Kozimova Zulfiya Ismoilovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbek tili tasviriy san’at terminlarining leksik-grammatik va leksikografik tadqiqi, 10.00.01 – O‘zbek tili. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fil4320.
Ilmiy rahbar: Yuldosheva Nilufar Ergashevna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK raqami: Qarshi davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.11.05. 
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori, prof. Xo‘jamurod Jabborov 
filologiya fanlari doktori, prof. Mehriniso Abuzalova

Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili terminosistemasida tasviriy san’at  terminlarini yaxlit sistema sifatida leksik-semantik, leksik-grammatik va  leksikografik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek tilidagi tasviriy san’at terminlarining abstrakt, barokko, ekspressionizm, futurizm, impressionizm, kubizm, minimalizm, modernizm, pop – art, postmodernizm, realizm, renessans san’ati, rokoko, romantizm, symbolizm kabi yo‘nalishlarini ifodalovchi leksik-semantik to‘dalari, rangtasvir va grafika tushunchasini ifodalovchi ichki mavzuviy guruhlari hamda ularning kichik lug‘aviy-ma’noviy mikrosistemalari mavjudligi ochib berilgan; 
tasviriy san’at terminlari tizimida ma’nodoshlik, shakldoshlik hamda ko‘p ma’nolilik hodisalari terminlar semantik taraqqiyoti va umumiste’mol leksika asosida yuzaga kelishi aniqlangan;
struktural jihatdan tasviriy san’at terminlarining sodda, qo‘shma va birikmali shakllari hamda ularning leksema-terminlar, gibrid terminlar va birikmali terminlar tarzida ifodalanishi aniqlangan;
o‘zbek tili tasviriy san’at terminlarining leksikografik xususiyatlari asosan rang ifodalovchi birliklar orqali yuzaga chiqishi  yoritilib,  tasviriy san’at terminlarining izohli lug‘atini tuzishga asos bo‘luvchi so‘z tanlash, soddalik, aniqlik, ixchamlilik mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Tasviriy san’at terminlarining leksik-semantik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
o‘zbek tilidagi tasviriy san’at terminlarining abstrakt, barokko, ekspressionizm, futurizm, impressionizm, kubizm, minimalizm, modernizm, pop –art, postmodernizm, realizm, renessans san’ati, rokoko, romantizm, symbolizm kabi yo‘nalishlarini ifodalovchi leksik-semantik to‘dalari, rangtasvir va grafika tushunchasini ifodalovchi ichki mavzuviy guruhlari hamda ularning kichik lug‘aviy-ma’noviy mikrosistemalarga bo‘linib ketishiga oid ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan AM-F3-201908172. “O‘zbek tili ta’limiy korpusini yaratish mavzusi” nomli amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan. (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 17.02.2026-y. №04∕1-942 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada mazkur manbalar o‘zbek terminologiyasi taraqqiyotida tasviriy san’at terminlarining semantik ko‘lamini takomillashtirish, bu terminlarning lingvomadaniy va leksikografik xususiyatlarini o‘zbek tili korpusida yoritish imkonini bergan;
klassik manbalarni tahlil qilish asosida o‘zbek tilida tasviriy san’at terminlarining yuzaga kelishi va qo‘llanish tarixi, ularning eskirgan va faol, o‘z va o‘zlashgan qatlamlari, oʻzlashish manbalarini aniqlashda, o‘zbek tilidagi tasviriy san’at terminlari o‘rtasidagi paradigmatik (sinonimiya, antonimiya, giper-giponimiya, polisemiya, omonimiya, partonimiya, graduonimiya) munosabatlari, 
tasviriy san’at terminlarining lingvomadaniy hamda leksikografik xususiyatlarini yoritishda, tasviriy san’atning san’at, miniatyura, rangtasvir, haykaltaroshlikka oid atamalarini leksikografik talqini, tasviriy san’at terminlarining etimologik tahlilini aniqlashtirishda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2022–2024-yillarda bajarilgan “Oʻzbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) toʻplami yaratish” mavzusidagi F3–2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining  06.02.2025-y. №1∕04-185 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada tasviriy san’at terminologiyasida atamalarning lug‘aviy-ma’noviy xususiyatlarini aniqlash imkonini bergan;
tasviriy san’at terminlarining izohli lug‘atini tuzishga asos bo‘luvchi so‘z tanlash, soddalik, aniqlik, ixchamlilik mezonlarini belgilash asosida “O‘zbekiston” teleradiokanalida efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat”, “Ijod zavqi” eshittirishlarining ssenariylarini yozishda hamda boshlovchi-suxandonlar muloqot xulqini shakllantirishda foydalanilgan(O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 20-fevral 26/36/954-sonli ma’lumotnomasi). Natijada koʻrsatuv va eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallar mazmuni ilmiy dalillarga boyigan hamda koʻrsatuv va eshittirishlarda koʻtarilgan adabiy masalalarning ilmiy asosi kuchaytirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish