integral komponent sifatida aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan  O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 22-yanvardagi 04/11-2414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Mahmud az-Zamaxshariyning boy pedagogik va ma’naviy merosini talabalar dunyoqarashiga singdirish asosida milliy va umuminsoniy qadriyatlar nuqtayi nazaridan tarbiya jarayonini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan.
    kompetensiyaviy va tizimli-strukturaviy yondashuvlar asosida “Muqaddimat al-adab” va “Al-Kashshof” asarlarida ifodalangan nutq tarbiyasi, axloqiy terminologiya, til va tafakkur birligi, bosqichma-bosqich ta’lim, ta’lim oluvchining individual xususiyatlarini hisobga olish hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalar uyg‘unligiga tayangan integratsiyalashgan didaktik ishlanmalar tizimini takomillashtirishga oid tavsiyalar “Xorazm mutaffakirlarining pedagogik qarashlari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Urganch davlat universitetining 2024-yil 7-dekabrdagi 131-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 117-raqamli guvohnoma). Natijada, az-Zamaxshariyning pedagogik merosini ilmiy o‘rganish asosidagi didaktik g‘oyalar va tavsiyalar  yoshlar  ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
       shaxsga yo‘naltirilgan va gumanistik pedagogika yondashuvlari asosida Mahmud az-Zamaxshariyning pedagogik qarashlarida ta’lim oluvchining qobiliyat va qiziqishlarini e’tiborga olish, mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, talabchanlik va mehribonlik uyg‘unligini ta’minlash, insonparvarlik, adolatlilik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va axloqiylik kabi ijtimoiy-ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi ilmiy asoslashga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan FZ-2020010829-sonli “Talaba yoshlar ilmiy faoliyatida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishning innovatsion mexanizmlari” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 22-yanvardagi 04/11-2414-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, az-Zamaxshariyning pedagogik merosini ilmiy o‘rganish asosidagi didaktik g‘oyalar va tavsiyalar  yoshlar  ma’naviy-axloqiy fazilatlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
dialogik-interaktiv yondashuv va dizayn-tadqiqot metodi asosida az-Zamaxshariy merosidagi ilmi ma’oniy va ilmi bayoniy yondashuvlari, savol-javob, hikoya va misollar orqali ta’sir etish, shaxsiy namuna ko‘rsatish, mantiqiy fikrlash va axloqiy fazilatlarni shakllantirishga xizmat qiluvchi metodlar zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayoniga moslashtirilib, didaktik texnologiyasiga oid taklif va tavsiyalardan “Oʻzbekiston1” telekanalida 2025-yil yanvar-dekabr oylari davomida efirga uzatilgan “Assalom O‘zbekiston” tongi dasturi, “O‘zbekiston umumiy uyimiz va “Hidoyat sari” kabi teledastur va ko‘rsatuvlar ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan(O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘ZBEKISTON 24» ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 10-fevraldagi 05-09-223 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Mahmud az-Zamaxshariyning pedagogik g‘oyalari va ma’naviy-axloqiy dunyoqarashini aks ettiruvchi qarashlarini tizimlashitirishga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish