Ulashov Sherbek Muxiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Zaharli xrom teri oshlovchilar o‘rnini bosuvchi mahalliy xitozan va glutar aldegididan Shiff asoslarini sintez qilish», 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/K669.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/2026.31.01.K/T.02.08.
Rasmiy opponentlar: Muxamedov Qobiljon Gofurovich, texnika fanlari doktori, professor; Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Apis Mellifera xitozani va glutar aldegid asosida terini oshlash jarayonida zaharli xrom birikmalar uchun Shiff asoslarini sintez qilish, ularning strukturaviy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xromat oshlovchilarning inson salomatligiga ta’siri borligi aniqlanib, qorako‘l terisini oshlashda yuqori toksik moddalarni 50% gacha tabiiy xitozan Apis Mellifera asosidagi preparatlar bilan almashtirish imkoniyati isbotlangaan;
terilarni oshlash uchun toksik xrom birikmalari glutar aldegid va quyi molekulali xitozan asosida sintez qilingan Shiff asoslarining optimal sharoitlari (konsentratsiya, harorat, pH) aniqlangan;
xitozan va glutar aldegid orasidagi funksional guruhlarning o‘zaro ta’siri, molekulyar tuzilishi zamonaviy kvant kimyoviy usullar yordamida isbotlandi va zaharligi pastroq bo‘lgan oshlash agentining konformatsion parametrlari hisoblab chiqilgan;
qorako‘l terisini qayta ishlash texnologiyasi Apis mellifera xitozani va glutar aldegid asosidagi zaharligi pastroq preparat yordamida fermentatsiya jarayonini qisqartirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sintez qilingan Shiff asosi yordamida qorako‘l terilarini qayta ishlash texnologiyasini achitish jarayonidan voz kechib takomillashtirish va ekologik toza yangi oshlovchi moddaning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qorako‘l terisini oshlash uchun xitozan va glutar aldegid asosida ekologik toza toksik bo‘lmagan Shiff oshlovchisining olish texnologiyasi Buxoro qorako‘l klaster” MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2025 yil 27 oktyabrdagi 01-07/2896-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, qo‘rako‘l terisini oshlash texnologiyasidagi achitish jarayoni qisqartirishga va “ekologik toza” charm olishga hamda mahsulot tannarxini pasaytirish imkonini bergan;
Shiff asosni qorako‘l terilarini oshlash jarayonida qo‘llash orqali import o‘rnini bosa oladigan raqobatbardosh, chetdan olib kelinadigan zaharli xrom oshlovchilarning miqdorini kamayishiga, ekologik muhitni yaxshilash bilan bir qatorda oqova suvlarga zaharli moddalarning chiqishini kamaytiruvchi oshlovchi modda “Buxoro qorako‘l klaster” MChJda amaliyotga joril qilingan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zcharmsanoat” uyushmasining 2025 yil 27 oktyabrdagi 01-07/2896-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, terini oshlash jarayoni ikki baravar qisqartirish, yarim tayyor qorako‘l to‘qimasining qalinligi 15% ga oshirilishi hamda uning gidrotermal degradatsiyaga chidamliligi yaxshilanish imkonini bergan.