Raxmatov Murod G‘aybullaevichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘janing Turkiston mustaqilligi uchun kurashdagi faoliyati (XX asr birinchi yarmi)”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.DSc/Tar538 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, ilmiy kengash raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti. DSc.03/2025.27.12.Tar.04.04
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi, unvoni: Djumashev Askar Mambetovich, tarix fanlari doktori(DSc), professor. Tursun Xazretali Maxanuli, tarix fanlari doktori, professor? Ermetov Avaz Abdullaevich, tarix fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Etakshi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘janing XX asr birinchi yarmida Turkiston mustaqilligi uchun kurashdagi faoliyatini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 1917-yilda Mustafo Cho‘qay va Ahmad Zaki Validiy Turkiston o‘lkasida, xususan, Toshkentda kechgan siyosiy jarayonlarning markazida turib, siyosiy yo‘lboshchi va lider sifatida avval Rossiya imperiyasi, so‘ngra bolsheviklarga qarshi olib borgan hurriyat va ozodlik kurashiga rahbarlik qilish barobarida ushbu  harakatga Turkiston birligi va mustaqilligi uchun kurashish g‘oyasini singdirishda muhim o‘rin tutganliklari ochib berilgan;
Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, atoqli davlat va jamoat arbobi Usmon Xo‘ja (Usmon Xo‘jaev) BXSR tuzilgach, moliya noziri (1920), Davlat nazorati noziri (1921), BXSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining birinchi raisi (1921-yil avgust – 1922-yil boshlari) kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan bo‘lsa ham, Buxoroni o‘z milliy armiyasi, milliy hukumati bo‘lgan haqiqiy ma’nodagi mustaqil respublikaga aylantirish harakatlari zoe ketgach sovetlar bilan aloqasini uzib, qurolli muxolifat tomoniga o‘tgan holda milliy istiqlol kurashini xalqaro miqyosga olib chiqqanligi dalillangan;
1921–1923-yillari Ahmad Zaki Validiy o‘z rahnamoligida Buxoro, Karmana, Jizzax, Samarqand, Toshkent viloyatidagi istiqlolchilar huzuriga jadid ziyolilari va demokratik kuchlarni siyosiy maslahatchilar sifatida yuborib, qo‘rboshilar guruhlarini dushmanga qarshi shafqatsiz kurashida ularni jangovarlik ruhini ko‘tarish, bolshevizmning yolg‘onlari va sovet davlatining quruq va’dalariga ishonmaslikka chaqirgani holda turkiy xalqlar qurolli harakatini g‘oyaviy jihatdan jipslashtirishga intilganligi asoslangan;
Turkistonlik siyosiy arboblarning xorijdagi faoliyatida Turkiston Milliy Birligi tashkiloti va u tomondan chop etilgan “Yangi Turkiston” va “Yosh Turkiston” jurnallari muhim ahamiyat kasb etib, o‘z sahifalarida sovet davlatining o‘lkadagi mustamlakachilik siyosatini fosh etib, xorijda Turkiston taqdiri uchun mujodalaga kirishgan millat oydinlari va munavvarlarining faoliyatini yoritgan holda, sovet davlatining shovinistik siyosati va kommunistik mafkuraga qarshi turonchilik, turkchilik va islomchilik g‘oyalarini qarshi qo‘yganligi ochib berilgan;
Turkiston muhojirlari Polsha davlati tomonidan sovetlarga qarshi tuzilgan “Prometey” jamiyati va nashri bilan hamkorlikka kirishib, Berlindagi Turkiston Milliy Birligi tashkilotining so‘nggi qurultoyida jamiyatning yaqin kelajakdagi taktika va strategiyasini belgilab olgan bo‘lsa-da, sovet davlati tazyiqi bilan Gitler hukumati tomonidan turkistonlik muhojirlarning ta’qib etilishi, Turkiyada ham turkistonliklar va boshqa turk musulmon jamiyatlariga nisbatan tazyiq kuchayishi sharoitida 1939-yil sentyabrdan tashkilot faoliyati asta-sekin to‘xtab qolganligi ochib berilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati turkistonlik muhojirlarning xorijdagi faoliyati, ularning sovet davlatiga qarshi olib borgan kurashlari, milliy siyosiy tashkilotlar va matbuot nashrlarining tashkil etilishi Turkistonda sovet hokimiyati yuritgan mustamlakachilik siyosatining mohiyatini ko‘rsatish va ochiqlash uchun tarixiy bilimlarni yanada chuqurlashtirish hamda ilmiy xulosalarni boyitish bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati O‘zbekistonning XX asr birinchi yarmi tarixini chuqur o‘rganishda, tarix muzeylari va kutubxonalardagi mavjud ekspozisiyalar va adabiyotlarni yangi tarixiy dalillar va ma’lumotlar bilan boyitish va yangilashda, shuningdek, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim tizimida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va qo‘shimcha adabiyotlar tayyorlash borasida davlat dasturlarini bajarishda xizmat qilishi bilan belgilanadi. 
