Ergasheva Munisa Yakubovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Enterovirusli infeksiyalarning klinik-virusologik xususiyatlari», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib274.
Ilmiy rahbar: Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Orifjon Abdumalikovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: enterovirusli infeksiyalarning klinik-laborator xususiyatlarini aniqlash asosida tashxisot mezonlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududimizda yoshi, mavsumiyligi va epidemiologik tavsifini hisobga olgan holda serozli meningit, o‘tkir respirator infeksiya va kataral angina rivojlanishida enterovirusli infeksiyalarning ahamiyati isbotlangan;
enterovirusli meningitlarda, gerpanginalarda va enterovirusli infeksiyalarning kichik shakllarida serotiplar taqsimlanishining hududga xos xususiyatlari isbotlangan;
enterovirusli meningitlar, gerpanginalar, «kichik isitma» va enterovirusli infeksiyalar respirator shaklining klinik-laborator kechish xususiyatlari asoslangan;
enterovirusli serozli meningit, gerpangina, «kichik isitma» va enterovirusli infeksiyalar respirator shakliga tashxis qo‘yish uchun tashxislash tizimi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Enterovirusli infeksiyalarning klinik-virusologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Enterovirusli infeksiyalarning klinik-laborator tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n-d/205-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma enterovirusli infeksiyalarni klinik-laborator tashxislash tizimlarini qo‘llash asoratlarni kamaytirishga va shifoxonada davolanish muddatlarini qisqartirishga, kasallik residiv xavfini yo‘qotish imkonini bergan;
enterovirusli infeksiyalarning klinik-virusologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Navoiy viloyat bolalar yuqumli kasalliklar va Termiz shahar bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 dekabrdagi 8n-z/239-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar enterovirusli infeksiyani o‘z vaqtida klinik-laborator tashxisotini o‘tkazish, bemorlarning davolanish muddatini qisqartirish, kasallik asoratlarini va residivlarni oldini olish imkonini bergan.