Raxmonova Sardora Muminjonovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi: “Ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik sohasiga oid leksik birliklarning struktur-semantik tahlili” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.2.PhD/Fil1837.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti. 
Ilmiy rahbar: Axmedov Oybek Saporbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy Kengash raqami: Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.13.02
Rasmiy opponentlar: Eshmuminov Asqar Allamurodovich  filologiya fanlari doktori (DSc) professor, Ahmedova Mehrinigor Bahodirovna   filologiya fanlari doktori (DSc) professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi  tadbirkorlik sohasiga oid leksik birliklarni struktur-semantik jihatidan o‘rganish, ularning qiyosiy xususiyatlarini aniqlash va lingvistik xulosalar chiqarishdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik sohasi leksik birliklarining dastlabki qiyosiy struktur-semantik tahlili amalga oshirilib, har ikki til materialida mavjud umumiylik va farqlarning lingvistik asoslari nazariy jihatdan dalillab berildi;
tadbirkorlikka oid leksik birliklar va neologizmlarning morfologik tuzilishi, semantik kengayish jarayonlari, polisemiya hamda antonimiya hodisalari maxsus lingvistik mezonlar asosida tizimlashtirilib, ularning nazariy-metodologik tamoyillari ishlab chiqildi;
ingliz tilidan o‘zbek tiliga kirib kelgan tadbirkorlik leksik birliklarining o‘zlashtirish jarayoni morfologik va semantik moslashuv xususiyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinib, ularning o‘zbek tilidagi leksik tizimdagi o‘rni hamda madaniy-pragmatik funksional xususiyatlari ilmiy asosda belgilandi;
ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik leksikasining terminologik qatlam, neologizmlar, frazeologizmlar va metaforik birliklar doirasida qiyosiy tasnifi ishlab chiqilib, ularning lingvopragmatik xususiyatlari hamda ilmiy va marketing nutqidagi funksional-semantik imkoniyatlari keng qamrovli tarzda tizimlashtirildi.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik sohasiga oid leksik birliklarining struktur-semantik tahlili yuzasidan olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
ingliz va o‘zbek tillarida soha leksik birliklarining ilmiy jihatdan o‘rganilishi kishilarning mazkur sohaga doir ijtimoiy ongi va dunyoqarashini oshirishga muhim turtki bo‘lishidan, lingvistik omillarning mohiyatiga asoslangan leksik birliklarning struktur-funksional, leksik-semantik munosabatlari lingvistik vositalar bilan muvofiqlashtirilganligidan, keng qamrovda ochib berilgan ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik sohasiga oid leksik birliklarning derivatsion tamoyillari, affiksal, morfemik-morfologik, sintaktik, struktur-semantik tahlillaridan Yevropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 561624-ERR-1-2015-UK EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasi doirasida dan foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 12-yanvardagi № 77/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tahlil natijalaridan loyiha doirasidagi dastur va qo‘llanmalarni takomillashtirish jarayonida hamda yaratishda foydalanilgan;
chog‘ishtirilayotgan tillarning leksik-semantik, struktur-semantik, sintaktik va morfologik tizimini chuqur o‘rganish, ularning boy tajribasini ijodiy ravishda o‘zlashtirish tilshunoslik fani oldiga o‘zbek va chet tillar tadbirkorlik sohasi leksik birliklarini qiyosiy-tipologik aspektda o‘rganishdek o‘ta muhim bo‘lgan masala bo‘lib, dunyoning ko‘plab mamlakatlari bilan iqtisodiy sohalardagi hamkorlik aloqalarni mustahkam o‘rnatish va ularni rivojlantirishga qaratilgan tahlillaridan Evropa Ittifoqining TEMPUS dasturining Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-1-UK-TEMPUS-JPCR Aston University DeTEL “Developing the Teaching of European LanguaGES: Modernizing Language Teaching through the development of blended Masters Programmes” loyihasi doirasidan foydalanildi (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 12-yanvardagi № 76/02-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tahlil natijalaridan institutning o‘quv jarayoni va xalqaro loyihalarini samarali amalga oshirishda foydalanilgan;
tadbirkorlik sohasi leksik birliklarini xalq ogʻzaki nutqida ko‘chma hamda to‘g‘ri ma’noda qo‘llanilishi, ushbu leksik birliklarning odamlar hayotida katta ahamiyat kasb etishi, iqtisodiyot va tadbirkorlik sohasida keng qo‘llaniladigan terminlar, leksik birliklar, mazkur sohadagi frazeologik birliklarning turlari, yangi o‘zlashma so‘zlar, neologizmlar va okkazionalizmlar haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar rivoji” dasturlarining ssenariysini tayyorlashda (2023-2024-yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasining 2024-yil 15-yanvardagi № 04.36.69-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tahlil natijalaridan dasturlar ssenariysini boyitishda va ulardagi materiallarning mazmun-mohiyatini oshirishda foydalanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish