Tursunov Faridun Mustafoevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Masofaviy bank xizmatlari samaradorligini ta’minlash yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4476
Ilmiy rahbar: Karimova Aziza Maxomadrizoevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Salaev Rasul Shavkatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlari samaradorligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash orqali masofaviy bank xizmatlarini samaradorligini ta’minlashga qaratilgan konseptual model ishlab chiqilgan; 
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash asosida to‘lov tizimlari operatorlari hamda to‘lov xizmatlari provayderlari faoliyati ustidan Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat mexanizmlarini institutsional va texnologik jihatdan takomillashtirish zarurati asoslab berilgan;
avtomatlashtirilgan bank tizimida kompleks axborotni muhofaza qilish va kiberxavfsizlik darajasini bir birlikka oshirish orqali masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish ehtimolini 2,03 barobarga oshirish mumkinligi asoslab berilgan;
moliyaviy savodxonlik platformasini ishlab chiqish hamda uni bank mobil ilovalariga integratsiya qilish orqali mijozlarning moliyaviy bilim va ko‘nikmalarini tizimli ravishda oshirish, foydalanuvchilarning moliyaviy jihatdan ijobiy xatti-harakatlarini shakllantirish, xususan gamifikatsiya elementlari yordamida ularning faolligini rag‘batlantirish orqali masofaviy bank xizmatlari samaradorligini ta’minlash taklif etilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini samaradorligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘lov tizimlarida axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash orqali masofaviy bank xizmatlarini kengaytirish haqidagi taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentyabrdagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-964-sonli Qonunning 7-moddasi 8-bandi (“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasi ikkinchi qismi sakkizinchi xatboshisining yangi tahriri)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisi Qonunchilik Palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi №9/dn-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bank tizimida kiberhujumlardan himoyalanish darajasini, mijozlar ishonchini va tranzaksiyalarning uzlyuksiz hamda xavfsiz amalga oshirilishini sezilarli darajada oshirib, masofaviy bank xizmatlari samaradorligi va raqobatbardoshligini ta’minlash imkonini bergan;
axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlikni ta’minlash asosida to‘lov tizimlari operatorlari hamda to‘lov xizmatlari provayderlari faoliyati ustidan Markaziy bank tomonidan amalga oshirilayotgan nazorat mexanizmlarini institutsional va texnologik jihatdan takomillashtirish choralari ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentyabrdagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-964-sonli Qonunning 7-moddasi 9-bandi (“To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi Qonunning 57-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish)ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi №9/dn-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, to‘lov tizimlari va provayderlari faoliyatining shaffofligi, kiberhujumlarga qarshi barqarorligi hamda Markaziy bank nazoratining samaradorligini sezilarli oshirib, milliy to‘lov tizimining ishonchliligi va masofaviy bank xizmatlari xavfsizligini ta’minlagan;
avtomatlashtirilgan bank tizimida kompleks axborotni muhofaza qilish va kiberxavfsizlik darajasini bir birlikka oshirish orqali masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish ehtimolini 2,03 barobarga oshirishiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentyabrdagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi OʼRQ-964-sonli Qonunning 5-moddasi 2-bandi (“Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborotni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zR Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi №9/dn-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mijozlar ishonchini mustahkamlash, masofaviy bank xizmatlari qamrovi va hajmini kengaytirish hamda tijorat banklarining raqamli xizmatlar bozoridagi raqobatbardoshligi va daromadliligini barqaror oshirish imkonini beradi;
moliyaviy savodxonlik platformasini ishlab chiqish hamda uni bank mobil ilovalariga integratsiyalash, gamifikatsiya elementlari (ballar, darajalar, mukofotlar va interaktiv topshiriqlar) orqali foydalanuvchilarning moliyaviy jihatdan ijobiy xatti-harakatlarini shakllantirish va faolligini rag‘batlantirish asosida masofaviy bank xizmatlari samaradorligini ta’minlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 20-sentyabrdagi “Kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-964-sonli Qonunning 2-moddasi 2-bandi (“O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasi birinchi qismi o‘n ettinchi xatboshisiga kiritilgan o‘zgartirish)ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 28-oktyabrdagi №9/dn-215-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mijozlarning moliyaviy bilim darajasi, mobil bank ilovalaridan foydalanish faolligi va sodiqligini oshirib, masofaviy bank xizmatlari aylanmasi, daromadliligi hamda raqobatbardoshligining barqaror o‘sishini ta’minlagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish