Mirsanova Moxira Xusniddin qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek bolalar sarguzasht-fantastik asarlarida ijodkor mahorati va janr imkoniyatlari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5516
Ilmiy rahbar: Nasirov Azimidin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat pedagogika instituti. IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, professor D.To‘raev va filologiya fanlari doktori, professor Quvvatova Dilrabo Habibullaevnalar.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek bolalar adabiyotida sarguzasht-fantastika yo‘nalishida yozilgan asarlarning badiiy-estetik xususiyatlarini aniqlash bu janrlarning shakllanishi, rivoji hamda janrlararo sintezi jarayonlarini nazariy jihatdan tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek bolalar sarguzasht-fantastik adabiyoti ilk bor janr sintezi nuqtayi nazaridan tizimli ravishda o‘rganilib, sarguzasht va fantastik unsurlarning bolalar adabiyotidagi o‘zaro uyg‘unlashuvi nazariy jihatdan asoslanib, ularning badiiy-estetik funksiyalari hamda tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlangan;
o‘zbek bolalar adabiyotining tarixiy taraqqiyoti folklor, dostonchilik va mumtoz adabiyot an’analari bilan uzviy bog‘liqlikda yoritilib, an’anaviy hikoya shakllarining XX–XXI asr boshlarida zamonaviy sarguzasht-fantastik janrlarga transformatsiyasi milliy madaniy arxetiplar asosida ochib berilib, janrning tarixiy dinamikasi va rivojlanish bosqichlari yangicha ilmiy yondashuvga ko‘ra dalillangan;
X. To‘xtaboevning “Sehrli qalpoqcha” asari misolida ijodkor mahorati va janr sintezining badiiy mexanizmlari ilk bor zamonaviy adabiyotshunoslik yondashuvlari asosida tahlil qilinib, asarda sehr va reallik dialektikasi, komiklik badiiyati hamda nutqiy xususiyatlarning bola xarakterini yaratishdagi roli aniqlanib, ularning tarbiyaviy-estetik ahamiyati asoslab berilgan;
Sa’dullo Quronovning “Galaktikada bir kun” asari asosida zamonaviy o‘zbek bolalar fantastikasida janr novatorligi va milliy kodlarning uyg‘unlashuvi, ilmiy fantastika, kosmik opera va sarguzasht unsurlarining sintezi orqali kosmik makonda o‘zbekona tafakkur va qadriyatlarning badiiy ifodasi tahlil qilinib, asarning ilmiy-ommabop va falsafiy-ekologik didaktik salohiyati bolalar adabiyoti taraqqiyotidagi muhim yangilik sifatida isbotlangan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek bolalar sarguzasht-fantastik asarlarida ijodkor mahorati va bu janrning imkoniyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
sarguzasht-fantastik asarlarning shakllanishi, tadrijiy taraqqiyoti, badiiy poetik xususiyatlari, funksiyalari, janriy ko‘rinishlari va badiiy obrazlar olamining turfa xil vositalar asosida talqin etish an’anasining ijodkor uslubidan kelib chiqqan holda aniqlashtirilgan ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida amalga oshirilgan IL-402104474 “bolalaradabiyoti.uz” elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 13-avgustdagi № 01/4-3552-son ma’lumotnomasi). Natijada, bolalar adabiyotining o‘ziga xosliklari, bu jarayondagi tahliliy tushunchalarning badiiy ifodasiga e’tibor qaratilgan, bolalar adabiyotidagi fantastik tasvirning talqindagi poetik ifodasi, nazariy jihatdan tahlil qilingan, o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan, tahliliy yondashilgan;
o‘zbek bolalar adabiyoti vakillaridan Xudoyberdi To‘xtaboev ijodiga mansub sarguzasht-fantastik qissasi “Sehrli qalpoqcha” va Sa’dullo Quronovning ilmiy-fantastik qissalaridagi ilmiylik, sarguzasht va fantastikaning o‘ziga xos uyg‘unligi, ijodkorning obraz yaratish mahorati, ilmiy faktlarning fantastik tasvirga uyg‘unlashtirish mahorati asardagi ko‘plab o‘rinlar misolida tahlil etilganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi rahbarining 2025-yil 2-sentyabrdagi № 01 03/355-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy asarda qahramon tanlash, har bir obrazning ahamiyati va o‘rnini belgilash bo‘yicha yosh yozuvchilar va kitobxonlar uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
bolalar adabiyotida ijodkorning obraz yaratish, ularga xos badiiy tildan foydalanish jarayonlari, badiiylik qonuniyatlarini ifoda etishdagi mahorati tadqiq etilgan xulosalardan Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025- yil iyul oyida efirga uzatilgan “Mutolaa zavqi” va “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvlarida ham “O‘zbek bolalar sarguzasht-fantastik asarlarida ijodkor mahorati va janr imkoniyatlari” mavzusidagi ilmiy ishi natijalari haqida ma’lumot bergan. Mazkur dasturlarda o‘zbek bolalar adabiyotida sarguzasht-fantastika janri taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ijodkorlardan Sa’dullo Quronov va Xudoyberdi To‘xtaboevlarning asarlari xususida ham so‘z yuritilgan. (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Samarqand viloyati teleradiokanalining 2025-yil iyul oyidagi № 01-07/293-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy-ommabop mazmundagi ko‘rsatuvlarning g‘oyaviy-estetik asoslari mustahkamlanishiga xizmat qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FAF-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosli tarixini tadqiq qilish” nomli fundamental tadqiqot loyihada dissertatsiya natijalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2025-yil 27-maydagi 302/1-son ma’lumotnomasi) Xudoyberdi To‘xtaboevning “Sariq devni minib” asaridagi folklorning o’rniga diqqat qaratildi. Natijada, ilmiy loyiha ishining mazmuni yangi materiallar bilan boyitildi.