Zokirova Farangiz Tulkinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Bozor raqobati sharoitida kichik biznesni rivojlantirishni strategik boshqarishni takomillashtirish”, 08.00.13-“Menejment”. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.3.PhD/Iqt4528.
Ilmiy rahbari: Allayarov Shamsiddin Amanullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.I.23.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karrieva Yoqutjon Karimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Kaxramonov Xurshid Shuxrat o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘ycha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bozor raqobati sharoitida kichik biznesni rivojlantirishni strategik boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra strategik boshqaruv jarayonida raqamli texnologiyalar va analitik platformalarni integratsiyalash orqali axborot mantiqining iqtisodiy mazmuni bozor kon’yunkturasi dinamikasini prognozlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash jarayonlarini uyg‘unlashtirish orqali qo‘shilgan qiymat yaratish hamda xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan boshqaruv qarorlari tizimi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
kichik innovatsion korxonalar raqobatbardoshligini baholashda integral ko‘rsatkich (Kint)ni miqdoriy baholash usuli tashkiliy, iqtisodiy, innovatsion va ekologik tarkibiy qismlarning kompleks ta’sirini inobatga olgan holda “past daraja” (0–0,3), “o‘rtadan past daraja” (0,31–0,59), “o‘rtacha daraja” (0,6–0,79), “yuqori daraja” (0,8–1,0) miqdoriy chegaralari asosida korxonaning bozordagi samaradorligi, innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish qobiliyati, biznes-jarayonlar samaradorligi va ekologik barqarorlik darajasini baholash orqali strategik qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yondashuv asosida takomillashtirilgan;
kichik korxonaning raqobatbardoshligini tashkiliy, iqtisodiy, innovatsion va ekologik omillar asosida baholashga qaratilgan integral ko‘rsatkichni hisoblashning mualliflik metodikasi taklif etilgan hamda hisob-kitob natijalarini raqobatbardoshlik darajalari bo‘yicha interpretatsiya qilish tizimi takomillashtirilgan; 
kichik tadbirkorlikning 2030-yilgacha bo‘lgan rivojlanishini ifodalovchi panel ma’lumotlar modeli asosida inersion va optimistik ssenariylar kesimida 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlar hisoblangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
uslubiy yondashuvga ko‘ra strategik boshqaruv jarayonida raqamli texnologiyalar va tahliliy platformalarni integratsiyalash orqali axborot mantiqining iqtisodiy mazmuni bozor kon’yunkturasi dinamikasini prognozlash, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash jarayonlarini uyg‘unlashtirish orqali qo‘shilgan qiymat yaratish hamda xavf-xatarlarni kamaytirishga qaratilgan boshqaruv qarorlari tizimi nuqtayi nazaridan takomillashtirish taklifi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining o‘quv jarayoniga joriy etildi (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 3-dekabrdagi 98-sonli buyrug‘i). Mazkur metodologik yondashuvning o‘quv jarayoniga joriy etilishi natijasida talabalarning tahliliy va strategik fikrlash darajasini oshirish, raqamli texnologiyalar hamda analitik platformalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, ma’lumotlarni tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini asoslash qobiliyatlarini takomillashtirish ta’minlanib, bu esa umumiy holatda ta’lim oluvchilarning kasbiy tayyorgarlik sifati oshishiga xizmat qilgan.
kichik innovatsion korxonalar raqobatbardoshligini baholashda integral ko‘rsatkich (Kint)ni miqdoriy baholash usuli tashkiliy, iqtisodiy, innovatsion va ekologik tarkibiy qismlarning kompleks ta’sirini inobatga olgan holda “past daraja” (0–0,3), “o‘rtadan past daraja” (0,31–0,59), “o‘rtacha daraja” (0,6–0,79), “yuqori daraja” (0,8–1,0) miqdoriy chegaralari asosida korxonaning bozordagi samaradorligi, innovatsion mahsulotni tijoratlashtirish qobiliyati, biznes-jarayonlar samaradorligi va ekologik barqarorlik darajasini baholash orqali strategik qarorlar qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi yondashuv kichik biznes subektlari faoliyatiga joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 30-apreldagi 01-06-30-4222-sonli joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida korxonalarning raqobatbardoshlik darajasini tizimli va miqdoriy asosda baholash ta’minlandi, bunda raqobat pozisiyasini aniqlash aniqligi 6% ga oshdi, bu esa strategik qarorlarning asoslanganligini kuchaytirish hamda kichik biznesning bozor raqobati sharoitidagi barqarorligini oshirishga xizmat qildi; 
kichik korxonaning raqobatbardoshligini tashkiliy, iqtisodiy, innovatsion va ekologik omillar asosida baholashga qaratilgan integral ko‘rsatkichni hisoblashning mualliflik metodikasi bo‘yicha hamda hisob-kitob natijalarini raqobatbardoshlik darajalari bo‘yicha interpretatsiya qilish tizimi orqali takomillashtirish taklifi kichik biznes subektlari faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 30-apreldagi 01-06-30-4222-sonli joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi). Joriy etish natijasida kichik biznes tarmoqlarining iqtisodiy o‘sishga qo‘shayotgan hissasini aniq va ishonchli baholash ta’minlandi, bunda ta’sir koeffisientlarini aniqlash aniqligi 5% ga oshdi, bu esa strategik qarorlar qabul qilish jarayonining asoslanganligini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 14 sentyabrdagi PQ-306-son qarorida nazarda tutilgan moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarida korxonalarning samarali ishtirok etishiga xizmat qildi; 
panel ma’lumotlar asosida 2030 yilgacha hisoblab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlar, O‘zbekiston Respublikasida kichik biznes rivojlanishini inersiya va optimistik ssenariylar asosida tavsiflovchi ko‘rsatkichlar sifatida, kichik biznes korxonalari faoliyatiga uzoq muddatli strategiyalar hamda sarmoya dasturlarini ishlab chiqish jarayoniga joriy etildi (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 30-apreldagi 01-06-30-4222-sonli joriy etish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi).  Joriy etish natijasida rivojlanish ssenariysini asoslangan holda tanlash va strategik yo‘nalishlarni o‘z vaqtida tuzatish imkoniyati yaratildi, bunda amaldagi ko‘rsatkichlarning prognoz ko‘rsatkichlardan og‘ishi 6% ga kamaydi, bu esa korxonalar barqarorligini oshirishga xizmat qildi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 11 fevraldagi PQ-59-son qarorida nazarda tutilgan, 2030 yilga qadar venchur sarmoyalar hajmini 2 mlrd AQSh dollarigacha etkazish vazifalariga mos keladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish