Abduxalilova Dilobar Sherali qizining
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Gyote she’riyatining o‘zbek tiliga tarjimalaridagi ekvivalentlik muammolari”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5625.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Raximov Xurram Raximovich, filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Qurbanbaevna, filologiya fanlari doktori, professor; Askarova Shaxnoza Ismoilovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Gyote she’riyatining o‘zbek tiliga tarjimalaridagi leksik ekvivalentlik muammolarini nazariy-amaliy jihatdan tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tarjimashunoslikda adekvatlik va ekvivalentlik tushunchalari orasidagi mukammal tarjimaga erishish kabi mushtarak hamda ekvivalentlikning tarjimada til birliklariga nisbatan qollanilishi, adekvatlik tarjima matnining semantik jihatdan muvofiqlikni anglatishi kabi farqli jihatlar aniqlangan;
she’riy janrning lingvopoetik va prozodik xususiyatlari asosida Gyote she’riyatining o‘zbek tiliga tarjimalari tahlilida semantik, struktural va pragmatik ekvivalentlik asosiy omillar ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslangan;
Gyote she’riyatining o‘zbek tiliga tarjimalaridagi lingvistik va esktralingvistik muammolar aniqlanib, ularga pragmatik ekvivalentlik aspektda echim taklif etilgan;
she’riyat tarjimasida asar badiiyati, shakl va mazmun mushtarakligini saqlash kabi muammolarni bartaraf etish uchun semantik ekvivalentlikning struktural ekvivalentlikdan samaradorligi yuqori ekanligi amaliy tahlillar asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoni o‘rganish davomida olingan natijalarga asoslanib:
tarjimashunoslikda adekvatlik va ekvivalentlik tushunchalari orasidagi mukammal tarjimaga erishish kabi mushtarak hamda ekvivalentlikning tarjimada til birliklariga nisbatan qo‘llanilishi, adekvatlik tarjima matni semantik jihatdan muvofiqlikni anglatishi kabi farqli jihatlar aniqlanganligi xususidagi ilmiy-nazariy qarashlardan Toshkent davlat agrar universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan AL-672205589-sonli “O‘rmonchilik sohasiga oid atamalarning o‘zbekcha-inglizcha-ruscha-nemischa illyustrativ elektron lug‘at mobil ilovasini yaratish” nomli grant loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat agrar universitetining 2025-yil 2-sentyabrdgi 17.01/236-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis tilidagi atamalarni o‘zbek tilidagi ekvivalentlari bilan semantik va struktural jihatdan moslashtirish taʼminlagan;
she’riy janrning lingvopoetik va prozodik xususiyatlari asosida Gyote she’riyatining o‘zbek tiliga tarjimalari tahlilida semantik, struktural va pragmatik ekvivalentlik asosiy omillar ekanligi nazariy va amaliy jihatdan asoslanganligi to‘gʻrisidagi xulosalardan O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiyasiyasi tomonidan muntazam o‘tkazilib boriladigan o‘quv seminarlari va malaka oshirish mashgʻulotlarida o‘quv materiali sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston nemis tili o‘qituvchilari assotsiyasining 2025-yil 18-avgustdagi 16-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yoʻnalishdagi ilmiy xulosalar, tavsiyalar va takliflar o‘tkazilgan seminar dasturini boyitishga hamda olib boriladigan seminarlarning ilmiy qimmatini oshishiga xizmat qilgan;
Gyote she’riyatining o‘zbek tiliga tarjimalaridagi lingvistik va esktralingvistik muammolar aniqlanib, ularga pragmatik ekvivalentlik aspektda echim taklif etilganligi haqidagi xulosalaridan O‘zbekiston teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Jahon adabiyoti” nomli dasturlarning 2024-2025-yillardagi sonlari ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 14-noyabrdagi 05-09-1829-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy natijalarning qo‘llanilishi orqali radiotinglovchilarga shoir va mutarjimlar she’riyat tarjimasi jarayonida tarjima muammolarini oldini olishlari tanishtirilgan;
she’riyat tarjimasida asar badiiyati, shakl va mazmun mushtarakligini saqlash kabi muammolarni bartaraf etish uchun semantik ekvivalentlikning struktural ekvivalentlikdan samaradorligi yuqori ekanligi amaliy tahlillar asosida dalillanganligi haqidagi xulosalaridan Akademik B.Gʻafurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ma’ruza va amaliy mashgʻulotlari amaliyotida bevosita foydalanilgan (Akademik B.Gʻafurov nomidagi Xo‘jand davlat universitetining 2025-yil 22-sentyabrdagi 01/5028-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Zamonaviy nemis adabiyoti”, “Adabiyot nazariyasi”, “Nemis tili tarixi”, “Matnshunoslik”, “Madaniyatshunoslik” kurslari mazmuni yanada boyishiga erishilgan.