Saydalieva Lazzat Muxtarali qizining
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Aksiologik yondashuvlar asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik asoslari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped317
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Holikulova Feruza Xasanovna,  pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Alfraganus University, PhD.03/2025.27.12.Ped.31.01
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Eshonkulova Surayyo Isomiddinovna; pedagogika fanlari bo’uisha falsafa doktori (PhD), Eshonjonov  Bobir Zafarjonovich
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiologik yondashuvlar asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishning nazariy asoslarini aniqlash,  tarbiya fani misolida amaliyotga yo'naltirilgan metodikasini  ishlab chiqish va takomillashtirishdan  iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Shaxsga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlar integratsiyasi orqali shaxsiy qadriyat (vatanparvarlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, mehnatsevarlik, halollik, adolat)lar konsepsiyasining mohiyati, tarkibiy elementlari (bilim, munosabat, e'tiqod, qobiliyat, ko‘nikma, malaka) va funksiyalari aniqlangan hamda migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari (interfaol metodlar, keys-stadi texnologiyasi, loyiha ishlari, muammoli ta'lim, axborot texnologiyalari) ilmiy adabiyotlarni kompleks tahlil qilish asosida o‘rganilgan;
Aksiologik yondashuvlar asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishda diagnostika vositalari (Schwartz qadriyatlari testi, Rokeach qadriyatlari testi, Allport-Vernon-Lindzey testi, M.Rokeachning qadriyatlar indeksi testlari) ni tarbiya faniga integratsiyalash asosida ijtimoiy keyslar ("Madaniy integratsiya va qadriyatlar to'qnashuvi" nomli keys, "O'zaro tushunish va qadriyatlar" nomli keys, "Migrant talabalarning madaniy identifikatsiyasi" nomli keys, "Qadriyatlar va ijtimoiy moslashuv" nomli keyslar), loyiha ishlari ("Qadriyatlar orqali o'zaro tushunishni rivojlantirish", "Madaniy integratsiya jarayonida qadriyatlarni o'rganish", "Migrant talabalarning ijtimoiy adaptatsiyasi" mavzusidagi loyiha ishlari) ishlab chiqilgan;
Migrant talabalarning shaxsiy qadriyatlari (vatanparvarlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, mehnatsevarlik, halollik, adolat)ni shakllantirishda aksiologik yondashuvlarning nazariy-metodologik asoslari (qadriyatlar nazariyasi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, madaniyatlararo muloqot nazariyasi, axloq falsafasi) ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati hamda bir davlat hududidagi migrant talabalarning muammolari (madaniy moslashuv, til bilish darajasi, ijtimoiy adaptatsiya, o‘quv jarayoniga qo‘shilish kabi muammolari) tahlili asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishning funkional  modeli ishlab chiqilgan; 
Migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirish mazmuni, tamoyillari (shaxsga yo‘naltirilganlik, faollik, ijtimoiylashuv, integratsiyalashuv, aksiologiklik)i, psixologik omillari (motivatsiya, o‘zini o‘zi anglash, emotsional intellekt, ijtimoiy ko‘nikmalar) aniqlashtirilib, hamkorlik pedagogikasi asosida talaba va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabat, oilaviy muhit, meta ta'lim (o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi baholash, tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish), tengdoshlar bilan bog‘liq jarayonlarda empatik ta’lim ekotizmini shakllantirish asosida refleksiv mashqlari (“Mening salbiy odatlarim”, “Agar men bilim olsam”, “Mening shaxsiy qadriyatim tahlili”, “Muhokama qilamiz” mavzularida), hamda loyiha metodikasi (“Shaxsiy qadriyatlarim; “qadriyatlar haqida suhbat”; “Mening qahramonim”; “Qadriyatlar orqali yetakchilik” mavzularida) ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Aksiologik yondashuvlar asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni  shakllantirishning nazariy asoslariga doir olingan tadqiqot natiјalari aѕoѕida:
