Djabbarov Anvar Muxammadsalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4068
Ilmiy rahbar: Qiyosov Sherzod Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.30.01
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axrorov Zarif Oripovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni takomillashtirishga doir ilmiy-uslubiy hamda amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjiridagi uzilishlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarni sohalar kesimida segmentatsiyalash, ularni dasturiy tahlil asosida aniqlash hamda hududiy tushuntirish va nazorat tadbirlari bilan uyg‘unlashtirish orqali asossiz chegirmalar va qoplash talablarini qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish va QQS undirishdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qiluvchi mexanizm takomillashtirilgan;
soliq tizimi barqarorligini mustahkamlash, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, xususiy sektor faolligini kengaytirish hamda soliq ma’muriyatchiligining takomillashuvini ta’minlashda biznes uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini uch yil davomida oshirilmasligini kafolatlash taklifi berilgan;
davlat byudjeti xarajatlarining himoyalangan moddalari barqaror moliyalashtirilishini ta’minlashda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni soliq bazasiga ta’siri, soliq intizomi va iqtisodiy samaradorligi mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqish hamda ularni differensial tartibda bekor qilish orqali soliq to‘lovchilar sonini oshirish, soliq bazasini kengaytirish hamda davlat byudjeti daromadlari barqarorligini mustahkamlash mexanizmi asoslab berilgan;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish, hisoblash va to‘lash jarayonlariga raqamli soliq ma’murchiligini joriy etish orqali soliq undiruvchanligini oshirish hamda soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish va soliq to‘lash bilan bog‘liq vaqt xarajatlarini qisqartirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjiridagi uzilishlar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarni sohalar kesimida segmentatsiyalash, ularni dasturiy tahlil asosida aniqlash hamda hududiy tushuntirish va nazorat tadbirlari bilan uyg‘unlashtirish orqali asossiz chegirmalar va qoplash talablarini qisqartirish, soliq bazasini kengaytirish va QQS undirishdagi yo‘qotishlarni kamaytirishga xizmat qiluvchi mexanizmgan oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi “Jahon banki ishtirokidagi «Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-178-sonli Qarori”da inobatga olingan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasining 2025 yil 15 yanvardagi 11-05112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qo‘shilgan qiymat solig‘i zanjirini dasturiy mahsulot yordamida tahlil qilgan holda asossiz hisobga olingan yoki qoplab berish so‘ralgan soliq summalarini aniqlash va ularning undirilishini ta’minlash, samarasiz soliq imtiyozlarini bekor qilish, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasida mahsulotlarning identifikatsiya kodlari to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilishini ta’minlash vositasida soliq bazasini kengaytirish, ayrim tovarlarni markirovkalash tizimini kengaytirish yo‘li bilan tovarlarning yakuniy iste’molchigacha bo‘lgan harakatlanish zanjirini to‘liq nazoratga olish asosida QQSni to‘laydigan korxonalar toifasi kengaytirilgan, soliq to‘lovchilar soni oshgan, qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishda yo‘qotishlarning kamayishiga erishilgan;
soliq tizimi barqarorligini mustahkamlash, investisiyaviy jozibadorlikni oshirish, xususiy sektor faolligini kengaytirish hamda soliq ma’muriyatchiligining takomillashuvini ta’minlashda biznes uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasini uch yil davomida oshirilmasligini kafolatlashga oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “«O‘zbekiston-2030» strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasining 2025 yil 15 yanvardagi 11-05112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, monopol sohalarni bozor tamoyillariga izchil o‘tkazish, iqtisodiyotda xususiy sektor ulushini oshirish, tadbirkorlarga erkin faoliyat yuritishi uchun eng qulay sharoitlar yaratish vazifalari ijrosi ta’minlanishiga muhim hissa qo‘shilgan va investision faollik, jalb etilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar soni oshgan, soliq qonunchiligi va me’yoriy-xuquqiy bazasida, soliq amaliyotidagi uslubiy ko‘rsatma va yo‘riqnomalarga aniqliklar va qo‘shimchalar qilingan tizimini yaratish yuzasidan soliq ma’muriyatchiligi faollashuvi ta’minlangan;
davlat byudjeti xarajatlarining himoyalangan moddalari barqaror moliyalashtirilishini ta’minlashda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha amaldagi imtiyozlarni soliq bazasiga ta’siri, soliq intizomi va iqtisodiy samaradorligi mezonlari asosida qayta ko‘rib chiqish hamda ularni differensial tartibda bekor qilish orqali soliq to‘lovchilar sonini oshirish, soliq bazasini kengaytirish hamda davlat byudjeti daromadlari barqarorligini mustahkamlash mexanizmiga oid taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2023-2025 yillarga mo‘ljallangan Fiskal Strategiya”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasining 2025 yil 15 yanvardagi 11-05112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yildan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari QQS to‘lashi lozim bo‘lgan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni ellik gektardan yigirma besh gektargacha pasaytirilishi hisobiga, soliq maslahatchilari tashkilotlari, auditorlik tashkilotlari va notijorat tashkilotlari (tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan taqdirda) tushumidan qat’iy nazar QQS to‘lashga o‘tkazilgani bois, eksportchilar uchun QQSdan imtiyozning oxirgi bir yil davomida valyuta tushumlarini o‘z vaqtida ta’minlab kelayotgan va eksport shartnomalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorligi bo‘lmagan intizomli soliq to‘lovchilargagina tatbiq etilishi tartibi hisobiga soliq to‘lovchilari soni oshgan va soliq bazasi kengaygan;
qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olish, hisoblash va to‘lash jarayonlariga raqamli soliq ma’murchiligini joriy etish orqali soliq undiruvchanligini oshirish hamda soliq to‘lovchilarning hisobot topshirish va soliq to‘lash bilan bog‘liq vaqt xarajatlarini qisqartirisha oid taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 24 martdagi “Jahon banki ishtirokidagi «Soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-178-sonli Qarori”da inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq Qo‘mitasining 2025 yil 15 yanvardagi 11-05112-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 2023 yil yakunlariga ko‘ra qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirish jarayonlarini avtomatlashtirish jarayonini amalga oshirilishi qo‘shilgan qiymat solig‘i undiruv darajasi oshgan, soliq to‘lovchilarning soliq hisobotlarini tayyorlash, taqdim etish va soliqlarni to‘lash uchun vaqt sarfi kamaygan