Radjapov Ruslanbek Sarsenovichning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab o‘quvchilarida xalqaro baholash dastur talablari asosida hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped8542.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Xodjaniyazov Sardor Umarovich; pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Rahimov Zokir Toshtemirovich
Yetakchi tashkilot: sifatida Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktab o‘quvchilarida xalqaro baholash dastur talablari asosida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: xalqaro baholash dasturlarining mazmuni, tashkil etishning ilmiy-nazariy asoslarini muloqot motivatsiyasi, ijodiy fikrlash integratsiyalashuvi, ijtimoiy moslashuvchanligini faollashuvini o‘quv jarayoniga implimentatsiyalash orqali axborot-metodik ta’minotini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlarni variativ, simbiotik qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda xalqaro baholash dastur talablari asosida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari “o‘qish uchun o‘rganishdan – o‘rganish uchun o‘qish” tamoyilini ta’lim jaryonida pedagogik diagnostikalash hamda nostandart vaziyatlarda mantiqiy-tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini intensiv optimallashtirish, ijtimoiy moslashuvchanlik imkoniyatlarini umumta’lim fanlariga integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dastur talablari asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shaklantirishning funksional tuzilmasiga asoslangan modelning maqsad, jarayon, baholovchi, natija komponentlarini dars va darsdan tashqari jarayonlarda hamda o‘quvchilarning real vaziyatlarga ijtimoiy moslashuvchanligini oshirishga ustuvorlik beruvchi pedagogik-metodik “case study”larni ishlab chiqish va ta’lim subektlarining individual qobiliyatlarini, yakkadan umumiylik, o‘rganishdan o‘rgatishgacha tamoyillariga ko‘ra hamkorlik va loyihalash faoliyatlarini intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dastur talablari asosida o‘quvchilarda hayotiy ko‘nikmalarni shaklantirish metodikasi kommunikativ-nutqiy faoliyatni olib boruvchi ijtimoiy tarmoqlararo mobil muhitni tashkil etish, ijtimoiy munosabatlarni amalga oshirishning ijobiy emotsional muloqotli kombinatsiyasini shakllantirish hamda mustaqil rivojlanishga imkon beruvchi “so‘zlar intuisiyasi”, “matn refleksiyasi”, “adabiy bingo”, “Escape Room” texnologiyasini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya ishi doirasidagi xalqaro baholash dasturi talablariga muvofiq maktab o‘quvchilarining hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirishning nazariy-asoslarini hamda bu ko‘nikmalarni amaliyotga tatbiq etish tizimini modernizatsiya qilishga bag‘ishlanganligiga, o‘quvchilarning kolaborativ, mantiqiy-qiyosiy va ijodiy fikrlashi hamda og‘zaki va yozma muloqotchanligini real vaziyatlarda rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish usullari (masalan, “So‘zlar intuisiyasi”, “Matn refleksiyasi”, “Adabiy bingo”, “Escape room”) ishlab chiqilganiga, shu bilan birga muloqot motivatsiyasi, ijodiy fikrlashni integratsiyalash, ijtimoiy moslashuvchanlikni ta’lim jarayoniga kiritish, pedagogik diagnostika va intensiv optimallashtirish usullari tavsiya etilganligiga oid ilmiy-metodik tavsiyalar O‘zbekison Milliy universitetining PZ-20170929789 raqamli loyihasi bilan uyg‘unlashtirilgan va amaliy loyihaning natijalari davomida sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekison Milliy universitetining 10.09.2025 y. 04/11-16799 sonli Ma'lumotnomasi).
Disserrant dissertatsiyasida xalqaro baholash dasturi talablari asosida maktab o‘quvchilarida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari, ularning o‘z bilimlarini real vaziyatlarda qo‘llashiga xizmat qiluvchi kreativ, kommunikativ, kollaborativ va tanqidiy fikrlashni rivojlantirish tizimi yoritilganligiga, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma muloqotchanligini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy metodlar, o‘qish orqali o‘rganish tamoyili, pedagogik diagnostika, ta’lim jarayonini optimallashtirish hamda ijtimoiy moslashuvchanlikni integratsiyalash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilganligiga, “So‘zlar intuisiyasi”, “Matn refleksiyasi”, “Adabiy bingo”, “Escape room” kabi metodikalar orqali mustaqil va ijodiy fikrlashni kuchaytirish asoslab berilgan. “Xalqaro baholash dasturi talablari”, “hayotiy ko‘nikmalar”, “ijodiy fikrlash”, “ijtimoiy moslashuvchanlik” kabi tushunchalar pedagogik talqin etilib, ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilganligiga oid yangiliklar O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilgan FZ-2020010829-sonli loyiha vazifalarini bajarishda qo‘llangan. (O‘zbekison Milliy universitetining 10.09.2025 y. 04/11-16799 sonli Ma'lumotnomasi).
Dissertatsiyada maktab o‘quvchilarida xalqaro baholash dasturi talablari asosida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning nazariy asoslari hamda ushbu ko‘nikmalarni turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishga oid tizimni modernizatsiya qilish masalalari yoritilganligiga, o‘quvchilarning kreativ, kritik, kommunikativ, kollaborativ, mantiqiy-qiyosiy va ijodiy fikrlashi hamda og‘zaki va yozma muloqotchanligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy o‘qitish usullari, shuningdek, muloqot motivatsiyasi, ijodiy fikrlashni integratsiyalash, ijtimoiy moslashuvchanlikni o‘quv jarayoniga kiritish, “o‘qish uchun o‘rganishdan – o‘rganish uchun o‘qish” tamoyilini amaliyotga tatbiq etish, pedagogik diagnostika va intensiv optimallashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-461-sonli loyiha vazifalari bilan uyg‘unlashtirilgan va loyiha natijalari doirasida sinovdan o‘tkazilib nashrlarda o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, tadqiqotda xalqaro baholash dasturi asosida hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiluvchi kommunikativ-nutqiy faollikni kuchaytiruvchi ijtimoiy-multimediali o‘quv muhiti yaratish, shuningdek “so‘zlar intuisiyasi”, “matn refleksiyasi”, “adabiy bingo”, “Escape room” kabi metodikalarni ishlab chiqish orqali o‘quv jarayoni takomillashtirilgan.
Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi maktablarda sinovdan o‘tkazilib, xalqaro baholash dasturlari asosida axborot-metodik ta’minotni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida takomillashtirish, “o‘qish uchun o‘rganishdan – o‘rganish uchun o‘qish” tamoyiliga mos nazariy-metodik tizimni joriy etish, hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirishning funksional modeli va “case study” usullarini ishlab chiqish, shuningdek “so‘zlar intuisiyasi”, “matn refleksiyasi”, “adabiy bingo” va “Escape Room” kabi innovatsion metodikalarni ijtimoiy tarmoqlararo muhitda amaliyotga tatbiq etish orqali amaliyotga muvaffaqiyatli joriy etildi. ( Respublika ta’lim markazining 22.09.2025yil № 01/11-5-546 sonli ma’lumotnomasi)