shaxsga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlar integratsiyasi orqali shaxsiy qadriyat (vatanparvarlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, mehnatsevarlik, halollik, adolat)lar konsepsiyasining mohiyati, tarkibiy elementlari (bilim, munosabat, e'tiqod, qobiliyat, ko‘nikma, malaka) va funksiyalari aniqlangan hamda migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari (interfaol metodlar, keys-stadi texnologiyasi, loyiha ishlari, muammoli ta'lim, axborot texnologiyalari) ilmiy adabiyotlarni kompleks tahlil qilish asosida olingan xulosalardan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da amalga oshirilgan AL-9224094160-sonli “Integratsion jarayonlarni rivojlantirish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi hududlarining barqaror iqtisodiy o‘sish strategiyasini shakllantirish”  nomli xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan. (Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti huzuridagi“ O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining 2026-yil 14-maydagi 21-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, migrant talabalarda o‘z-o‘zini anglash, ijtimoiy muhitga moslashish va ijobiy xulqiy strategiyalarni shakllantirish jarayonini ilmiy asosda tashkil etishga imkon bergan; 
aksiologik yondashuvlar asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishda diagnostika vositalari (Schwartz qadriyatlari testi, Rokeach qadriyatlari testi, Allport-Vernon-Lindzey testi, M.Rokeachning qadriyatlar indeksi testlari) ni tarbiya faniga integratsiyalash asosida ijtimoiy keyslar ("Madaniy integratsiya va qadriyatlar to'qnashuvi" nomli keys, "O'zaro tushunish va qadriyatlar" nomli keys, "Migrant talabalarning madaniy identifikatsiyasi" nomli keys, "Qadriyatlar va ijtimoiy moslashuv" nomli keyslar), loyiha ishlari ("Qadriyatlar orqali o'zaro tushunishni rivojlantirish", "Madaniy integratsiya jarayonida qadriyatlarni o'rganish", "Migrant talabalarning ijtimoiy adaptatsiyasi" mavzusidagi loyiha ishlari) ishlab chiqilgan metodik yondashuvlardan Jizzax davlat politexnika instituti ilmiy tadqiqot rejasining OT-F1-049 raqamli  “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jizzax davlat politexnika instituti 2026-yil 14-maydagi № 03/-374-291 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, migrant talabalarning shaxsiy qadriyatlari mustahkamlanishi, ijtimoiy moslashuvi yaxshilanishi va kommunikativ kompetensiyasi rivojlanishiga imkon bergan;
migrant talabalarning shaxsiy qadriyatlari (vatanparvarlik, bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, mas’uliyat, mehnatsevarlik, halollik, adolat)ni shakllantirishda aksiologik yondashuvlarning nazariy-metodologik asoslari (qadriyatlar nazariyasi, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv, madaniyatlararo muloqot nazariyasi, axloq falsafasi) ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati hamda bir davlat hududidagi migrant talabalarning muammolari (madaniy moslashuv, til bilish darajasi, ijtimoiy adaptatsiya, o‘quv jarayoniga qo‘shilish kabi muammolari) tahlili asosida ishlab chiqilgan xuloѕalardan “Global dunyoda fan va ta’limdagi innovatsion rivojlanishning omillari konsepsiyasini yaratish” nomli 2023–2026 yillarga mo‘ljallangan KZX-4779-11 raqamli fundamental xalqaro grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro Turk universitetining 2026-yil 14-maydagi ma’lumotnomasi) Natijalar migrant talabalarda assertiv xulqni shakllantirishjarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni shakllantirish mazmuni, tamoyillari (shaxsga yo‘naltirilganlik, faollik, ijtimoiylashuv, integratsiyalashuv, aksiologiklik)i, psixologik omillari (motivatsiya, o‘zini o‘zi anglash, emotsional intellekt, ijtimoiy ko‘nikmalar) aniqlashtirilib, hamkorlik pedagogikasi asosida talaba va o‘qituvchilar o‘rtasidagi munosabat, oilaviy muhit, meta ta'lim (o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi baholash, tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal qilish), tengdoshlar bilan bog‘liq jarayonlarda empatik ta’lim ekotizmini shakllantirish asosida refleksiv mashqlari (“Mening salbiy odatlarim”, “Agar men bilim olsam”, “Mening shaxsiy qadriyatim tahlili”, “Muhokama qilamiz” mavzularida), hamda loyiha metodikasi (“Shaxsiy qadriyatlarim; “qadriyatlar haqida suhbat”; “Mening qahramonim”; “Qadriyatlar orqali yetakchilik” mavzularida) asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining  Jizzax viloyati teleradiokanalining  “Subhidam” ko‘rsatuvi materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining  Jizzax viloyati teleradiokanalining 2026-yil 5-yanvardagi 1/13-10-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aksiologik yondashuvlar asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarni  shakllantirish bo‘yicha olingan xulosalar ommalashishiga erishilgan;

Yangiliklarga obuna bo‘lish