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat: Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘janing Turkiston mustaqilligi uchun kurashi arxiv hujjatlari, xotiralari, davriy matbuot materiallari, og‘zaki tarix ma’lumotlari asosida ilk marta ilmiy muomalaga kiritildi hamda ilmiy metodologik yondashuvlar asosida tavsiyalar ishlab chiqilgan;
Turkiston Milliy Birligi tashkilotining Turkiyada saqlanayotgan arxivi hujjatlari, ularning Istanbul va Berlinda o‘tgan ko‘plab qurultoylarida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar, xorijda chop etilgan turkistonliklarning turli jurnallari ilmiy muomalaga tortilib, olingan xulosalar asosida tahlil va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarning joriy qilinishi:  Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘janing XX asr birinchi yarmida Turkiston mustaqilligi uchun kurashidagi faoliyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida: 
XX asrning birinchi yarmida Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘janing Turkiston mustaqilligi uchun kurashdagi faoliyati mavzusidagi tayyorlangan tadqiqot ishi ilmiy natijalari va ma’lumotlaridan muzey ekzpozisiyani boyitishda foydalanildi. Mustafo Cho‘qay, Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘janing Turkiston mustaqilligi uchun kurashdagi faoliyatiga doir bir qancha hujjatlar taqdim etilgan ilmiy natijalar va manbalar muzey ekspozisiyasini boyitishga xizmat qildi; (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyining 2025-yil 22-avgustdagi 213-son ma’lumotnomasi);
Jadidchilik harakati namoyandalarining g‘oyaviy va nazariy qarashlari, Butunturkiston musulmonlarining 1917-yilda o‘tkazilgan qurultoylari hamda Turkiston o‘lka Musulmonlar sho‘rosining tuzilishi, Mustafo Cho‘qay va Ahmad Zaki Validiy va Usmon Xo‘jalarning Turkistondagi siyosiy faoliyati, Mustafo Cho‘qay, Usmon Xo‘ja va Validiyning Turkiya va Evropadagi faoliyati, ikkinchi jahon urushi va “sovuq urush”ning boshlanishi davrida Turkiston mustaqilligi uchun kurash g‘oyasiga oid ilmiy-tarixiy materiallardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 25-avgustdagi 01-33/638-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuvlar mazmunini mukammallashtirishga, ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan;
Turkiston taraqqiyparvarlari XX asr boshlaridayoq Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash maydoniga kirib, muxtoriyatchilik g‘oyasini o‘rtaga tashlaganlari aniqlanganligi, Turkiston Muxtoriyati hukumatining sovet davlati harbiy kuchlari tomonidan tor-mor etilishi, bolsheviklar tomonidan jadidlar va milliy kommunistlarning ta’qib etilishi, qizil armiyaga qarshi kurashayotgan istiqlolchilik harakatining mag‘lubiyatga uchrashiga qaramasdan Turkiston mustaqilligi uchun kurash to‘xtamaganligi, Turkiston mustaqilligi va ozodligi uchun kurash shiori xalqaro maydonda dadil qo‘yilganligi va bu yo‘ldagi amaliy harakatlar dalillar asosida ko‘rsatilganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi dasturida foydalanilgan. (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-yil 15-sentyabrdagi № 02-05/85-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan 2.2.1.Saylovoldi dasturining Milliy madaniyat va ma’naviyatni rivojlantirish, qadriyatlarni asrash va boyitish yo‘nalishida keltirilgan vazifalar ijrosini bajarishga xizmat qiladi. Ushbu vazifalarni ijro etishda ilmiy tadqiqot ishlari natijalari va xulosalaridan foydalanildi. Milliy tariximizning o‘rganilmagan sahifalarini yoritishga xizmat qilib, partiya oldida turgan muhim vazifalarni xalqimiz, jamiyatimiz ongiga, yoshlarimiz tafakkuriga etkazishga xizmat qiladi. 
Turkiston Muxtoriyati hukumati sovet davlatining harbiy kuchlari tomonidan mag‘lub etilganiga, bolsheviklar tarafidan jadidlar va milliy kommunistlarga nisbatan shiddatli ta’qiblar amalga oshirilganligi, Qizil Armiyaga qarshi ozodlik uchun olib borilgan milliy istiqlol harakati mag‘lubiyatga uchraganiga qaramasdan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash to‘xtamaganligi, Turkiston mustaqilligi va ozodligi g‘oyasi xalqaro maydonda dadil tarzda ilgari surilgan bo‘lib, bu yo‘nalishda amalga oshirilgan harakatlar turli manbalar va dalillar asosida tahlil qilinganligi va bu yo‘ldagi amaliy harakatlar dalillar asosida ko‘rsatilganligiga oid ilmiy ishning umumiy mazmun-mohiyati O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025–2029-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturining 9-qadami “sport va madaniyatni qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish” yo‘nalishida keltirilgan vazifalar ijrosini bajarishda foydalanildi. (O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 2025-yil 17-sentyabrdagi №5-378-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi milliy tariximizning o‘rganilmagan sahifalarini yoritishga, o‘zbek madaniyati va tarixini targ‘ib qilishga hissa qo‘shib, partiya oldida turgan muhim vazifalarni xalqimiz, jamiyatimiz ongiga, yoshlarimiz tafakkuriga etkazishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish