Samieva Maftuna Faxriddin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Korxonaning axborot tizimlarini rivojlantirishda IT-ausorsingdan foydalanish yo‘llari”, 08.00.16 – “Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4619.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Munis Kurbonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xusainov Shavkat Abdushukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamasoatov Dilshod Ravshanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Korxonaning axborot tizimlarini rivojlantirishda IT-ausorsingdan foydalanish yo‘llari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
IT-ausorsing muvaffaqiyatini baholashda xarajat va xizmat sifati kabi an’anaviy yondashuvlardan farqli ravishda innovatsion salohiyat, ichki IT-kompetensiyalar hamda xodimlarning o‘zgarishlarga tayyorligini qamrab oluvchi ko‘p fazali integrativ konseptual model asosida IT-ausorsingning shartnomaviy hayot sikli bosqichlari kesimida innovatsion samaradorlik indikatorlarini differensial baholash taklifi ilmiy asoslangan; 
korxona axborot tizimlarini IT-ausorsing asosida yaratish va qo‘llab-quvvatlash loyihalarida kumulyativ xavf darajasini aniqlash hamda ularning o‘zaro ta’sirini miqdoriy baholashga yo‘naltirilgan neyro-noaniq modellashtirish metodikasi ishlab chiqilgan; 
strategik IT funksiyalarni ichki boshqaruvda saqlash va texnik funksiyalarni tashqi xizmatlarga funksional taqsimlashga asoslangan IT-ausorsingning gibrid boshqaruv modeli ishlab chiqilgan; 
korxona axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida qaror qabul qilishni tizimga integratsiya qilish orqali IT-loyihalar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan IT-ausorsingdan foydalanishning mantiqiy-axborot modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korxonaning axborot tizimlarini rivojlantirishda IT-ausorsingdan foydalanish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
IT-ausorsing muvaffaqiyatini baholashda xarajat va xizmat sifati kabi an’anaviy yondashuvlardan farqli ravishda innovatsion salohiyat, ichki IT-kompetensiyalar hamda xodimlarning o‘zgarishlarga tayyorligini qamrab oluvchi ko‘p fazali integrativ konseptual model asosida IT-ausorsingning shartnomaviy hayot sikli bosqichlari kesimida innovatsion samaradorlik indikatorlarini differensial baholash taklifi “Texnopark” MChJning boshqaruv faoliyatida foydalanilgan (“Texnopark” MChJning 2026-yil 2-fevraldagi 04/2-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-martdagi 33-8/1911-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, innovatsion salohiyat, ichki IT kompetensiyalarning saqlanishi, xodimlarning o‘zgarishlarga tayyorligi kabi ko‘p e’tibor berilmay kelgan omillarni ham tizimli ravishda birlashtirishga imkon bergan;
korxona axborot tizimlarini IT-ausorsing asosida yaratish va qo‘llab-quvvatlash loyihalarida kumulyativ xavf darajasini aniqlash hamda ularning o‘zaro ta’sirini miqdoriy baholashga yo‘naltirilgan neyro-noaniq modellashtirish metodikasiga doir taklifi “UzInfocom” MChJ faoliyatida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-martdagi 33-8/1911-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tizimi takomillashtirilib, IT xizmatlar sifati, resurslardan foydalanish samaradorligi va innovatsion loyihalarni joriy etish tezkorligi oshgan;
strategik IT funksiyalarni ichki boshqaruvda saqlash va texnik funksiyalarni tashqi xizmatlarga funksional taqsimlashga asoslangan IT-ausorsingning gibrid boshqaruv modeliga doir taklifi “Texnopark” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“Texnopark” MChJning 2026-yil 2-fevraldagi 04/2-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-martdagi 33-8/1911-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, ausorsing orqali infratuzilma xarajatlari 15-20 %ga qisqarishi, dasturiy mahsulot ishlab chiqish muddati 25 %ga kamayishi va innovatsion faoliyat hajmining yiliga o‘rtacha 15 ta yangi echim bilan oshishiga erishilgan;
korxona axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash jarayonlarida qaror qabul qilishni tizimga integratsiya qilish orqali IT-loyihalar samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan IT-ausorsingdan foydalanishning mantiqiy-axborot modeliga doir taklifi “Texnopark” MChJ faoliyatiga joriy etilgan (“Texnopark” MChJning 2026-yil 2-fevraldagi 04/2-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2026-yil 4-martdagi 33-8/1911-sonli ma’lumotnomalari). Natijada, IT-loyihalarni boshqarish bo‘yicha qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash tizimiga integratsiya qilish orqali ularni yangi iqtisodiy ilovalarga moslash va kengaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish