Xo‘jamurodov Nodirbek Sultonmuradovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Afg‘onistonlik o‘zbek va tojiklar etnomadaniy hayotidagi o‘zgarishlarning etnolokal xususiyatlari”, 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi bo‘yicha (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tar2267
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Tursunov Saypulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Tar.12.01.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Eshmuhamatov Axror Sharipovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy turmush tarzi, etnomadaniy an’analaridagi o‘zgarishlar va ularning etnik integratsiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining hududiy etnik joylashuvi va migratsiyasining tarixiy bosqichlari, ko‘chib kelish yoʻllari, joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, ularning an’anaviy turmush tarzidagi o‘zgarishlar hamda bu jarayonlarga ta’sir etgan siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning o‘rni va ahamiyati faktik materiallar bilan dalillangan;
Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining moddiy madaniyatining qator sohalari (uy-joy, kiyimlar va taomlar) o‘zbek, tojik va turkman xalqlari bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalar natijasida transformatsiyaga uchrab, etnik va lokal (mahalliy) xususiyatlarini saqlab qolgan holda umummintaqaviy xarakter kasb qilishi dala etnografik materiallar asosida aniqlangan;
mahalliy etnomadaniy muhit ta’sirida afg‘on o‘zbek va tojik etnik guruhlarining ma’naviy hayotida (urf-odat va marosimlari) yuz bergan etnointegratsiya jarayonlari, ularning etnik va inoetnik xususiyatlari, umummintaqaviy jihatlarning ustuvorligi, rivojlanish tendensiyalari tarixiy-etnologik aspektda ochib berilgan; 
o‘zga etnomadaniy muhitda afg‘on o‘zbek va tojiklarida milliy-etnik o‘zlikni anglash, azaliy an’analar va qadriyatlar asosida integratsiya jarayonlarining markeri sifatida shakllanganligi, o‘zaro etnoslararo aloqalar natijasida afg‘on o‘zbek va tojiklari orasida ikki tillilik hodisasi shakllanganligi tarixiy-etnografik hamda etnolingvistik tadqiqotlar natijasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Afg‘onistondagi o‘zbek va tojiklarning etnomadaniy hayotidagi o‘zgarishlaridagi etnolokal xususiyatlari mavzusi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasi asosida:
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan milliy-madaniy markazlar Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining hududiy etnik joylashuvi va migratsiyasining tarixiy bosqichlari, ko‘chib kelish yoʻllari, joylashuvining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlanib, ularning an’anaviy turmush tarzidagi o‘zgarishlar hamda bu jarayonlarga ta’sir etgan siyosiy, iqtisodiy, ekologik omillarning o‘rni va ahamiyati faktik materiallardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2026-yil 13-yanvardagi 10/21-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi o‘rtasida millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik va umummilliy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot ishlarining ilmiy-amaliy asoslari boyitildi, shuningdek, Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining tarixi, etnik jarayonlari hamda madaniy merosini keng jamoatchilikka etkazish samaradorligi oshirildi.
Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining moddiy madaniyatining qator sohalari (uy-joy, kiyimlar va taomlar) o‘zbek, tojik va turkman xalqlari bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalar natijasida transformatsiyaga uchrab, etnik va lokal (mahalliy) xususiyatlarini saqlab qolgan holda umummintaqaviy xarakter kasb qilishi dala etnografik materiallar asosida aniqlangan ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvining ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 22-dekabrdagi 01-33/970-son ma’lumotnomasi). Natijada keng teleauditoriya orasida Afg‘oniston o‘zbek va tojiklarining moddiy madaniy merosi, milliy uy-joy me’morchiligi, an’anaviy kiyim-kechak hamda milliy taomlardagi mintaqaviy o‘zaro ta’sir va etnomadaniy uyg‘unlik to‘g‘risidagi ilmiy asoslangan tasavvurlar shakllantirildi, shuningdek, mintaqa xalqlarining moddiy madaniyatidagi etnik va umummintaqaviy jihatlarni teleko‘rsatuvlar vositasida ommalashtirish samaradorligi oshirildi.
Mahalliy etnomadaniy muhit ta’sirida afg‘on o‘zbek va tojik etnik guruhlarining ma’naviy hayotida (urf-odat va marosimlari) yuz bergan etnointegratsiya jarayonlari, ularning etnik va inoetnik xususiyatlari, umummintaqaviy jihatlarning ustuvorligi, rivojlanish tendensiyalari tarixiy-etnologik aspektda ochib berilganligiga oid ma’lumotlardan 2024–2025-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2025-yil 19-dekabrdagi 01-09/140-son ma’lumotnomasi). Natijada aholi orasida mintaqa xalqlarining urf-odat va marosimlaridagi ma’naviy mushtaraklikni anglatish hamda an’anaviy qadriyatlar tizimini asrab-avaylashga qaratilgan targ‘ibot ishlarining ilmiy-uslubiy salohiyati kuchaytirildi, shuningdek, viloyat aholisining etnointegratsiya jarayonlari va ulardagi umummintaqaviy jihatlar to‘g‘risidagi ma’naviy-ma’rifiy savodxonligi yuksaldi.
O‘zga etnomadaniy muhitda afg‘on o‘zbek va tojiklarida milliy-etnik o‘zlikni anglash, azaliy an’analar va qadriyatlar asosida integratsiya jarayonlarining markeri sifatida shakllanganligi, o‘zaro etnoslararo aloqalar natijasida afg‘on o‘zbek va tojiklari orasida ikki tillilik hodisasi shakllanganligi tarixiy-etnografik hamda etnolingvistik tadqiqotlar natijasida aniqlangan ma’lumotlardan “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zolariga ma’ruzalar matni va targ‘ibot materiallarini tayyorlashda foydalangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limining 2025-yil 19-dekabrdagi 01-09/140-son ma’lumotnomasi). Natijada chet ellarda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning milliy-etnik o‘zligini saqlash, ona tili va madaniy qadriyatlarni avlodlarga etkazish masalalariga oid ma’rifiy faoliyatning ilmiy asoslari kengaytirildi, shuningdek, ikki tillilik sharoitida milliy identiklikni mustahkamlashga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarining mazmuni yangi etnolingvistik manbalar bilan boyitildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish