Normaeva Mashhura G‘ulomovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tashqi siyosatida diplomat ayollar faolligini oshirish vositalari (Turkiya tajribasi misolida)”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ss414
Ilmiy rahbar: Niyazova Nargiza Muxtarovna siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12/Ss.05.02
Rasmiy opponentlar: Nurimbetov Rahmatulla Ibragimovich, siyosiy fanlar doktori (DSc), Djumaeva Gulnor Sattarovna, siyosiy fanlar doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Turkiya tajribasi misolida O‘zbekiston tashqi siyosatida diplomat ayollar faolligini oshirish vositalari. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xalqaro munosabatlar tizimidagi ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qoidalarning qattiq kuch tamoyillariga ko‘ra o‘zgarib borishi, diplomat kasbining maskulin tabiati haqidagi qarashlarning birlamchi mezon sifatida talqin etilishi hamda an’anaviy diplomatiya va ishonch inqirozining paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan destruktiv yondashuvlar ayollarning diplomatiya sohasidagi keng qamrovli ishtirokini ifoda etuvchi “ayollararo diplomatiya” konsepsiyasidan kelib chiqib asoslab berilgan; 
Turkiya Respublikasining tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatida milliy manfaatlarni yumshoq kuch vositalari orqali izchil ilgari surish hamda muzokaralardagi vositachilik va tinchlikni ta’minlash yo‘lida ayol diplomat kadrlar xizmatidan samarali foydalanishdagi tajriba Turkiya jamiyatida ayol diplomatlarning roli va ulushini oshirib borishga xizmat qiladigan funksional desegregasiya tamoyiliga ko‘ra isbotlangan;
til, din, madaniyat va qadriyatlari bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajadagi siyosiy muloqotlar orqali faollashgani, o‘zaro ishonch tizimli ravishda mustahkamlanib borayotgani hamda “Turkiy nigoh – 2040” konsepsiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va madaniy diplomatiya sohasi rivojiga hissa qo‘shgan davlat arboblari, olima, yozuvchi, fan, san'at va madaniyat sohasi vakilalari uchun “Diplomat ayol” medalini ta’sis etish taklifi asoslab berilgan;   
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida ko‘zda tutilgan xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat vakili bo‘lishi hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston tashqi siyosatida ayol diplomatlar ishtirokini kuchaytirishning inklyuziv asoslarini takomillashtirish va diplomat ayollarning milliy ko‘nikma va tajribasini izchil oshirishga qaratilgan vositalardan biri sifatida “Diplomatiyada ayollar” mentorlik dasturini joriy etish taklifi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbekiston tashqi siyosatida diplomat ayollar faolligini oshirish vositalarini (Turkiya tajribasi misolida)” o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasida ko‘zda tutilgan xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat vakili bo‘lishi hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ustuvor vazifalaridan kelib chiqib, O‘zbekiston tashqi siyosatida ayol diplomatlar ishtirokini kuchaytirishning inklyuziv asoslarini takomillashtirish va diplomat ayollarning milliy ko‘nikma va tajribasini izchil oshirishga qaratilgan vositalardan biri sifatida “Diplomatiyada ayollar” mentorlik dasturini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Evropa mamlakatlari va Evropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi tomonidan respublika vazirlik va idoralariga yuboriladigan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2025-yil 6-dekabrdagi №10/688-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertasiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Xalqaro munosabatlar tizimidagi ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qoidalarning qattiq kuch tamoyillariga ko‘ra o‘zgarib borishi, diplomat kasbining maskulin tabiati haqidagi qarashlarning birlamchi mezon sifatida talqin etilishi hamda an’anaviy diplomatiya va ishonch inqirozining paydo bo‘lishiga sabab bo‘layotgan destruktiv yondashuvlar ayollarning diplomatiya sohasidagi keng qamrovli ishtirokini ifoda etuvchi “ayollararo diplomatiya” konsepsiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini kuchaytirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ifodalash, shuningdek  erkaklar va xotin-qizlarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash, xotin-qizlar va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 10-dekabrdagi 02-02/188-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar qo‘mitaning sohaviy, axborot-tahliliy materiallarini boyitish va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.
Til, din, madaniyat va qadriyatlari bir-biriga juda yaqin va o‘xshash bo‘lgan Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik yuqori darajadagi siyosiy muloqotlar orqali faollashgani, o‘zaro ishonch tizimli ravishda mustahkamlanib borayotgani hamda “Turkiy nigoh – 2040” konsepsiyasida belgilangan ustuvor maqsad va vazifalardan kelib chiqqan holda, a’zo davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish va madaniy diplomatiya sohasi rivojiga hissa qo‘shgan davlat arboblari, olima, yozuvchi, fan, san’at va madaniyat sohasi vakilalari uchun “Diplomat ayol” medalini ta’sis etish taklifi O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan tahliliy materiallar tayyorlashda, soha vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazishda, ma’rifiy tadbirlarni shuningdek, konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishdagi tadbirlarni tashkil etishda amaliy jihatdan qo‘llanilgan. (O‘zbekistonda Shanhay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining 2026-yil 20-fevraldagi №51/26-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqotda ilgari surilgan ma’lumotlar tashkilot faoliyatidagi tahliliy materiallarni tayyorlashga va tegishli tashkilotlarga taqdim etishga xizmat qilgan.
Turkiya Respublikasining tashqi siyosiy va diplomatik faoliyatida milliy manfaatlarni yumshoq kuch vositalari orqali izchil ilgari surish hamda muzokaralardagi vositachilik va tinchlikni ta'minlash yo‘lida ayol diplomat kadrlar xizmatidan samarali foydalanishdagi tajriba Turkiya jamiyatida ayol diplomatlarning roli va ulushini oshirib borishga xizmat qiladigan funksional desegregasiya tamoyilidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputatlar, partiya vakillarining hududlarda saylovchilar va partiya faollari bilan uchrashuvlarini tashkil etish, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari ssenariylarini tayyorlashda, saylovlarda ishtirok etuvchi ayollar uchun uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashda ilmiy manba sifatida, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari tomonidan viloyat, tuman va shahar Kengashi sessiyalariga ayollar muammolariga doir masalalarni kiritishda mahalla xotin-qizlari bilan hamkorlik rejasini ishlab chiqishda keng foydalanilgan. (O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining 2025-yil 22-avgustdagi №01-27/356-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur takliflar partiyaning sohaviy, axborot-tahliliy materiallarni boyitish va ushbu yo‘nalishdagi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish