Botirov Doniyor Utkirovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston va Qozog‘iston siyosiy partiyalari faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari”, 23.00.02 – Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Ss402
Ilmiy rahbar: Sirojov Oybek Ochilovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02.
Rasmiy opponentlar: 
Qirg‘izboev Muqimjon, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. O‘zbekiston va Qozog‘istonda siyosiy partiyalar faoliyatini  takomillashtirishga doir konseptual yondashuvlar va mexanizmlar ishlab chiqishdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Zamonaviy davrda siyosiy tizimlarning institutsional qayta konfiguratsiyasi va mafkuraviy moslashuvi, ularning siyosiy spektrdagi an’anaviy pozisiyalari hamda mafkuraviy asoslari o‘rtasidagi tafovutlarning bosqichma-bosqich nisbiylashuvi, partiyalararo g‘oyaviy yaqinlashuv natijasida tashkiliy arxitektura va siyosiy strategiyalarda strukturaviy qorishuv jarayonlari kuchayayotgani “siyosiy partiyalarning konvergensiya konsepsiyasi” asosida ilmiy jihatdan aniqlangan;
O‘zbekiston partiyaviy tizimi davlat tomonidan muvofiqlashtirilgan va evolyusion liberallashtirish tamoyillariga asoslangan “konsensusga yo‘naltirilgan ko‘p partiyaviylik” modeli sifatida izchil rivojlanib borayotgani, Qozog‘istonda partiyaviy tizim tarixan hukmron partiya yetakchiligi va markazlashgan boshqaruv modeli asosida shakllanib, keyingi bosqichda siyosiy modernizatsiya, institutsional ochiqlikni kengaytirish va partiyalararo raqobatni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar natijasida “dominant tizim”dan “cheklangan raqobatli plyuralizm”ga o‘zgarayotgani ilmiy jihatdan isbotlangan;
O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarida siyosiy partiyalarning institutsionallashuv jarayoni davlat siyosatining barqarorligini ta’minlash, turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarini artikulyasiya va agregatsiya qilish orqali ularni siyosiy boshqaruv mexanizmlariga integratsiyalash bilan bir qatorda, siyosiy liderning siyosiy imijini shakllantirish texnologiyalarini qo‘llash asosida partiyalarning elektorat bilan kommunikativ aloqadorligini, legitimlik darajasini va siyosiy ta’sirchanligini oshiruvchi kompleks fenomen ekanligi ilmiy jihatdan dalillangan;
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining institutsional chuqurlashuvi, davlatlararo Track II diplomatiya formatlarining shakllanishi hamda ikki davlat siyosiy partiyalari o‘rtasidagi siyosiy muloqotning kengayishi asosida ekologiya, iqlim, barqaror energetika va migratsiya sohalaridagi umumiy mintaqaviy muammolarni muhokama qilish, manfaatlarni muvofiqlashtirish va siyosiy echimlar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Qozog‘iston siyosiy partiyalari “siyosiy muloqot klublari”ni tashkil etish zarurati asoslangan.                                                                                                                 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston va Qozog‘iston siyosiy partiyalari faoliyatini takomillashtirish mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalari asosida:
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining institutsional chuqurlashuvi, davlatlararo Track II diplomatiya formatlarining shakllanishi hamda ikki davlat siyosiy partiyalari o‘rtasidagi siyosiy muloqotning kengayishi asosida ekologiya, iqlim, barqaror energetika va migratsiya sohalaridagi umumiy mintaqaviy muammolarni muhokama qilish, manfaatlarni muvofiqlashtirish va siyosiy echimlar ishlab chiqishga xizmat qiluvchi O‘zbekiston-Qozog‘iston siyosiy partiyalari “siyosiy muloqot klublari”ni tashkil etishga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2026-yil 24-apreldagi 5-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga doir axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
O‘zbekiston partiyaviy tizimi davlat tomonidan muvofiqlashtirilgan va evolyusion liberallashtirish tamoyillariga asoslangan “konsensusga yo‘naltirilgan ko‘p partiyaviylik” modeli sifatida izchil rivojlanib borayotgani, Qozog‘istonda partiyaviy tizim tarixan hukmron partiya yetakchiligi va markazlashgan boshqaruv modeli asosida shakllanib, keyingi bosqichda siyosiy modernizatsiya, institutsional ochiqlikni kengaytirish va partiyalararo raqobatni kuchaytirishga qaratilgan islohotlar natijasida “dominant tizim”dan “cheklangan raqobatli plyuralizm”ga o‘zgarayotgani borasida ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining ish rejasida keltirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 19-noyabrdagi 01-27-500-sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga doir axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan. 
Zamonaviy davrda siyosiy tizimlarning institutsional qayta konfiguratsiyasi va mafkuraviy moslashuvi, ularning siyosiy spektrdagi an’anaviy pozisiyalari hamda mafkuraviy asoslari o‘rtasidagi tafovutlarning bosqichma-bosqich nisbiylashuvi, partiyalararo g‘oyaviy yaqinlashuv natijasida tashkiliy arxitektura va siyosiy strategiyalarda strukturaviy qorishuv jarayonlari kuchayayotgani “siyosiy partiyalarning konvergensiya konsepsiyasi” asosida konseptual jihatdan aniqlanganligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston xalq demokratik partiyasining istiqbolli tashabbuslarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 18-noyabrdagi 3-451-sonli dalolatnomasi). Natijada, sohaga oid uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlash hamda axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga xizmat qilgan.
O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalarida siyosiy partiyalarning institutsionallashuv jarayoni davlat siyosatining barqarorligini ta’minlash, turli ijtimoiy guruhlar manfaatlarni artikulatsiya va agregatsiya qilish orqali ularni  siyosiy boshqaruv mexanizmlariga integratsiyalash bilan bir qatorda, siyosiy liderning siyosiy imidjini shakllantirish texnologiyalarini qo‘llash asosida partiyalarning eloktorat bilan kommunikativ aloqadorligini, legitimlik darajasini va siyosiy ta’sirchanligini oshiruvchi kompleks fenomen ekanligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2026-yil 21-apreldagi 04-13/319-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga doir axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish