Raximov Mubin Muradovichning
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Inglizcha va o‘zbekcha qonun hujatlari mantlari korpusida grammatik shakl va ma’no munosabatlari (konstitutsiya va saylov qonunchiligi misolida)”, 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Fil5108.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ataboev Nozimjon Bobojon o‘g‘li, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: inglizcha va o‘zbekcha qonun hujjatlari matnlarining korpusini yaratish orqali grammatik shakl va ma’no munosabatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Evropa ittifoqi qonun hujjatlari korpusi (EUR-Lex), Birlashgan millatlar tashkiloti hujjatlar bazasi kabi mavjud huquqiy hujjatlar korpuslari nazariy tahlili asosida o‘zbek va ingliz tillari qonun hujjatlari korpusi (Corpus of legislation)ni yaratishning lingvistik asoslari ochib berilgan;
tarkibida huquqiy matnlar bilan ishlash tizimini o‘z ichiga olgan Britaniya milliy korpusi (BNC), Amerika ingliz tili korpusi (COCA) korpuslarining tadqiqi asosida o‘zbek va ingliz tillari qonun hujjatlari korpusi (Corpus of legislation)ning avtomatlashtirish shartlari, n-gramlar bilan ishlash tizimi, dizayni, konkordanslarga ishlov berish asoslari kabi korpus funksiyalarining dasturiy asoslari belgilab berilgan;
inglizcha va o‘zbekcha qonun hujjatlari matnlarining korpusini yaratish orqali grammatik shakl, xususan, fe’lning zamon kategoriyasiga oid misollar tahlili asosida qiyoslayotgan tillarda qonunchilik hujjatlari asosan hozirgi-kelasi zamon shaklida kelishi hamda o‘zbek tilida bo‘ladi fe’li, ingliz tilida shall be birikmali fe’lining eng faol qo‘llanilishi aniqlangan;
korpus lingvistikasi va qiyosiy grammatika sohalarining umumlashtiruvchi tahlil tamoyillari asosida inglizcha va o‘zbekcha qonun hujjatlari matnlarining korpusida kollokatsion birliklarning ma’no munosabatiga ko‘ra shakllanishiga oid turli grammatik qoliblar tasnifi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida sintaktik tuzilmalarning semantik, sintaktik va lingvokognitiv masalalari tadqiqi natijalari asosida:
Evropa ittifoqi qonun hujjatlari korpusi (EUR-Lex), Birlashgan millatlar tashkiloti hujjatlar bazasi kabi mavjud huquqiy hujjatlar korpuslari nazariy tahlili asosida o‘zbek va ingliz tillari qonun hujjatlari korpusi (Corpus of legislation)ni yaratishning lingvistik asoslariga oid yangiliklaridan Mirzo Ulug‘bek nomidagi nomidagi O‘zbekiston milliy universitetida 2024-2025-yillarda bajarilgan IL-7823051524-sonli “Paratranslator: parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining 2025-yil 8 sentyabrdagi 04/11-16386-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha ishtirokchilarida korpuslarga oid nazariy bilimlar va olingan xulosalarga oid ko‘nikmalar shakllantirilgan;
tarkibida huquqiy matnlar bilan ishlash tizimini o‘z ichiga olgan Britaniya milliy korpusi (BNC), Amerika ingliz tili korpusi (COCA) korpuslarining tadqiqi asosida o‘zbek va ingliz tillari qonun hujjatlari korpusi (Corpus of legislation)ning avtomatlashtirish shartlari, n-gramlar bilan ishlash tizimi, dizayni, konkordanslarga ishlov berish asoslari kabi korpus funksiyalarining dasturiy asoslariga oid xulosalardan 2022-2024 yillarda Yaponiyaning Osiyo va Tinch okeani mintaqalari nomoddiy madaniy madaniy meros xalqaro tadqiqot markazi (IRCI) tomonidan moliyalashtirilgan APC2C/10-sonli “Sustainable Collection of Research Data for the Protection of Intangible Cultural Heritage: Focus on Central Asia and Small Island Developing States (2022-2024 Fiscal Ear)” nomli xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 12-avgustdagi MN01/01-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida ilmiy izlanishlarda elektronlashtirilgan leksik ba’zalardan foydalanish samaradorligini oshirish uchun xizmat qilgan;
inglizcha va o‘zbekcha qonun hujjatlari matnlarining korpusini yaratish orqali grammatik shakl, xususan, fe’lning zamon kategoriyasiga oid misollar tahlili asosida qiyoslayotgan tillarda qonunchilik hujjatlari asosan hozirgi-kelasi zamon shaklida kelishi hamda o‘zbek tilida bo‘ladi fe’li, ingliz tilida shall be birikmali fe’lining eng faol qo‘llanilishiga oid ish natijalari va materiallaridan Buxoro viloyati Adliya boshqarmasining 2025-yil 25-avgust kuni tuman (shahar) adliya boʻlimi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv seminarida foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Adliya Vazirligi Buxoro viloyat boshqarmasining 2025-yil 27-avgustdagi 20-11-02/1/833-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan korpus asosida adliya tizimi xodimlarining so‘z qo‘llashga oid lingvistik kompetensiyasi rivojlantirilgan;
korpus lingvistikasi va qiyosiy grammatika sohalarining umumlashtiruvchi tahlil tamoyillari asosida inglizcha va o‘zbekcha qonun hujjatlari matnlarining korpusida kollokatsion birliklarning ma’no munosabatiga ko‘ra shakllanishiga oid turli grammatik qoliblar tasnifiga doir xulosalaridan “Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat va notijorat tashkillotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash Jamoat Fondi tomonidan 2024-2025 yillarda “Jadidlarning jamiyat huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi ta’siri” nomli grant loyihasida foydalanilgan (“Umrboqiy meros” O‘zbekiston madaniyati va san’ati targ‘ibot markazining 2025-yil 12-avgustdagi MN01/01-76-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot loyihasi asosida lingvistik va kommunikativlik qobiliyatini oshirish, tilshunoslik asoslari bilimini oshirish hamda ta’lim tizimi jarayonini mustahkamlash va xalqarolashuvga yo‘naltirilgan.